Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 1,92 Mb.
bet76/117
Sana26.01.2023
Hajmi1,92 Mb.
#903382
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

Nazorat savollari.

1. Yurak tug’risida ma’lumot bering.


2. Qonning tarkibiy qismlari to’g’risida tushintirib bering.
3. Tomirlarning xususiyati nimalardan iborat.
4. Kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish uchun nima ishlar kilish kerak.


2-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Sport bilan shug’ullangan va sport bilan shug’ullanmagan kishilarning yurak kon tomir tizimidagi o’zgarishlar.
Jismoniy mashqlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarning sabablarini biladi.


2-savolning bayoni: Sportchilar yuragining struktur (tuzilish) xususiyatlari.
Sportchilar yuragining kattalashishi, Yurak bo’shliqlarining kengayishi, Yurak qorinchalarining va Yurak bo’lmachalari devorlarining qalinlashishiga bog’liqdir.
Dilyatatsaya - Yurak bo’shliqlarining (qorinchalar va bo’lmachalar) kengayishidir. Yurak qorinchalarini kengayishi katta ahamiyatga ega. Bu sportchilarning yuragining eng muhim funktsional xususiyatlari yuqori ish qobilyatini ta’minlaydi. Sportchilarni yuragini katta kichikligini aniqlashda telerentgenometrik va ultratovushli exokardiografiya usullari qo’llaniladi.
Sog’lom, jismonan chiniqmagan 20-ZO yoshdagi erkaklarda Yurak hajmi o’rtacha 760sm ga teng bo’ladi, ayollarda esa 580 sm. Ma’lumotlarga qaraganda eng katta Yuraklar chidamlilikni rivojlantiruvchi sport turlari bilan Shug’ullanuvchilarda (velosiped, o’rta va uzoq masofaga yugurish, chang’i sporti) uchraydi va bu ko’rsatkich 800-1200 sm3 ni tashkil etadi. Boks, karate, sport o’yinlari bilan Shug’ullanuvchi sportchilarning Yuraklari ko’zga ko’rinarli kattalashmaydi.
Asosan tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi sport turlari bilan Shug’ullanuvchilarning yuragi sport bilan Shug’ullanmaganlarnikidan kam farqlanadi. Demak, dilyatatsiya asosan chidamlilikni rivojlantiruvchi sport turlari bilan Shug’ullanuvchilarga ta’luqlidir. Ratsional ravishda mashq qilmagan vaqtda eng kuchli sportchi yuragining massasi kamdan-kam hollarda va juda oz miqdorda 500g kattaligidagi kritik holatidan sal ortiq bo’ladi.
Haddan tashqari Yurak hajmining kattalaShuvi (1200-1700 sm3) noto’g’ri mashg’ulotlar uyushtirilishi natijasida Yurak mushaklarini zararlanishini ifodalaydi. Sport tibbiyoti amaliyotida shaxsiy nisbiy Yurak hajmi (Yurak hajmi ko’rsatkichi sportchining vazniga bo’linadi) aniqlanadi.
Oxirgi yillarda sportchilarning yuragini tekshirishda ultra-tovush, exokardiografiya usuli keng qo’llanilmoqda. Exokardiogrammada Yurakning sistola va diastola davridagi faoliyatini, bo’shliqlar diametrini, devorlarining va qorinchalararo pardasining qalinlashganligini aniqlash mumkin.
Maxsus formulalar yordamida qorincha bo’shlig’ining oxirgi diastolik hajmi (ODX) va oxirgi - sistolik hajmi (OSX) miokard massasi (MM), urush hajmining (UX) hisoblab chiqish mumkin. ODX-sport yuragini kengayishi (dilyatatsiya) darajasini o’lchami bo’lib sportchilarda sport turiga qarab 100-200ml atrofida, Shug’ullanmaganlarda esa 80-140 ml bo’ladi.
Miokardning fiziologik gipertofiyasi (kattalashishi) sportchi yuragining ikkinchi struktur (tuzilish) hususiyatidir. Umumiy gipertrofiyaga o’xshab Yurak gipertrofiyasi a’zoni ish qobilyatini oshirishni ta’minlashda muhim moslanish mexanizmdir. Jismoniy mashg’ulotlarni bajarilishida sport yuragi bir qisqarishda tinch holatga qaraganda ikki baravar, qisqa vaqt davomida 2-3 marta ko’proq qonni haydashi kerak. O’z - o’zidan ko’rinib turibdiki, qon haydashda kuch oshmoqligi lozim. Bu miokard gipertrofiyasi Yurak muskulini kattalanishi tufayli amalga oshadi.
Jismoniy yuklanishlar ta’siridagi miokardning kattalanishi (qalinlanishi) sarkomerlarning soni, mitoxondriyalarning soni va ularni kattalanishi, ribosomalar va Yurak mushagining qisqartiruvchi boshqa elementlarning soni ko’payishi evaziga yuzaga keladi.
Yurak massasini kattalanishi miokardning gipertrofiyasini asosidir. Tabiyki, Yurakning gipertrofiyasi, patologik gipertrofiyaga chalingan bemorlarga qaraganda bir muncha kichikroq. Yurakka tushadigan jismoniy yuklanishlarni kamayishi miokardning fiziologik gipertrofiyasiga qaytishi mumkin.
Marhum sportchilrni yuragini tekshirilganda ko’pchiligida Yurakning massasi normaning yuqori darajasida yoki normadan oshganligi isbotlangan (N.D. Graevskaya, Raydel va boshqalar)
Yurakning ishchan gipertrofiyasi kapillyar tolalarini oshishi bilan xarakterlanadi, usiz Yurakni kam darajali gipertrofiyasi ham miokard tolalarini nisbiy kislorod ochligiga olib kelishi mumkin.
Ishchan gipertrofiya rivojlanishida miokard tolalarining soniga nisbatan kapillyarlar soni oshadi (Komadel va boshqalar), Shu tufayli mushak elementlarni qon bilan ta’minlanishi o’zgarmaydi. Maqsadga muvofiq rivojlangan miokardning ishchan gipertrofiyasi haqidagi so’zlar faqat uning mo’tadil darajalarigagina ta’luqlidir. Ratsional ravishda mashq qilingan vaqtda eng kuchli sportchi yuragining massasini kamdan - kam hollarda va juda oz miqdorda 500g kattaligidagi kritik holatidan sal ortiq bo’ladi. Agarda gipertrofiya haddan tashqari bo’lsa, bunda miokardning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bu holatlarda ayrim mushak elementlarining nisbiy kislorodga ochlik holatlari vujudga keladi. Bular natijasida Yurak hujayralari nekrozga (o’lim) uchraydi. Keyinchalik o’lgan mushak to’qimalari qo’shimcha to’qimalar bilan almashladi, boshqacha aytganda kardiosileroz kasalligi rivojlanadi.
Bunday gipertrofiya (kattalanishi) sog’ sportchi yuragini isbotlamaydi. Yurak gipertrofiyasining bu turi sport mashg’ulotlarining noratsional qo’llanishida, sodir bo’lgan ayrim kasalliklarda vujudga kelishi mumkin. Haddan tashqari miokard gipertrofiyasi, haddan tashqari Yurak dilyatatsiyasi kabi (Yurak bo’shliqlarning kengayishi) sportchilar yuragining kasallanishi haqida ma’lumot beradi. Bunday Yurakning qisqarish hususiyati pasayadi va uning ishqobiliyati kamayadi.



Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish