Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet143/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Funktsional ko’makchilar. Funktsional ko’makchilar barcha so’z turkumlaridan emas, balki ot, fe’l va ravish so’z turkumlari orqali ifodalanadi. Bu so’z turkumlaridan bo’lgan ko’makchilarning miqdori bir emas. Ot so’z turkumiga nisbatan ravish so’z turkumida kamroq, ravishga nisbatan fe’lda kamroq uchraydi. SHunga ko’ra funktsional ko’makchilarni uch gruppaga bo’lish mumkin. Bular: 1. Ot ko’makchilar. 2. Ravish ko’makchilar. 3. Fe’l ko’makchilar.
Ot ko’makchilar. Ot ko’makchilar yuqorida qayd qilinganidek, ma’lum o’rinlarda ot vazifasida kelsa, ayrim o’rinlarda esa ko’makchi funktsiyalarida qo’llanadi. Ot ko’makchilar jo’nalish, o’rin va chiqish kelishigi affiksini olib, kontekstda ot funktsiyasini yo’qotadi va ko’makchi funktsiyasida qo’llanadi. O’zidan oldin kelgan so’zga nisbatan tobelik holatida bo’ladi.
Qadimgi turkiy tilda bash, ald, ast, yuz, ich(rə), arqa, qat, orta, tash(ra), arshї, sїң(ar), üstüntə, oң(ra), ərtü va boshqa shu kabilar qo’llangan.
Bash ko’makchisi. Bu ko’makchi kelishik affiksini olib, bashїnta, bashїda, bashїndїn, basha, bashї kabi formalarda qo’llanadi. Bu formalarda qo’llanganda o’rin, yo’nalish tomon, chiqish joyi, biror ob’ektni ajratib ko’rsatish ma’nolarida qo’llanadi. Masalan: Chush bashїnta suңushtum. Bashda ashnu ishlətürlər. Tamg’їduq bashda suңushdїmїz (Kt).
Qadimgi turkiy tilda üzə ko’makchisi hozirgi turkiy tillardagi ust, pastda kabi ko’makchilar funktsiyasida qo’llangan. Үzə ko’makchisi ot ko’makchilari kabi ish-harakatning predmetning ustki va pastki qismida bo’lganligini yoki yo’nalish tomonini bildiradi, masalan: Burqanlar üzə өgitmish. Tardush bodun üzə shad ərtim. Toquz og’uz bodun üzə qag’an olurti (To’n).
Ravish ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda tashqaru, tapa, otru, ichrə, səyü, yog’aru, kisrә, bərü, qodї kabi ravish ko’makchilar qo’llangan.28
Ravish ko’makchilarning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, ayrim ravishlar ham ravish funktsiyasida qo’llanadi. Ravish ko’makchilarning o’ziga xos xarakterli xususiyati yana shundaki, ba’zilari bir-birining sinonimii sifatida qo’llangan. Jumladan, tapa so’zining sinonimii sifatida qodї, ilgərü, inərü, sayu so’zlari ham qo’llangan. Lekin ilgərü so’zi kun botar tomon ma’nosida ham ishlatilgan.
Tapa ko’makchisi. Hozirgi turkiy tillardagi tomon so’ziga to’g’ri keladi. Bu so’z biror tomonga yo’nalganlikni ifodalaydi. Ba’zan qarashlilik va maqsad ma’nolarda ham qo’llanadi. Masalan: Og’uz bodun tapa. Og’uz tapa sülәdim (Bx)
Qodї ko’makchisi. Bu so’z hozirgi turkiy tillardagi quyi, pastki so’zlarini ifodalaydi, ish-harakat, predmetning yo’nalganlik ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Ol sub qodї bardїmїz. Tog’an qush təңridir qodї qїlmїsh (Kt).
Təgi ko’makchisi. Bu so’z hozirgi turkiy tillardagi –gacha qo’shimchasiga to’g’ri keladi va chegara ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Tətür qapїg’ təgi sülədim. Tümən künkə təgi (To’n).
Yügərü ko’makchisi. Bu ish-harakatning vertikal yo’nalishda bo’layotganligini bildiradi. Masalan: Təңri tөpüsüntə tutup yugərü kөtürməs ərinch (Kt).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish