16-amaliy mashg’ulot
Kirish va kirishli sodda gaplar
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Darsning maqsadi: talabalarning sodda gaplarning kirishlar bilan murakkablashuvi, kirishli murakkab sodda gaplar leksik-grammatik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday matndan kirishli murakkab sodda gaplarni ajrata olish ko’nikmasini hosil qilish.
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashq, matn, gaplarni: a)sodda gaplar; v)qo’shma gaplar tarzida ikki guruhga ajratib, daftaringizga yozib chiqing.
2. Ajratilgan sodda gaplar orasidan kirishli gaplarni topib, ularni alohida yozing.
3. Kirishlarning tuzilishiga ko’ra tularga ajratib yozing.
4. Kirishlarning ma’no xususiyatlarini aniqlab, bayon qiling.
5. Kirish va modal so’zlarni farqlarini bayon qiling.
6. Kirishlar miqdorining ko’payib borish sabablarini bayon qiling.
7.Kirishli gaplarda tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
8.Gap bo’laklarini aniqlab tagiga chizing.
38-mashq
Muhabbat ko’ngil mulkidir. Ko’ngil qo’ygan kishingning oyoqlariga osilib, men bilan qol deyilmaydi yoki orqasidan ergashib ketilmaydi! Bu ta’madir, bu – nafsdir! Yurakka ishq tutishning o’zi katta baxt! Sen endi hech qachon yolg’iz qolmaysan, doimo bag’ringning qoq o’rtasida sen bilan shirin suhbatlar quradigan dardkashing, mahrami jon – muhabbat bor! U hamisha seni nazorat qiladi, hamisha unga hisob berasan, unga munosib bo’lishga bir umr urinib o’tasan. U birovni sog’inish, birov uchun afg’on chekish, yig’lash ham hatto ayriliq ham hayotingni to’ldirib turadigan BUTUNLIK ekanligini isbotlaydi.
Haqiqiy muhabbatga uchragan kishi suyganiga olislardan tinimsiz yaxshiliklar tilab, uning ta’rifini yuragining osmonlariga ko’tarib yashaydi.
Haqiqiy oshiq yorga sen meniki bo’lishing shart demaydi, senga munosib bo’lishga menga yo’l bo’lsin, deya o’zini tuproqlarga teng qo’yadi.
Muhabbat ko’ksingga botgan quyosh – nafaqat seni, butun umringni isitib turadi. Aslo ro’zg’oringda, bola chaqangga xalaqit bermaydi, aksincha, ularga bo’ladigan munosabatlaringga afzallik qo’shib, uyingni fayziyob qiladi.
T.Sodiqova. O’g’lim,senga aytaman. Qizlarga atalgan so’zlar. T., «Cho’lpon», 2002.
39-mashq
Oybek xotindan yolchigan odam edi. Zarifaxonimdek fidoiy ayolni kitoblarda ham uchratmaganman. U butun umrini Oybekka bag’ishladi. U Oybek deb yashadi.
Oybek umrining oxirgi yillarida gapirolmay qoldi. Barmoqlari qalam tutolmasdi. Bo’lg’usi asarlarni birovga aytib yozdirishning ham iloji yo’q. O’zim yozay, desa barmoqlari qalam tutishga yaramaydi.
Er-xotin bir-birlariga shunchalik o’rganib ketishgan ediki, bir imo bilan Oybekning nima demoqchiligini Zarifaxonim bilib olardi. (S.Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |