Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet420/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

13-amaliy mashg’ulot
Uyushiq bo’laklar va uyushiq bo’lakli murakkab sodda gaplar
Ajratilgan vaqt – 2
Darsning maqsadi: talabalarning sodda gaplarning uyushiq bo’laklar bilan murakkablashuvi, uyushiq bo’lakli sodda gaplarning leksik-grammatik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday matndan uyushiq bo’laklar bilan murakkablashgan sodda gaplarni ajrata olish ko’nikmasini hosil qilish.
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashq, matn, gaplarni: a) sodda gaplar; v) qo’shma gaplar tarzida ikki guruhga ajratib, daftaringizga yozib chiqing.
2. Ajratilgan sodda gaplar orasidan uyushiq bo’lakli gaplarni topib, ularni alohida yozib chiqing.
3. Uyushiq bo’lakli har bir gapni qaysi bo’laklar uyushganiga qarab tahlil qiling va tagiga tegishli chiziqlar bilan belgilang.
4. Umumlashtiruvchi birliklarni topib, ustiga so’z turkumini yozib qo’ying.
5. Uyushiq bo’lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlarini bayon qiling.
6. Har bir gapni gap bo’laklari bo’yicha tahlil qiling.
33-mashq
Ba’zi tarixchilar bizni Chingizxonning avlodi, hatto, Amur Temurda ham Chingiz qoni bor, u mo’g’ul qavmidan, demoqchi bo’ladi. O’ylab ko’raylik, Amur Temur bobomiz qaysi millatga mansub?
Yana sovet davri kitoblarida Amur Temur askarlari Moskva atrofiga etib borgani xususida «mo’g’ul-tatar qo’shinlari Moskvani qamal qildilar», deb yozishgan. Holbuki, Sohibqironning askarlari To’xtamishxonni tor-mor qilib, Rusiyani mo’g’ul istilosidan ozod etgandan keyingina Moskva atrofida paydo bo’lgan. Afsuski, bu haqiqat Rossiya matbuotida 1955 yildagina yozildi. Bizning tarixchilarimizning zaifligi shu darajadaki, shu paytgacha birontasi chiqib, yo’q, tarixiy haqiqat bunday, deb aytmagan. Yo’qsa, Amir Temur qayoqdayu, mo’g’ullar qayyoqda! qani bu erda fidoyilik, vatanparvarlik? Qani milliy g’urur, milliy iftixor?!
Demoqchimanki, har bir xalq o’z tarixini har xil ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerak. Beparvo bo’lsangiz, turli soxta homiylar, kuchlar borki, ular tarixni buzib ko’rsatadigan kitoblarni chiqaraveradi. Hatto chet elda ham chiqarishi mumkin.
Dunyoda do’st bor ekan, g’animlar ham bo’ladi. Birgina misol. Biz 1996 yili Sohibqiron Amir Temur bobomizning 660 yillik to’yini o’tkazdik. Shuni ham turlicha talqin qilgan kishilar bo’ldi.
Avvalambor, biz biror ajdodimizning to’yini o’tkazsak, bunga uning millatimiz ravnaqi uchun qilgan ishlari, tariximizda tutgan o’rni sabab bo’ladi. Shu nuqtai nazardan yondoshsak, Amir Temur kim edi? U, birinchi navbatda ulug’ bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalarni, Shahrisabzdagi yodgorliklarni Kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Amur Temur va uning avlodlari zamonida Afg’oniston, Eron, Hindiston hududlarida amalga oshirilgan obodonchilik, me’morchilik ishlarini aytmaysizmi? Kim «Kuch - adolatdadir» degan olamshumul, teran hikmatni o’z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?
Yaqin-yaqingacha davlat boshqaruvi san’ati haqida so’z ketsa, ko’pchilik gapni yo markchi-leninchilarning davlat haqidagi soxta nazariyasi, yo bo’lmasa XVI asrda yashagan Makiavelli qarashlaridan boshlardi. Qo’yib bersangiz, bu eski odatni bugun ham davom ettirishadi. Davlat, saltanat, jamiyat boshqaruviga oid mumtoz asar – «Temur tuziklari»ni yozgan kim? Umuman, kishilik tarixida ana shunday yo’nalishda asar bitib qoldirgan boshqa hukmdor bormi o’zi?
Endi Chingizxon shaxsini shu mezonga solib ko’raylik. Undan vayron etilgan shaharu qishloqlardan bo’lak qanday iz qoldi? Shunday ekan, biz o’zimizni Chingizxon vorislarimiz, deb o’tirsak, o’taketgan be’manilik bo’lmaydimi?
Islom Karimov. Adolatli jamiyat sari. T., «O’zbekiston», 1998. 53-54 b.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish