Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet140/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Savol va topshiriqlar:
1.Buyruq-istak mayli qanday qo’shimchalarga ega?
2.SHart maylining qanday qo’shimchalari mavjud? Misollar keltiring.
3.To’nyuquq matnidan shart maylidagi fe’llarni aniqlang.
4. Ravishdosh qanday qo’shimchalar bilan hosil qilinadi?


RAVISH
Qadimgi turkiy tilda, boshqa so’z turkumlari kabi, ravishlar ham o’z ifodasini topgan. Ravish turkumi so’z o’zgartuvchi affikslar qabul qilmasligi bilan xarakterlanadi. Bu hol ravishning boshqa so’z turkumlaridan farqlanuvchi xususiyatlaridan biridir. Ravishlar ish-harakatning bajarilishidagi turli holatlarni va holatning belgisini bildiradi. Gapda boshqa so’zlar bilan bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Ravishlarni quyidagicha gruppalarga ajratish mumkin:
a) sof ravishlar; b) boshqa so’z turkumlaridan siljigan ravishlar.25
Sof ravishlar. Hozirgi o’zbek tilida bo’lganidek, qadimgi turkiy tilda ham 1) holatni: yana; paytni: kəch, oq, ərtə (bukun); masofani: uzaq, yaqїn; o’xshashlik ma’nosini: tәg bildirgan.
Boshqa so’z turkumlardan siljigan ravishlar esa otlardan va fe’llardan o’tgan ravishlardir.
Otlardan o’tgan ravishlar payt, miqdor, daraja, chegara va o’rin kabi ma’nolarni, fe’ldan o’tgan ravishlar esa holat ma’nosini ifodalaydi.
Bular quyidagicha holatlarda yuz beradi.
Qadimgi turkiy tilda qurol-vosita kelishigi formasida bo’lgan otlar ko’p o’rinda ravish funktsiyasida ishlatilgan. Bunday ravishlarga yadag’їn, yalaqїn, yaqїn, tərkin, kuntuzun va boshqa shu kabilarni ko’rsatish mumkin.
Jo’nalish kelishigi formasida bo’lgan otlar ham ko’p o’rinlarda ravish vazifasida kelgan. Bunday ravishlarga yazїңa, ichrə, nərü, oңaru, oңra va boshqa shunga o’xshashlar mansub.
O’rin kelishigida bo’lgan so’zlar ham ravish vazifasida kelgan. Bunday ravishlar qanta, anta, tashda, ichintə va boshqalardan iborat.
Chiqish kelishigi formasida bo’lgan otlar ham ravish funktsiyasida ishlatiladi. Bunday ravishlar qantan, oңtun, qayudїn va boshqalardir.
Qadimgi turkiy tilda fe’lning ravishdosh formasidagi so’zlar ravish funktsiyasida kelgan. Xususan, -a, -ə, -ї, -i, -u, -ü formalari bilan hosil bo’lgan ravishdoshlar ana shunday vazifada ishlatiladi. Bunday ravishlarga sayu, təgrə, tükəti, dag’ї, ədgüti, otru, udїshuru va boshqalarni qayd qilish mumkin.
Bulardan tashqari, əmti, tun, kuntuz, bukun va boshqa shu kabi mustaqil ishlatilgan ravishlar ham o’z ifodasini topgan.
Qadimgi turkiy tilda ravishlar boshqa so’z turkumlariga nisbatan ko’p emas. SHunday bo’lsa-da, bir qator ravishlarni uchratish mumkin. Mavjud ravishlarni ham tub va yasama negizlarga ajratish mumkin.
Yasama ravishlar quyidagi affikslar orqali hosil qilinadi:
1. -dї; -di; -tї; -ti qo’shimchasi; qatїg’ (qattiq) – qatїg’dї (qattiq qilib); әdgü ti (yaxshi) - әdgüi (yaxshilab)
2. -la; -lә qo’shimchasi. Tün (tun) – tünlә (tunda); chїn (chin) – chїnla (chindan).
3. -cha; -chә qo’shimchasi. Azraq (juda oz) – azraqcha (juda oz holda); türk (turk) – türkchә (turkchasiga)
4. -ra; -rә qo’shimchasi. As (ost) – asra (ostda); ich (ich) – ichra (ichda)
Bu qo’shimchalarning ham yuqorilardagidek qaysi variantlarda qo’llanishi negizning ingichkaligi va lablangan hamda lablanmaganligiga bog’liq.
Bu kelishik qo’shimchasi -qaru; -kәrü dan vujudga kelgan. Bundan tashqari, qadimgi turkiy tilda, xuddi hozirgi turkiy tillarda bo’lgani singari, zamon va makon hamda vosita kelishigi qo’shimchalari ravish yasashi mumkin.
Ravishlarning quyidagi ma’no turlari qayd qilinadi:

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish