Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet151/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Gap bo’laklari.
Qadimgi turkiy tilda ham, xozirgi turkiy tillardagi kabi, bosh bo’laklar (ega va kesim), ikkinchi darajali bo’laklar (aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol) bo’ladi. Ammo bu bo’laklar shakllanishi va o’rniga ko’ra hozirgidan farqlanadi.31
Egaish harakat, belgi — xususiyatning egasi, gapda kim, nima haqida fikr yuritilayotgan gap bo’lagidir. SHuning uchun ham ega bosh kelishik formasida bo’ladi. Ammo qadimgi turkiy tilda har qanday bosh kelishikdagi so’z ham ega bo’la olmaydi. Qag’anї sü tasїqdї (To’n)- xoqoni lashkar bilan yo’lga chiqdi. Ega I yoki II shaxsga taalluqli bo’lganda ko’pincha ifodalanmaydi. Ammo qadimgi turkiy tilda III shaxsga oid egalar ham ba’zan ifodalanmagan. Bunday eganing mazmuni umumiy kontekstdan ayon bo’lib turgan: Tәgdimiz, yaydїmїz. Әkindi kün kәldi. (To’n)
I va II shaxsdagi ega ta’kidlash zarur bo’lgan o’rinlarda qo’llanadi: Biz az biz (Ung.).
Qadimgi turkiy tilda otlashgan sifatdoshlar bilan ifodalangan egalar qo’llanadi. Bu xil egalar sostav jihatidan keng bo’ladi: Uda tashda qalmїshї qabranїb yәti yüz boltї (To’n) — Daraxt, toshda qolgani to’planib, etti yuz bo’ldi. Süsin sanchdї, ichigmә ichikdi, bodun boltї, өlügmә өlti (Bx).
Bosh kelishikdan tashqari jo’nalish kelishigidagi ot ham ega vazifasida qo’llangan: Ichrә ashsїz, tashra tansїz (Kt) — ichi oshsiz, tashi to’nsiz.32
Kesim. Kesim gapni shakllantiruvchi asosiy bo’lakdir. Qadimgi turkiy tilda kesim vazifasida fe’lning turli zamon va mayl formalari, funktsional shakllari qo’llanib, fe’l kesimli gaplarni tashkil etgan. Ot kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh, ravish orqali ifodalangan. Bu xil kesimlar orqali turli zamon, mayl va modal munosabatlarni ifodalash uchun bog’lamalar va shu vazifadagi yordamchi so’zlar qo’llangan:
1. әr: Bir turuqї әrmis (To’n) – bir manzil ekan. Er – mustaqil ravishda kesim vazifasini ham bajaradi: qanїn . . . üch og’lanї әrti (oyo) xoning uch o’g’li (bor) edi.
2. Turur: bars olgәli... turur (Oyo)-bars o’lishga (yaqin) turibdi.
3. Ol. Bu yordamchi faqat III shaxsni ta’kiddab ko’rsatish uchun qo’llanadi: Ashї nәgü ol (Oyo ) — Ovqati nimadir?
4. Bol- (va uning turlari): әl yemә әl boltї (To’n) —El ham el bo’ldi.
To’ldiruvchi. Qadimgi turkiy tilda to’ldiruvchilar, hozirgidek, vositasiz yoki vositali bo’lib, ot yoki ot ma’nosidagi so’zlar bilan ifodalangan. Bu davrdagi to’ldiruvchiga xos xarakterli xususiyat quyidagilardir:
Vositali to’ldiruvchi ko’makchilar bilan ifodalanishi: Toquz og’uz bodun üzә qag’an olultї. At üzә bintürә, qarїg’ sөkdüm (To’n).
Kelishiklar bilan ifodalanishi: Qag’anqa qїrqїz bodunї ichikdi (To’n)
Vositasiz to’ldiruvchi belgisiz qo’llangan: Kiyik yәyü, tabїshg’an yәyü olurur әrtimiz (To’n), yag’їg’ kәltürmәtim (To’n).
Qadimgi turkiy tilda vositasiz to’ldiruvchi sintaktik vazifani bajaruvchi –nї, -їn, -їg’ tushum kelishigi affikslari birining o’rnida ikkinchisi yoki bir jumlada ikala varianti sinonim affiks sifatida qo’llanavergan. Masalan: Ol sabїg’ eshidip…(To’n); Ol sabїn eshidip…(To’n); bәni, og’uzug’ өlürtәchi termam (To’n); Anї, subug’ bөrәlim (To’n).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish