Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet149/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Boshqaruv. Tobe so’z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko’makchilar orqali bosh so’zga birikadi.
1) qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, jo’nalish, o’rin-chiqish, vosita kelishiklari bo’lib, tobe so’z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so’zga bog’lanadi:
a) tushum kelishigi (-g’(-ig, -їg’), -ig, -ug’, (-üg, -їn), -in, -n) vositasida: Bodunїg’ qop almїs (Kt).
b) jo’nalish kelishigi (–qa (-kә, -g’aru), -gәrü, -a, -ә) vositasida: On tünkә... bardїmїz (To’n.).
v) o’rin-chiqish kelishigi (-da//-dә//-tә) vositasida: Tabg’achda adrїltї (To’n.).
g) vosita kelishigi (—n, -їn, (-in, -un), -ün) vositasida: Yüz artїq oqun urtї (Kt) - Yuzdan ortiq o’q bilan urdi.
2) Ot yoki ot ma’nosidagi so’zlar ko’makchilar bilan birikib, hokim so’zga bog’lanadi. Qadimgi turkiy tilda quyidagi ko’makchilar qo’llanadi: birlә, asha. Kul tәgin birlә… (Kt). Ba’zi o’rinlarda ma’lum kelishik formasini olgan ot yoki olmosh ko’makchiga bog’lanib, u bilan birga hokim so’zga birikadi: Tәmir qapїg’qa tәgi (To’n).
Misollardan ko’rinadiki, boshqariluvchi tobe so’z ot yoki otlashgan so’z bo’lib, u ma’lum kelishik formasini oladi yoki ko’makchi bilan birikadi. Boshqaruvchi so’z esa fe’l yoki harakat bildiruvchi so’zlar bo’ladi. Ammo ba’zan boshqaruvchi so’z sifat, ravish, ko’makchi yoki shu vazifadagi so’z bo’lishi ham mumkin. Chәchәk üz tөlü boltї ( Oyo).
Moslashuv. Qadimgi turkiy tilda moslashuv ikki otning qaratqich kelishigi yordamida birikuvidan hosil bo’lgan. Hozirgi o’zbek tilida bo’lgani kabi qadimgi turkiy tilda ham qaratqich belgili va belgisiz shaklda qo’llangan. Masalan: belgili - Әlәtmish yabg’u og’lї (Ung); belgisiz - mәniң bodunum әrti (Bx).


SODDA GAP
Qadimgi turkiy tilda, hozirgi zamon turkiy tillaridagidek, sodda gaplar fe’l kesimli yoki ot kesimli bo’ladi.30
Fe’l kesimli gaplarning kesimi aniqlik fe’li yoki fe’lning turli funktsional shakllari bilan ifodalanadi: qop bilirsiz — ko’p bilasiz. Kütә tururlar — kutib turadilar. Yangїltїg’ - engilding. Igiding, әmәgәmәng, tolg’atmang - tarbiya qiling, qiynamang, hayajonlantirmang.
Ot kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanadi. Kesimlik ko’rsatkichi vazifasida bog’lamalar (-man, -san, -di, ol, bol, tur, әr kabilar) qo’llanadi. Ammo bu belgilar bo’lmasligi ham mumkin. Bunda kesim gapning mazmunidan, intonatsiyasidan, o’rnidan bilinib turadi. Türük bodun yәmә bulg’anch (ol, tәmish) og’їz yәmә tarqanch ol, - tәmish. - Turk xalqi ham tinch emas, o’g’iz ham tarqoq bo’l, - debdi. Ozum tardush üzә shad әrtim - o’zim tardush eli ustidan shod edim. Qarluq bodun . . . yag’ї boltї — qarluq xalqi dushman bo’ldi.

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish