REJA 1. Notiqlik san’ati 2 Zahiriddin Muhammad Boburning badiiy nutq mahorati 3. «Temur tuzuklari»ni nutq san’ati Notiqlikning bir qancha turlari bor. Bular ijtimoiy-siyosiy, akademik, diniy, sud notiqligi, harbiy va ijtimoiy-maishiy notiqlikdir. Bular ichida alohida ajralib turadigani harbiy notiqlikdir. Tinchlik sharoitida ham, davlat boshqaruvi, hatto urush sharoitida ham qo‘shinni boshqarishda notiqlik san’atining alohida o‘rni bo‘lganligiga uzoq asrlik tarix guvoh. Chunki ko‘zlangan maqsad bu strategiya bo‘lsa, uni amalga oshirish yo‘llari bu taktikadir. Demak, har qanday strategiyaning ta’sirchan mexanizmi bu — til taktikasidir. Harbiy notiqlik mohiyat e’tibori bilan jangovarlikni, xitob va da’vatni anglatadi. Shuning uchun ham mashhur Rim notig‘i Mark Tulliy Sitseron «Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda yoki notiq bo‘lish kerak», degan. U ko‘rib kuzatgani va anglab yetganidan so‘ng shu fikrga kelgani aniq. Notiqlik va harbiy sohadagi faoliyat o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har qanday g‘alabani ta’minlash mezoni bevosita notiqlik mahorati bilan bog‘liq. - Harbiy notiqlik mohiyat e’tibori bilan jangovarlikni, xitob va da’vatni anglatadi. Shuning uchun ham mashhur Rim notig‘i Mark Tulliy Sitseron «Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda yoki notiq bo‘lish kerak», degan. U ko‘rib kuzatgani va anglab yetganidan so‘ng shu fikrga kelgani aniq. Notiqlik va harbiy sohadagi faoliyat o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har qanday g‘alabani ta’minlash mezoni bevosita notiqlik mahorati bilan bog‘liq.
Boburning notiqlik mahoratiga misol sifatida shunga o‘xshash yana bir holatni kuzatish mumkin. Hindistonda davlatchilik siyosatini mustahkamlash, mayda-mayda feodal, rojaliklarga bo‘linib ketgan yurtni yaxlit davlatga aylantirish, o‘lka viloyatlarini markaziy saltanatga birlashtirishda ham u ritorik san’atning imkoniyatlaridan foydalangan. - Boburning notiqlik mahoratiga misol sifatida shunga o‘xshash yana bir holatni kuzatish mumkin. Hindistonda davlatchilik siyosatini mustahkamlash, mayda-mayda feodal, rojaliklarga bo‘linib ketgan yurtni yaxlit davlatga aylantirish, o‘lka viloyatlarini markaziy saltanatga birlashtirishda ham u ritorik san’atning imkoniyatlaridan foydalangan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo notiqlik san’atini mukammal egallagan bo‘lib, u nafaqat harbiy notiqlikda, balki umuman voizlik san’atida yuqori cho‘qqiga erishgan mahorat sohibidir. Bobur o‘zi va so‘zi joiz bo‘lgan voizdir. U kimga, nima haqda, qachon, qayerda, qanday qilib, muhimi, qancha aytishni taqozo qiladigan san’at mohiyatini bilgan va amalda qo‘llay olgan shoh va shoirdir. Uning nazarida insonning o‘zligi uchun ko‘zgu uning so‘zligidir. - Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo notiqlik san’atini mukammal egallagan bo‘lib, u nafaqat harbiy notiqlikda, balki umuman voizlik san’atida yuqori cho‘qqiga erishgan mahorat sohibidir. Bobur o‘zi va so‘zi joiz bo‘lgan voizdir. U kimga, nima haqda, qachon, qayerda, qanday qilib, muhimi, qancha aytishni taqozo qiladigan san’at mohiyatini bilgan va amalda qo‘llay olgan shoh va shoirdir. Uning nazarida insonning o‘zligi uchun ko‘zgu uning so‘zligidir.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari badiiy nutqning go‘zal namunasidir. Bobur o ‘zi hammabop yozishi bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o ‘z o ‘g‘li Humoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan maktubni muallifning o ‘zi bir necha bor o ‘qib ko‘rishi lozimligi, uning ravonligiga, so‘zlarning ko‘zda tutilgan m a’noni to ‘g‘ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilishi, shundan so‘nggina uni jo ‘natish m um kinligini t a ’kidlaydi. So‘zlaming xato yozilishi aytilmoqchi bo‘lgan fikmi xiralashtiradi, o'quvchini qiynaydi: “ ...yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qimaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiyolmas eding. 0 ‘qiyolmagandan so‘ng, albatta tag'yir bo'lur eding.
| “Bu olam aro ajib alamlar ko‘rdim, Olam elidin turfa sitamlar ko'rdim. Har kim bu vaqoyi’ni o‘qir, bilgaykim, Ne ranju, ne mashaqqatu, ne g‘amlar ko'rdim”. “Voqe”’ — “Boburnoma”ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatilgan. Uning eng zo‘r istagi: “Voqe”’ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolami takrorlamasinlar. - “Bu olam aro ajib alamlar ko‘rdim, Olam elidin turfa sitamlar ko'rdim. Har kim bu vaqoyi’ni o‘qir, bilgaykim, Ne ranju, ne mashaqqatu, ne g‘amlar ko'rdim”. “Voqe”’ — “Boburnoma”ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatilgan. Uning eng zo‘r istagi: “Voqe”’ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolami takrorlamasinlar.
«Temur tuzuklari»ni nutq san’atining noyob namunasi deyish mumkin. Keyingi avlod temuriyzodalardan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur sohibqiron Amir Temurning jang san’ati va boshqaruv mahoratidan tashqari, o‘z so‘zi, nutqi va voizlik mahoratiga ega bo‘lganini ham eshitgan, bilgan. «...har kim o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini bilib o‘zi qilsin, ya’ni raiyat podshosi aytgan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytadi, o‘zi qiladi...» degan «Temur tuzuklari»dagi bitiklar ham o‘sha davrda notiqlik san’atining rutbasi yuqori bo‘lganini bildiradi. - «Temur tuzuklari»ni nutq san’atining noyob namunasi deyish mumkin. Keyingi avlod temuriyzodalardan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur sohibqiron Amir Temurning jang san’ati va boshqaruv mahoratidan tashqari, o‘z so‘zi, nutqi va voizlik mahoratiga ega bo‘lganini ham eshitgan, bilgan. «...har kim o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini bilib o‘zi qilsin, ya’ni raiyat podshosi aytgan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytadi, o‘zi qiladi...» degan «Temur tuzuklari»dagi bitiklar ham o‘sha davrda notiqlik san’atining rutbasi yuqori bo‘lganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |