Ilovalar:
Fan dasturi...........................................................................................................
Ishchi fan dasturi................................................................................................
Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda)
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)
Qo’shimcha didaktik materiallar
Kirish
Oliy ta’lim muassasalarining 5112000 – “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishi blokida «Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari » fani o’tilishi rejalashtirilgan. Ushbu fan bo’yicha tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlarning deyarli hammasi rus tilida yozilgan bo’lib, ulardan foydalanishda talabalar qator qiyinchiliklarga duch keladilar, ayrim ilmiy atamalarni yaxshi tushunmaydilar.
Shu sababli muallif ushbu fan bo’yicha davlat tilidagi qisqacha lektsiyalar kursi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish tartiblarini o’z ichiga olgan o’quv–metodik majmua yaratishga harakat qildi. Majmuaga asos qilinib namunaviy dasturda keltirilgan adabiyotlar olindi.
«Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari» fanidan darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilinishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan samarali foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammo savollarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi.
O’quv-uslubiy majmua quyidagilarni o’z ichiga oladi:
«Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari» fani sillabusi.
Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi)
Amaliy ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar.
Laboratoriya mash-ulotlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar.
Talaba mustaqil ishlari buyicha materiallar (mustaqil ish topshiriqlari)
Glossariy.
Nazorat savollari va testlar.
Informatsion-uslubiy ta’minot.
Ilovalar:
1. Na’munaviy va ishchi o’quv dasturlar.
2. Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda).
3. Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)
4. Qo’shimcha didaktik materiallar
Mazkur o’quv-o’slubiy majmua «Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari» kursidan Vazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv majmualariini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma” asosida yaratilgan dastlabki o’quv-uslubiy majmualardan biri bo’lganligi sababli, unda ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga muallif oldindan o’z minnatdorchiligini bildiradi
O’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda ishlanib, unda o’quv maqsadlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |