KIRISH VA KIRITMA QURILMALI GAPLAR
Kirish so’zlar. Adabiyotlarda kirish so’zlar gapni murakkablashtiruvchi vosita ekanligi ta’kidlanadi va kirish konstrukцiya nomi bilan ham yuritiladi.52
Kirish konstrukцiyalar so’zlovchining aytilayotgan fikriga munosabatini bildiradigan element sanalib, jumlaga ishonch, qatiylik, shubha, gumon, taxmin, mo’ljal, noaniqlik va boshqa ma’nolarni qo’shishi bilan ajralib turadi. Hozirgi o’zbek tilida bo’lgani kabi eski o’zbek tilida ham kirish konstrukцiyalar pauza bilan yoki –kim//ki bog’lovchilari bilan ajralib turadi. Pauza bilan ajratishda boshqa intonaцion vositalar xususiyatlar (masalan, nutq tempi) ham ma’lum darajada rolь o’ynaydi. Ular odatda,pauza orqali ajralib turadi, gapdagi boshqa boshqa bo’laklarga nisbatan kuchsizroq – pastroq, lekin ulardan tezroq aytiladi. Masalan, u to’g’ri bola. U, to’g’ri, bola.
Kirish so’z o’sha gapdagi fikrga bog’liq bo’lgan, shu o’aqdagi qo’shimcha mulohazalarni ifodalaydi. Bu mazmun ottenkalari juda xilma-xil: so’zlovchining aytilayotgan fikrga sub’ektiv munosabatini, shu fikrga bog’liq holda tug’igan emoцiyalarni, fikrning umumiy bahosini va shu kabi holatlarni bildiradi.
Kirish so’zlar ko’pincha butun gapga, ba’zan gapning biror qismiga, undagi biror bo’lakka qarashli bo’ladi. Kirish so’z butun gapga qarashli bo’lganda uningo’rni qat’iy, turg’un bo’lmaydi; ayrim qismlarga bog’langanda, o’rni turg’un bo’ladi. Ularning quyidagi ma’no turlari mavjud:
1. Fikrning ishonch bilan aytilishini bildiradi: filhaqiqat: filvoqe’ki, hamonoki, shak yo’qkim.
2. Ma’lum bir fikrning yuzaga kelishidagi noaniqlikni, gumonni bildiradi: ne uchunkim (negadir).
3. Kirish so’zlar fikrning manbaini ko’rsatadi: go’yo, go’yoki (aytishlaricha, derlarki)
4.Kirish so’zlar fikrni ajratib, ta’kidlab ko’rsatish uchun xizmat qiladi: bataxsis, kerakki:
5. Kirish so’zlar oldingi gaplarda ifoda qilingan fikrning keyingi gapda xulosa qilinishi, yakunlanishini yuzaga chiqishini amalga oshishini bildiradi: Ittifoqo (so’zlovchining ichki hissi: ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin);
alqissa (shunday qilib ma’nosida);
hosili kalom – avvalgi jumlalarga qat’iy xulosa yasash;
har taqdir bila – tarixiy faktlarning keyingi gaplarda yakunlanishi;
bahar taqdir – tarixiy faktlarning keyingi gaplarda yakunlanishi;
har oynakim – fikrga ma’lum darajada e’tibor qaratish mumkinligi;
bas – fikrning qat’iy yakunlanishi.
6.Fikrning tartibini, izchilligini, davomli ekanligini ta’kidlaydi: andoqki, yana ulkim.
7. Kirish so’zlar aslida gap bo’laklari va qo’shma gap qismlaridan birining ko’chimi tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin: Oqibat, bu munosabat bila, bu jihatdin. Mundin boshqa ham (shuningdek), manquldurki, debdurlarki, Ne uchunkim (negadir ma’nosida) kabi.
Bovujudkim – Mir Alisher Navoiyning musannafoti, bovujudkim, Hiriyda nash’u namo topibdur, bu til tiladur (BN 6). Bovujudkim, shahrda ulg’ayib erdi, turk va sodda erdi (BN 20).
Derlarkim – derlarkim, havosining taffuni shimoldag’i tog’ jihatidindur (BN 7). Derlarkim, bir necha darvesh bu bodiyada tund elga yo’liqub, birg’birini topolmay, “ho darvesh”, “ho darvesh” deyg’dey halok bo’lubturlar (BN 8). Derlarkim, Kisro toqidin bu biyikraktur (BN 47).
Do'stlaringiz bilan baham: |