Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet142/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Sof ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda birlə, uchun, їya, üzə, səri, sayї kabi sof ko’makchilar bo’lgan.
Birlə ko’makchisi. Qadimgi qo’lyozma manbalarda bilə/ birlə formasi qo’llana boshlagan. Masalan: Kөzüntə tolu yashї birlə barїp. Kishi soz bilə qobdї bodї məlik va shu kabilar.
Birlə/bilə ko’makchisi kontekstda bosh kelishikda bo’lgan so’z bilan birgalikda qo’llanganda biror ish-harakatning bajarilishidagi birgalikni, birga ishtirok etganligini, aloqadorlikni, daxldorlikni, shuningdek, vosita-qurolni, ish-harakat protsessining birin-ketin ro’y berganligini, harakatning bajarilishidagi belgi, holatni va boshqa shunga o’xshash ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Achїm qag’an birlə ilgərü yashїl өgüz SHantuң yazїqa təgi sülədimiz(Kt).
Birlə/bilə/ ko’makchisi turli kelishik formasida kelgan so’zlar bilan qo’llanadi. Masalan: Qag’anїn birlə soңushmush.
Uchun ko’makchisi. Bu so’z asarlarda to’liq formada qo’llanilgan va uning qisqargan shakli bu davr tilida uchramaydi. Uchun ko’makchisi bosh kelishik formasida kelgan so’zdan keyin kelganda, u kontekstda sabab, vaj, bois, ish-harakat protsessining biror shaxsga atalganligi, predmetga tegishliligi, ish-harakatning maqsadini bildiradi: Bəgləri bodunї tuzsїz uchun. Anta kisra təңri yarlїqaduq uchun qag’anboltїm. Azu mun uchun (To’n).27
Uchun ko’makchisi tushum, qaratqich, o’rin, vosita kelishik formalarida kelgan so’zlar bilan kela oladi va kelishik formasida kelgan so’zning ma’nosini konkretlashtiradi, ta’kidlaydi: Təңri yarlїqaduqїn uchun өzüm qutum bar uchun. Antag’їnїn uchun igidmish, qag’anїңїn sabїn almatїn uchun (To’n).
Үzə ko’makchisi. Bu ko’makchi predmet, ish-harakatning vertikal yo’nalishida mavjduligini bildiradi. Masalan: Үzə kөk təңri. Bir-bir üzə uqlatїb. Toquz og’uz bodun üzə qag’an olurtї(Kt).
Үzə ko’makchisi kontekstda kelishik formasini olgan so’zdan keyin kela oladi, u vaqtda kelishik formasida kelgan so’zning ma’nosini konkretlashtiradi. Masalan: Bularni üzə. Qutun üzə. Tөrüdə üzə (To’n).
səyü, sərü va iyə ko’makchilari. Iyə ko’makchisi ish-harakatning davom etishi va takrorlanishi kabi ma’nolarda qo’llanadi. Masalan: Ayїg’ qїlїn iyə barїp. Yir səyü qonturtїmїz (To’n).
Ara ko’makchisi. Bu ko’makchisi masofa, chiqish o’rni ma’nolarini bildiradi. Masalan: Tardush shad ara bardї. Әkin ara kim og’lї qїlїnmїs. Kəchmədin ara (Kt).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish