Guliston davlat universiteti rektori bilan talaba oʼrtasida
SHАRTNOMАSI №______
Guliston shahri 2021 yil ___ _________
Guliston davlat universiteti (keyingi oʼrinlarda – universitet) nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi rektor M.T.Xodjiyev bir tarafdan (bundan buyon matnda – rektor), talaba _______________________ ikkinchi tarafdan, talabaning ota-onasi yoki uning oʼrnini bosuvchi shaxslar uchinchi taraf (bundan buyon matnda – talabaning ota-onasi yoki uning oʼrnini bosuvchilar, birgalikda taraflar deb yuritiladi), mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur shartnomaga asosan talaba ____________________ bilan Guliston davlat universiteti oʼrtasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
2. Talaba oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarishni taʼminlaydi.
3. Talaba taqsimlangan oʼquv tusdagi tadbirlarda ishtirok etadi.
4. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
shartnomaning boshlanishi: ______________ yil;
shartnomaning tugashi: ______________ yil.
5. Talaba bevosita tegishliligi boʼyicha fakul’tet dekaniga boʼysunadi.
2-bob. Talabaning huquq va majburiyatlari
6. Talabaning huquq va majburiyatlari mazkur shartnoma va universitet ustavi bilan belgilanadi.
7. Talaba:
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni va sohaga oid boshqa qonunlari, qonunosti hujjatlari va universitetning lokal hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarishni oʼz zimmasiga oladi.
8. Talaba quyidagi huquqlarga ega:
taʼlim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
universitet faoliyati bilan bogʼliq muhim masalalarni koʼrib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
universitet axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan oʼquv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy taʼlim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferentsiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
oʼz ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;
universitet Kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika taʼlim (ilmiy) muassasalarida amaliyot oʼtash, stajirovkada boʼlish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud boʼlganda ularga yoʼllanma olish;
universitet rahbariyatining qarorlaridan norozi boʼlgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda oʼqishga yoʼllagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.
talaba qonun hujjatlarida yoki universitet ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʼlishi mumkin.
9. Talabaning majburiyatlari:
a) oʼz vazifalarini vijdonan bajarish;
b) universitet Ustavi, jamoa shartnomasi, ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalariga va boshqa lokal normativ hujjatlariga rioya etish, oʼquv rejalar va dasturlarda nazarda tutilgan bilimlarni egallash va oʼzlashtirish, oʼquv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish;
v) nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarni muntazam ravishda rivojlantirish;
g) dars mashgʼulotlariga oʼz vaqtida qatnashish;
d) mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
e) universitet obroʼsiga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar hamda korruptsiya holatlariga yoʼl qoʼymaslik, shuningdek, bunday holatlar guvohi boʼlgan taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga xabar berish;
z) etika qoidalariga rioya qilish, talabalar va pedagoglarga hurmatda boʼlish;
y) boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil qilish boʼyicha ilmiy, ijodiy-badiiy, sport-sogʼlomlashtirish klub va toʼgaraklar ishida faol ishtirok etish;
k) talabalar turar joylarida belgilangan talablarga muvofiq qoidalarga rioya qilish;
l) oʼzining hatti-harakatlari, OАV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan oliy taʼlim muassasasining obroʼsi va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin boʼlgan hatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish.
talabaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
10. Talaba ushbu shartnoma boʼyicha oʼz vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, gʼayriqonuniy imtiyozlar, qimmatliklarni oʼzlashtirmaslik;
pora taklif qilmaslik, pora olmaslik, bevosita va bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
vaʼda bermaslik;
tovlamachilik qilmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
oʼz vakolatini suiisteʼmol qilmaslik majburiyatini oladi.
atrofdagi shaxslar tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik koʼrish sifatida baholanishi mumkin boʼlgan hulq-atvordan oʼzini tiyishi shart.
Talaba korrupsion holatlarga duch kelganda universitetning ichki hujjatlariga muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:
“102” ishonch telefoni, xizmat telefon raqamiga ( ) xabar qilishi lozim;
11. Talaba qonun hujjatlari va universitetning lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni oʼz zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |