Taqdimnoma



Download 48 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi48 Kb.
#632894
Bog'liq
prokratura


TAQDIMNOMA

Tuman prokuraturasi tomonidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'Iimida O'zbekiston Respublikasining "Veterinariya to'g'risida"gi hamda "Jismoniy va yuridikshaxslarningmurojaatlari to'g'risida"gi Qonunlari va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda ma'muriy jarimalarning qo'llanilishi va undirilishining qonuniyligi yuzasidan tekshirish o'tkazildi.


Tekshirishda, bo'lim tomonidan yuqorida qayd etilgan qonunchilik ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar bilan birga, sohada qator qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'yib kelinganligi aniqlandi.
Jumladan, bo'lim tomonidan 2022 yil 1-yarim yilligida amalga oshiriladigan vazifalar bo'yicha 15 bob 38 banddan iborat ish rejasi tuzilgan bo'lib, reja viloyat boshqarmasining ish rejasidan ko'chirilib, aynan bir xil mazmunda tuzilgan (2021 yil 2-yarmida ham aynan shu mazmunda ish reja tuzilgan), reja bamilariga kiritilgan tadbirlar tumandagi chorvachilik, naslchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik -hamda veterinariya-sanitariya sohasidagi boshqa qoiumiylik talablaridan kelib chiqib tuzilmagan, reja bo'limning kengnytirilgan yig'ilishida muhokama qilinmagan, tadbirlar ijrosi alohida e'tibor nnratilgan holda o'rganilmagan, tadbirlarning o'rganilishi va ijrosi bo'yicha ma'lumollar bazasi yaratilmagan va jamlanmagan, rejaning ayrim bandlariga bo'lim tomonidan kunlik, haftalik va oylik bajariladigan ishlar tadbir sifatida kirltilishi hamda reja 2022 yil 1-yarmi uchun tuzilgan bo'lsada, biroq ayrim tadbirlarni 2022 yilning 2-yarmida bajarishga tadbir sifatida kiritilishiga yo'l qo'yilgan.
Vaholanki, ushbu kamchiliklar 2021 yilning 4-choragida bolira faoliyatida o'tkazilgan tekshirishda aniqlangan bo'lib, ularni bartaraf edish to'g'risida bo'lim boshlig'i nomiga taqdimnoma kiritilgan bo'lishiga qaramasdan, ish rejani sifatli va chorvachilik qonunchilik talablaridan kelib tuzilmagan.
Misol uchun, bo'limning 3, 31 va Зб-bandlari va boshqa bir qator bandlarida ko'rsatilgan tadbirlar bo'limning kunlik, haftalik va oylik vazifalari bo'lsada, biroq tadbir siftida rejaga kiritilishiga yo'l qo'yilgan.
Shuningdek, rejaning 2-bob 5-bandi talablariga ko'ra joriy yilning yanvar oyida O'zbekiston Respublikasining "Veterinariya to'g'risida"gi Qonuni va Respublika Prezidentining farmon va qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda veterinariya sohasini rivojlantirish bo'yicha 2021 yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish belgilangan bo'lsada, biroq ushbu tadbir ijrosi yuzasidan
2021 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmagan yoki bajarilmagan yoxud
belgilangan tadbir ijrosi bo'yicha tasdiqlovchi hujjatlar bazasi mavjud emas.
Shu kabi, reja 2022 yil 1-yarmi uchun .tuzilgan bo'lsada, biroq rejaning; 11-bob 27-bandida O'zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni riovjlantirish davlat raisi qo'mitasi raisi nomiga kelib tushgan murojaatlarni hamda ishonch telefonlari orqali fuqarolarni murojaatlarini o'rganish chiqish va ijrosini ta'minlan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.05,2019 yildagi "Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5718-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tadbirkorlarning murojaatlarini ko'rib chiqishni tashkil etish va ijrosini ta'minlash bo'yicha kiritilgan tadbir ijrosini bajarish muddatini 2022 yil dekabr oyi etib belgilangan.
Bu kabi, tadbirlarni bajarmaslik holatlarini ish rejaning boshqa bandlari bo'yicha ham ko'plab kuzatish mumkin.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasining "Naslchilik to'g'risida" Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 748-sonli hamda Respublika Prezidentining PQ-308 va PQ-842-sonli Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda tashkil etilgan zoovetpunktlarining aholi va fermer xo'jaliklaridagi chorva hayvonlarida kasalliklarni oldini olish, veterinariya tadbirlari o'tkazish, kasallangan chorva hayvonlarini davolash va hududdagi sigir va tanalarni sun'iy urug'lantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda chorva hayvonlarini identifikatsiyalash ishlarining ahvoli yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga, sohada qator xato-kamchiliklar va qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'yib kelinganligi aniqlandi.
Jumladan, o'rganishlarda tumanda faoliyat yuritib kelayotgan boshqa fermer xo'jaliklari kabi 2021 yilda "Normurod Yo'ldoshev" fermer xo'jaligida 308 bosh qoramol va qo'ylar, "Abdubobo" fermer xo'jaligida 1129 bosh qo'y va echkilar, "M.Qo'shoqov" fermer xo'jaligida 224 bosh qoramol va qo'ylar,
"Abdulhofiz Muborak" fermer xo'jaligida 655 bosh qoramol va qo'y va echkilar, "Rayimqulova Dilafruz chorvasi" fermer xo'jaligida 636 bosh qoramol va qb'y-echkilar, "Husniddin Alimardon" fermer xo'jaligida 883 bosh qoramol va qo'y-echkilarni identifikatsiya qilish ishlari bajarmasdan qolgan.
Shuningdek, sigir va qochirish yoshidagi tanalarning 5495 boshini urug'lantirish maqsadida tumandagi 11 ta hududda faoliyat ko'rsatib kelayotgan veterinariya uchastka mudirlarining zimmasiga yuklatilgan bo'lib, mavjud 11 ta veterinariya uchastka nozirlarining 4 tasi o'z binosiga ega bo'lib, qolgan 7 tasi bino bilan ta'minlanmaganligi, o'z binosiga ega bo'lgan uchastkalarida -sun'iy urug'lantirish ishlarini amalga oshirish maqsadida zarur bo'ladigan; jihozlar yetishmasligi ma'lum bo'ldi.
Vaholanki, bo'lim ish rejasida bu boradagi ishlarni to'g'ri tashkil etish va faoliyatni yaxshilash bo'yicha tegishli tadbirlar kiritilgan.
Jumladan, tumandagi "Guliston", B.Ochildiyev", "B.Omonov, "Fayzova", "J.Pirnazarov", "J.Eshmirzayev" va "Serharakat" hududidagi veterinariya uchastkalarida sun'iy urug'lantirish uchun zarur bo'ladigan manej-stairak, tsitrat, kalsiylangan soda, rezina fartuk, sigir va qochirish yoshidagi tanalarni urug'lantirilganligini qayd qilib boradigan shunurlangan maxsus kitob yo'qligi, ushbu hududda 2021 yil uchun sigir va qochirish yoshidagi tanalarning bir qismi urug'lantirilmay qolganligi aniqlandi,
Bundan tashqari, ozuqabop ekinlar urug'larini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarining yer maydoni hajmlari nomiga tasdiqlangan yoxud tumandagi fermer xo'jaliklari tomonidan ozuqabop ekinlar urug'larini yetishtirishi belgilangan bo'lib, ushbu vazifalardan ro'yxatga olingan fermer xo'jaligi rahbarlari xabardor qilinmagan.
Tumanda ushbu yo'nalishda faoliyat ko'rsatib kelayotgan ayrim fermer xo'jaliklariga ozuqa (em-xashak) yetishtirish uchun suvli yer maydonlari yetarli darajada ajratilmaganligi holatlari aniqlangan bo'lsada, biroq bo'lim tomonidan bu borada tegishli takliflar bilan chiqilmagan.
Bu esa o'z navbatida, ushbu xo'jaliklar tomonidan chorva mollari uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirib, chorvachilikni rivojlantirishda o'zining salbiy ta'sirini yetkazishga sabab bo'ladi,
Xuddi shunday, xavfli yuqumli kasalliklarga shubx'a qilingan hayvonlardan olingan patalogik namunalar bo'lim labaratoriyasining bakteriologiya bo'limida tahlildan o'tkazib kelingan bo'lsada, biroq bo'limdagi mavjud tahlil xonasi veterinariya-sanitariya talablaridan kelib chiqib zaruriy asbob-uskunalar bilan yetarli darajada jihozlanmagan.
Bo'limning Nizomi talablariga asosan, tumanda epizootik tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib, tegishli ko'rsatmalar berish va bajarilishi yuzasidan tegishli munosabatbildirish to'g'ri yo'lga qo'yilmagan.
Bundan tashqari, bo'limda chorva mollarida uchraydigan o'ta xavfli va yuqumli kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish bo'yicha targ'ibot ishlari hamda chorva mollarida uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish bo'yicha emlash ishlari ham to'laqonli yo'lga qo'yilmagan.
Vaholanki, O'zbekiston Respublikasining "Veterinariya to'g'risida"gi
Qonunining talablariga ko'ra, veterinariya xizmati idoralari o'z vakolatlari
doirasida idoraviy rnansubligi hamda rnulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishi ustidan, shuningdek ayrim shaxslarning faoliyati ustidan veterinariya-sanitariya nazoratini amalga oshirishlari ko'rsatib o'tilgan bo'lb, bo'lim mutasaddilari tomonidan esa ushbu vakolatlardan to'laqonli foydalanilmagan.
Shu bilan birga, bo'limda veterinariya-sanitariya Isohasidagi qonun buzilishlar va huquqbuzarliklar uchun rasmiylashtirilgan bayonnomalar va qarorlarning qonuniyligi o'rganilganda, bo'lim tomonidan qarorlarni rasmiylashtirishda qator xato-kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.
Jumladan, bo'lim tomonidan veterinariya-sanitariya sohasida huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qarorlarda ular tomonidan MjtKning qaysi moddasida ko'rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi ko'rsatilmasdan yoxud qarorda ko'rsatilgan moddalarning tag qismi aniq chizilmasdan jarimalar belgilanishiga yo'l qo'yilgan.
Shuningdek, bo'limda Mehnat Kodeksining talablari qo'pol ravishda. buzilgan,
Misol uchun, bo'lim tomonidan joriy yilning 1-choragida qabul qilingan 5,10, 48, 60, 61, 63, 68, 70, 71-sonli va boshqa bir qancha buyruqlar qonunchilik talablariga ko'ra mas'ul xodimlarga tanishtirilmagan.
Shu kabi, bo'limda yuritiladigan "Buyruqlarni ro'yxatga dish kitobi"
raqamlanmagan, shnurlanmagan va muhrlanmagan, kitobda qayd etilgan ayrim
buyruqlar bo'yicha ijrochilarning imzosi qo'yilmagan.
Bundan tashqari, bo'limda O'zbekiston Respublikasining "jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidian
murojaatlarni ro'yxatga olish, ko'rib chiqish, qonun talablariga muvqfiq ihai etish,
ularning qabulini tashkil etish o'rganilganda, bu borada qator qonun buzilishi
holatlariga yo'l qo'yib kelinganligi aniqlandi.
Jumladan, bo'limda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
ro'yxatga olish kitobi raqamlanmagan, shnurlanmagan va muhrlanmagan hamda
kitobda birota ham murojaat qayd etilmagan. Shuningdek, og'zaki murojaatlarni,
shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kitobi
tutilmagan. Vaholanki, bo'lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabuli (sayyor va ommaviy] tashkil etilgan bo'lsada, biroq sayyor va ommaviy qabul qilingan shaxslarni ro'yxatga olish kitobi tashkil etilmagan hamda o'rganilayotgan davrda sayyor va ommaviy qabul qilingan shaxslar ro'yxatga olinmagan hamda hisobi va hisoboti yuritib borilmagan.
Shuningdek, bo'limda 2021 yil atigi 1' ta murojaat qayd etilib,ushbu
murojaat ham bo'lim tomonidan hal etilgan bo'lishiga qaramasdan, kitobda
murojaatningo'rganish natijasi to'ldirilmagan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonunining 35-moddasida murojaatlarni ko'rib chiqayotgan davlat organlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari harnda qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni anjqlash harnda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni har chofaqda kamida bir maita umumlashtirishi va tahlil qilib borishi belgilab qo'yilgan bo'lsada, biroq bo'lim tomonidan 2021 yilda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda umumlashtirilmagan va tahlil etilmagan.


Xuddi shunday, tahlillar asosida tuzilgan ma'lumotnomalar va murojaatlar bilan ishlashning umumiy ko'rsatgichlari bo'limning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilib borilmagan.
Shu bilan birga, bo'lim tomonidan o'rganilayotgan davrda murojaatiarni ko'rib chiqish faoliyatini takomillashtirish bo'yicha biror marotaba ham takliflar ishlab chiqilmagan va taqdim etilmagan.
Qayd etilgan qonun buziiishi holatlari avvalambor bo'lirnda idoraviy nazoratning susaytirib yuborilganligi, bo'lim mas'ul xodimlarining o'zlariga yuklatilgan vazifalarga mas'uliyat bilan yondoshmayotganligi, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlar bo'yicha ishlar nomigagina olib borilayotganligi, bo'lim faoliyati muntazam muvofiqlashtirib, yig'ilishlarda muhokama qilib borilmaganligi natijasida kelib chiqqan,
O'zbekiston Respublikasining "Prokuratura to'g'risida"gi Qonunning 40-moddasiga asosan,
so'rayman:

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish