2. Payt ergash gapli konstruktsiya. Payt ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro’y berish vaqtini ifodalaydi va bosh gapga o’rin –payt, chiqish kelishigi formasi orqali bog’lanadi. Maslan: ul yїlqїg’ alїp, әgittim (boqtim) (Bx). Үzә kөk tәңri asra yag’їz yәr qїlїnduqda, әkin ara kisi og’lї qїlїnmїs (Kt)
3. Sabab ergash gapli konstruktsiya. Sabab ergash gapni tashkil etgan gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning ro’y berish sababini ifodalaydi, ergash gapni bosh gapga bog’lashda üchün ko’makchisi xizmat qiladi. Bu holatda ergash gap kesimi sifatdosh yoki ot, sifat va bor so’zi orqali ifodalanadi. Masalan: …küni tәgdük üchün, yag’ї boltї (Bx).
4. Shart ergash gapli konstruktsiya. SHart ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun qanday shart-sharoitlarda ro’y berishini ko’rsatadi va kesimi shart fe’li yoki ot bilan ifodalanadi. Kültәgin yoq әrsәr, qop oltәchi ərtiңiz (Kt) Ol əki kisi bar ərsər, sini Tabg’achug’ olurtəchi, tirmən (Bx).
Qadimgi turkiy tilga oid matnlarda hozirgi o’zbek tilidagi ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi deb nomlanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar uchramaydi. Ular faqat o’zbek tilining keyingi davr taraqqiyoti bilan bog’liq.
Bir necha ergash gapli konstruktsiyalar.
Qadimgi yodnomalar tili ma’lum darajada shakllangan yozma adabiy til edi. SHuning uchun ham bu yodnomalarda qo’shma gapning turli formalari — bir necha ergash gapli qo’shma gaplar, ergash va bog’lovchisiz gaplarni o’z ichiga olgan murakkab sostavli qo’shma gaplar qo’llaniladi.
YOdnomalarda bir necha ergash gapli qo’shma gapning har ikki turi (bir tipli va turli tapli) qo’llanadi. Uzә tәңri basmasar asra yertәlinmәsәr türükbodun әliniң tөrüniң kim artatї — Tepadan osmon bosmagan bo’lsa, pastda er yorilmagan bo’lsa, turk xalqi davlatingni, xukumatingni kim buzdi? Әltәris qag’an qazg’anmasar, yoq әrti әrsәr, (matingni kim buzdi) Әltәris qag’an bәn өzüm, bilg’a Tonyuquq qazg’anmasar, bәn yoq әrtim әrsәr qapag’an qaqagan türk sir bodun yәrintә bodun yәmә kishi yәmә, idi yәmә yoq әrtәchi әrti — Eltaris xoqon qozonmasa yo’q bo’lgan bo’lsam qapag’an xoqon, turk sir xalqi eri qam, xalq qam, kishilar qam, hukmdorlar qam yo’q bo’lgan bo’lardi. Tәңri yarlїqaduqїn üchün, өzim qutїm bar üchün qag’an olurtїm — Tangri yorlaqagani uchun, o’zimning baxtim bor uchun, xoqon bo’lib o’tirdim. B) Tәңri yarlїqaduq üchün, өküsh tәyün biz qorqmadїmїz, süngushdümiz — Tangri yorlaqagani uchun, ko’p deb biz qo’rqmadik, urushdik.
Tarkibi turli tipli konstruktsiyalardan tuzilgan murakkab sostavli qo’shma gaplar uchraydi: Tәңri küch bәrtük üchün qaңїm qag’an süsi bori tәg әrmis, yag’їsї qony tәg әrmis — Tangri kuch bergani uchun, otam xoqonning lashkari bo’riday ekan, dushmani qo’yday ekan. Yuyqa qalїn bolsar toplag’uluq alp әrmis, yinchkә yog’an bolsar toplag’uluq alp әrmis, yinchkә yog’an bolsar üzgülük alp әrmis – YUpqa qalin bo’lsa, to’plovchi alp bo’ladi, ingichka yo’g’on bo’lsa, uzuvchi alp bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |