Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Morfologik, fiziologik, funktsional, shaxsiy gigienalar, adaptatsiya.
Identiv o’quv maqsadi:
Jismoniy tarbiyani inson salomatligida o’rnini biladi.
Bolalar sportni rivojlantirishdan maqsadni tushuntirib bera oladi.
Sportda gigienaga amal qilish kerakligini biladi.
1-savolning bayoni: Gigiena fanining bu qismi, umumiy gigienaning asosiy bo’limlaridan biridir. Uning vazifasi, maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’ligini saqlash, mustaxkamlash, jismoniy jixatdan baquvvat va barkamol qilib tarbiyalash va ta’lim berishdir.
Kupchilikka ma’lumki, yosh usmirlar organizmining o’ziga xos tomonlari bor. Bu xususiyatlar, morfologik, fiziologik, funktsional xususiyatlar bo’lib katta yoshli kishilarga qaraganda oz bo’lsa-da farqlanadi. Ayniqsa ularning turmush tarzi, mexnat faoliyati, tevarak atrofidagi muxit va boshqalar ularga nisbatan psixologik nuqtai nazardan boshqacha yondashishni toqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasi xukumatining sportni, jismoniy tarbiyani rivojlantirish to’g’risidagi qonuniy xujjatlarni, qarorlari va boshqa normativ xujjatlarni, yoshlar to’g’risidagi g’amxo’rlikning yana bir yorqin ifodasidir.
Yoshlani aqlli va barkamol shaxs sifatida voyaga etkazish uchun Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimiz miqyosida sportning turli soxalarini rivojlantirish asosiy maqsad qilib qo’yildi. Chunki chiniqqan tanada ruxiyat baquvvat bo’ladi. Baquvvat avlod bilan buyuk kelajakni bunyod etish mumkin. Sport komillik sari eltuvchi bir zinapoya misoli. Asosiysi esa, bilim olish mana shu vatanga munosib farzand bo’lishdir. Buni ta’minlashda gigiena fanining, ayniqsa shaxsiy gigiena fanining roli juda kattadir.
Bolalarning normal rivojlanib o’sishi, uchun mumkin qadar ko’proq gigienik qulay shart sharoitlar yaratib beradigan fan gigienadir. Shunday qilib gigiena fanining qoidalari talab darajasida bajarish kasalliklarning oldini olishda asosiy omildir.
Xayotda bolalarning umumiy axvoliga, xar tomonlama rivojlanishiga aqliy va jismoniy ish qobilyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan omillar juda ko’pdir. Masalan bolalarning o’quv materiali bilan xaddan tashqari band bo’lishi, o’quvchining vaqti etarli bo’lmasligi va yaxshi dam olmasligi natijasida markaziy nerv sistemasi qattiq charchashi mumkin. Buning oqibatida bolaning ruxiy faoliyati, diqqat e’tibori susayishi, xotirasi yomonlashuvi, serjaxl, serjanjal, bo’lib qolishi va ish bajarish jarayonida tez-tez charchashi kuzatiladi. Jismoniy aktiv xarakat bilan shug’ullanmaslik jismoniy rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning ustiga dars o’tish xonalari sanitariya xolatining yomonlashuvi va boshqalar odamning asabiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun xam maktablarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchining faoliyati, maktablarga tibbiy xizmat ko’rsatuvchi vrachlar, davolash va profilaktika ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan xamjixatlikda olib borilishi kerak. Bolalarning anatomik, fiziologik funktsiyalarini, xususiyatlarini bilishi zarur, tevarak atrof-muxitning gigienik talabga javob beradigan xolatda, o’quv jarayonlarini ularning rejimlarini qoidalar va meyyoriy xujjatlarga mos keladigan qilib tashkil qilish ayni muddaodir.
Buning uchun xonalar xarorati, namligiga yorug’lik etarliligi, jismoniy yuklamalar me’yoriga, ayniqsa joylarning sanitariya ekologik xolatiga axamiyat berish eng muxim masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |