Guliston davlat universiteti rektori bilan talaba oʼrtasida shаrtnomаsi №


-bob. Rektorning huquq va majburiyatlari



Download 20,35 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2022
Hajmi20,35 Kb.
#578427
1   2   3   4
Bog'liq
Guliston davlat universiteti rektori bilan talaba oʼrtasida shartnoma1

3-bob. Rektorning huquq va majburiyatlari
12. Rektor quyidagi huquqlarga ega:
a) Oliy taʼlim muassasasining barcha talabalariga ham tatbiq etiladigan ichki hujjatlarni qabul qilish;
b) Talabadan oliy taʼlim muassasasi ichki tartib qoidalariga, odob-ahloq kodeksi, oliy taʼlim muassasasining korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), oliy taʼlim muassasasi talaba, oʼquvchi va doktorantlari tomonidan korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga ogʼdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish toʼgʼrisidagi nizomga va ushbu mehnat shartnomasiga qatʼiy rioya qilishini, oliy taʼlim muassasasi mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʼlishini talab qilish;
v) Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talabani intizomiy javobgarlikka tortish;
g) mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlardan birini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda qonunchilikka muvofiq talabalar safidan chetlashtirish.
13. Rektor qonun hujjatlari va oliy taʼlim muassasasi lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
14. Rektorning majburiyatlari:
a) Talabani mazkur shartnomada koʼrsatilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sharoitlar bilan taʼminlash;
b) qonunchilik va oliy taʼlim muassasasida qabul qilingan boshqa lokal hujjatlar hamda mazkur mehnat shartnomasining shartlariga qatʼiy rioya qilish;
v) oʼquv jarayoni, oʼquv dasturlari, oʼquv yuklama hajmi va oʼquv mashgʼulotlari jadvalidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisida talabani oʼz vaqtida ogohlantirish;
g) mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish hamda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlarning mahfiyligi va himoya qilinganligini taʼminlash;
15. Rektor qonunchilik, oliy taʼlim muassasasining lokal hujjatlari va ushbu mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni oʼz zimmasiga oladi.


4-bob. Talaba ota-onasining huquq va majburiyatlari
Talaba ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari uning oʼqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.
Universitet bilan hamkorlik qilish, taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, taʼlim tashkilotlariga hayriya yordami koʼrsatish boʼyicha takliflar kiritish;
universitetning ustavi va (yoki) boshqa taʼsis hujjati, litsenziyasi, davlat akkreditatsiyasi toʼgʼrisidagi sertifikati, davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, malaka talablari, oʼquv rejalari va oʼquv dasturlari bilan tanishish;
taʼlimning mazmuni, qoʼllanilayotgan taʼlim va tarbiya usullari, taʼlim texnologiyalari bilan, shuningdek farzandlarining oʼquv fanlarini oʼzlashtirishi natijalari bilan tanishish;
talabaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
talabalarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
farzandining oʼquv mashgʼulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʼzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
farzandining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
talabalarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.



Download 20,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish