Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet139/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Sifatdosh formalari. Qadimgi turkiy tilda sifatdoshlar ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlariga ega. Sifatdoshlar bo’lishli va bo’lishsizlikka, nisbat formalariga, shuningdek, modallik va zamon kategoriyasiga ega. Sifatdoshlar otlashganda esa, ot kategoriyasiga xos bo’lgan grammatik qonuniyatlarga ega bo’ladi, ya’ni ko’plik, kelishik va egalik affiksini qabul qiladi. Gapda ega, to’ldiruvchi va hol bo’lib kela oladi. Ko’makchi fe’llar bilan birikkanda sifatdoshlar tuslanishining murakkab formalarini yuzaga keltiradi. Sifatdoshlar quyidagi affikslar orqali hosil bo’ladi.
Fe’l o’zagiga -dəchi, -dachї, -təchi, -tachї kabi affikslarni qo’shish orqali: өltəchi, olurtachї, kөrtəchi. Bu sifatdoshlar hozirgi kelasi zamon ma’nosida qo’llanadi: Yirəgürə barsar turk bodun, өltəchisən – u erga borsang, Turk xalqi o’lajaksan. Өtükən yїsh өlürsər, bənü əl tütə өlürtəchisən – O’tukan tog’ida yashasang, mangu davlatni saqlab turajaksan (Kt).24
Fe’l negiziga – r,(-ur, -ür, -yur, -yür, -їr, -ir, -ar, -ər) affikslari qo’shilishi orqali: saqїnur, qazg’anur, yashayur va b. Bu formada kelgan sifatdoshlar hozirgi zamonda bo’layotgan ish-harakatni ifodalaydi.
Fe’l negiziga –mїsh, -mish, -mїs, -mis affiksini qo’shish orqali. Masalan: basmїs, kelmїs, tutmїs, qazg’anmїsh, ərmish va b. Bunday sifatdoshlar o’tgan zamonda eshitilganlik ma’nosini bildiradi. Sifat ma’nosiga ega bo’lganda esa, gapda aniqlovchi funktsiyasida ishlatiladi: masalan: өgüm qatїnug’, qoturmїsh Təңri onam Xotinni ko’targan Tangri.
Fe’l negiziga –їg’ma, -igmə, ug’ma, -өgmə, -g’uchї, -güchi, -quchї, -küchi, -sїg’, -sig, -sug’, -süg, -sak, -sək kabi affikslar qo’shish orqali. Masalan: yaratїg’ma, saqїnїg’ma, kəligmə.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi sifatdosh formalari mavjud:
1. –mїsh (mїs), -mish (mis), -mush, -müsh formasi. Hozirgi o’zbek tilidagi –gan sifatdoshi ma’nosida ishlatiladi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligiga va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq:
qal- (qol-) – qalmїsh (qolgan) ər- (ә-) - ərmish (ekan)
tut- (tut-) – tutmus (tutgan) kөr- (ko’r-) - kөrmüsh (ko’rgan)
Bu sifatdosh ham sifatlovchi, ham kesim vazifasida keladi: їchg’їnmїsh bodunug’ – qo’ldan chiqqan xalqni (Ktu, 13), təngrida bolmїsh türük Bilgə qag’an – tangridan bo’lgan turk Bilga hoqon (Ktk, 1); kishi og’lї qїlїnmїs – inson bolasi yaratilgan (Ktu, 1); tөrt bulung qop yag’ї ərmish – to’rt jihat dushman ekan (Ktu, 2).
2. duq, -dük, -tuq, -tük formasi. Qaysi variantining qo’llanishi negizning qalin-ingichkaligiga bog’liq:
bar- (bor-) – barduq (borgan)
bol – (bo’l-) – boltuq (bo’lgan)
təg- (teg-) - təgdük (tekkan)
Bu sifatdosh ham sifatlovchi, kesim va hol vazifasida keladi: barduq yərdə - borgan erda (Ktu, 24); ichikdük üchün – taslim bo’lgani uchun (To’n,3); mən iglədüktə - men kasal bo’lganda; qag’anta adrїlmaduq – hoqondan ayrilmagan (Ung, 3).
3. –g’u, -gü formasi. Bu formada sodir bo’lib turgan yoki sodir bo’lishi lozim bo’lgan harakatni sifatlashtiradi. Qaysi variantining qo’llanishi yuqoridagi qo’shimchaniki singaridir:
bar- (bor-) – barg’u (borish kerak bo’lgan, boriladigan)
Kir- (Kir-) – kirgü (kirish kerak bo’lgan, kiriladigan)
Hozirgi borgim yo’q, ko’rgisi kelmadi singari iboralardagi –gi o’sha –g’u, -gu ning yangi shaklidir. Undan so’ng –luq, -lük ham qo’llanishi mumkin; topulg’uluq (tor-mor qiladigan), uzguluk (uzadigan). Bu qo’shimcha hozirgi o’zbek tilida ham bor: ko’rgiligi bor ekan, borgilik qilmasin.
4. –tachї, -təchi, -dachї, -dəchi formasi. Bu forma sodir bo’lishi muqarrar bo’lgan harakatga bog’liq sifatni bildiradi:
bol- (bo’l-) – boldachї (bo’lajak)
өl- (o’l-) - өltəchi (o’lajak)
kөr- (ko’r-) - kөrtəchi (ko’rajak)
Bu forma kesim va sifatlovchi bo’lib keladi;… türük bodun, өltəchi-sən (Kt); өltəchi bodunug’ (Kt).



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish