15-amaliy mashg’ulot
Undalma va undalmali sodda gaplar
Ajratilgan vaqt – 2
Darsning maqsadi: talabalarning sodda gaplarning undal-malar bilan murakkablashuvi, undalmali sodda gaplarning leksik-grammatik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday matndan undalmalar bilan murakkablashgan sodda gaplarni ajrata olish ko’nikmasini hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari
1. Berilgan matndan undalmalar bilan murakkablashgan sodda gaplarni ajrata oladi.
2. Undalmalarni tuzilishiga va ma’no
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashq, matn, gaplarni: a) sodda gaplar; v) qo’shma gaplar tarzida ikki guruhga ajratib, daftaringizga yozib chiqing.
2. Ajratilgan sodda gaplar orasidan undalmali gaplarni topib, ularni alohida yozib chiqing.
3. Undalmalarning leksik-grammatik xususiyatlarini aniqlab, bayon qiling.
4. Undalma va eganing farqlarini dalillang.
5.Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlarini bayon qiling.
6.Har bir gapni gap bo’laklari bo’yicha tahlil qiling.
37-mashq
Sevgili qizim! Bizning muqaddas kitobimiz Qur’oni karim butun haqiqatlarni to’la va o’z aslicha bildiradi. Bu kitobda hech bir yanglishlik va tuzatishga muhtoj o’rin yo’qdir. Ba’zi kitoblarda ma’lum ilovalar bo’lgani holda, bizning muqaddas Kitobimiz Rasulullohning saodat zamonlardagi kabi hech bir o’zgarishsiz qolgan. Binobarin, insonlar faqatgina bu kitobimizga ishonish bilan haqiqiy saodat, salomat va to’g’ri yo’lni topganlar.
Sevgili qizim! Naqadar baxtlisanki, bu katta, to’g’ri yo’lga qovushibsan. Naqadar baxtlisanki, bu kitobga ishonibsan, Allohning suyukli habibi, rasuli Muhammad alayhissolomni payg’ambar, deb qabul qilibsan. Unga iymon keltiribsan. Barcha payg’ambarlar ham ruh olamida ekanliklarida, bu olamga kelgandan keyin Payg’ambarimizning kelishlaridan habar berishlik xususida Allohga so’z berishgan. Ular har vaqt Payg’ambarimizni chuqur ehtirom bilan ma’lum qilishgan, Ul zotni maqtashgan.
Hatto Iso alayhissalom yahudiy qavmiga kelganida: «Ey Isroil o’g’illari! Men sizga, mendan ilgari Tavrotni tasdiqlash va mendan so’ngra Ahmad ismli bir rasul kelishini mujdalash (xushxabarni etkazish) uchun keldim» degan edi. Ne baxtki, sen xushxabarni berilgan Ul Payg’ambarga ummat bo’libsan. Buning uchun olamlarning robbi bo’lgan Allohga behad shukr etmog’ing kerakki, Alloh taolo bunday sharafni sevgan qullarigagina nasib etgay.
Muhammad Kamol. Musulmon ayollarga maslahatlar. T., “Movarounnahr», 2000y.
Do'stlaringiz bilan baham: |