Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet216/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

SHaxsi noma’lum gaplar. Bunday gaplarning kesimi uchinchi shaxs ko’plikda ifodalanadi. Bu jihatdan ular ko’plik shaklidagi shaxsi aniq gaplar bilan sinonimiyani hosil qiladi. Misollar: Va pādshāhāna jashn tүzүb, azim ashlar berib, xatm qāidasыn bajā keltүrdilәr (Navoiy, HPM 87). Yana bir qatla ushbu nav’ madrasada ham bu qit’ani aytыb erdilәr (KM 21). Bu gap shaxsi aniq gap, chunki matnda aniq shaxs (Pahlavon Mahmud) haqida so’z ketmoqda. SHunga qaramay, shakl va mazmun jihatdan shaxsi aniq gaplar bilan aynan xususiyatga ega bo’lgan shaxsi noma’lum gaplar uchraydi: Bu jihattin anы Zul-Aktāf dedilәr (TMA 214). G’āyat yumshag’ sөzligidin anы Yazdijurdi Narm dedilәr (TMA 221).
SHaxsi noma’lum gaplarning kesimi fe’lning –r(-ar,-әr,-ur,-үr) qo’shimchali sifatdosh shaklidan hosil qilingan va aksariyat gaplarda kesim vazifasida derlәr, ayturlar fe’llari qatnashgan: Va qыmыznы vә sүzmәni vә bozanы turkchә ayturlar (ML 16). Vә kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr (ML 15).
SHaxsi umumlashgan gaplar. Bunday gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lishi barcha adabiyotlarda aytiladi. Bunday gaplar ikkinchi shaxs birlikda qo’llanilishi bilan xarakterlanadi: Muvәshshih xabarnы chindur deb dostg’a yetkүrmә vә biravnың aybы vaqe’ bolsa, yүzigә (Navoiy, MQ). Qыla alg’ancha ta’zim vә adab binasыn yыqma, vә hurmat xilvatыdыn chыqma (Navoiy,MQ).
SHaxssiz gaplar. Bunday gaplarda ifodalangan ish-harakat yoki biror holat bajaruvchining faol ishtirokisiz yuzaga chiqadi. Bunday gaplarda ega grammatik jihatdan ifodalanmaydi; shaxsi noma’lum yoki shaxsi umumlashgan gaplardan farqlangan holda bunday gaplarning egalarini tiklab ham bo’lmaydi. Bunday gaplarning kesimlari majhul fe’llar, majhul fe’l ma’nosida qo’llangan aniq fe’llar vositasida ifodalanadi (Abdurahmonov G’., ko’rsatilgan asar, 24-bet). Misollar: Vә shavq yүzidin bashtыn qadam qыlыb, Ka’bai maqsud azmыg’a qadam uruldы (MSH 97). Barcha salāhiyatыn ushbu muammāsыdыn ihsās qыlsa bolur (MN 95).
SHaxssiz gaplarning kesimi –maq/-mәk formali harakat nomi bilan ham ifodalanishi mumkin: Ul kishini qutluq evdin tashqarы sүrmәk kerәk (MQ).
Atov gaplar. Eski o’zbek tilida atov gaplarning qo’llanish doirasi cheklangan. Ular, asosan, badiiy va didaktik asarlar tilida qo’llanib, asar sarlavhalarini tashkil etgan: Muhammad XoҐa beg sifatы (Muhabbatnoma). Hikāyat. SHe’r.(QR).
Hozirgi o’zbek tilida atov gaplarning turli tiplari kelib chiqdi va qo’llanish doirasi kengaydi.
Savol va topshiriqlar:

  1. SHaxsi aniq gaplarni misollar asosida tushuntirib bering.

  2. SHaxsi aniq gaplar bilan shaxsi noma’lum gaplarning qanday farqli tomonlari bor?

  3. SHaxssiz gaplarga xos bo’lgan xususiyatlar nima?




Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish