Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet428/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

19-amaliy mashg’ulot
Mavzu: So’z-gap va uning turlari.
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Darsning maqsadi: talabalarda so’z-gaplar va ularning turlarini ajratish ko’nimasini hosil qilish.


Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashq, matn, gaplarni: a) sodda gaplar; v) qo’shma gaplar tarzida ikki guruhga ajratib, daftaringizga yozing.
2. Ajratilgan sodda gaplar orasidan bo’laklarga ajraladigan va bo’laklarga ajralmaydigan gaplarni topib, ularni alohida yozib chiqing.
3. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplarni ma’nosiga ko’ra tahlil qilib, turlarga ajrating.
4. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplarga bir bosh bo’lakli gap bilan qiyoslab, baho bering.
5.Har bir sodda gapni gap bo’laklari bo’yicha tahlil qiling.
45- mashq.
Cho’lpon ham boshqa ko’pgina iste’dod sohiblari kabi sovet hokimiyati yillarida to’rga ilingan baliqday hukmron mafkura domiga ilinib, undan qutilish ilinjida tahlikada tipirchilab yashashga majbur bo’lgan. Ayniqsa, bolsheveklar tuzumi murvatlarini qattiqroq burganda, tizginlar qattiq tortilganda cho’lponlar ham omon qolmoq uchun uchun zamona zayliga qarab ish yuritishga majbur bo’lgan. Agar 20-yillarning boshlarida adabiyot va san’at sohasida nisbatan jinday erkinlik mavjud bo’lgan bo’lsa, hali adabiyotda bir-biridan farq qiluvchi oqimlar yashayotgan va ular bir-biridan farq qiluvchi g’oyalarni olg’a surayotgan bo’lsa, 20-yillarning ikkinchi yarmida jinday-jinday toza havo kirib turgan teshiklar batamom yopib tashlandi. Ayniqsa, RKP(b) Markaziy Komitetning 1925 yil 18 iyun qaroridan keyin «proletar adabiyotning gegamonligi» uchun kurash juda qizg’in tus oldi. Buning oqibatida ijodda har qanday erkinlikka chek qo’yildi. Yangi paydo bo’lgan RAPP tashkiloti ham o’zining vulgar sotsiologik qarashlari bilan hukmron mafkuraning tegirmoniga suv quydi. «Mafkuraviy sog’lomlik uchun», «Yot mafkuralarga qarshi kurash» shiori ostida adabiyotdagi va san’atdagi har bir mustaqil kuch, har bir yilt etgan iste’dod egasi shavqatsiz tazyiq ostiga olina boshladi. Bunga bo’y bermagan, bo’lar-bo’lmas rivoyatlarni, yolg’on-yashiq afsonalarni qabul qilmagan adabiyotchilar boshi ustida esa hech mubolag’asiz o’lim xafi qanot yoza boshladi. Hukmroni mafkura o’z aqidalarini NKVD-yu, GPUlar orqali zo’rlik bilan, qurol kuchi bilan o’tkaza boshladi. Bunday sharoitda har qanday ijodkor ham tabiiy ravishda jonini saqlab qolish yo’llarini qidira boshlaydi. Ba’zilar ko’proq, ba’zilar kamroq darajada zamonasozlik yo’liga o’tadi. Shular qatorida Cho’lpon ham bor edi. Ho’sh, buning uchun Cho’lponni qoralash mumkinmi? Nega u mardona ravishda o’zini o’qqa tutib bermadi? – deya unga tana qilish mumkinmi? Menimcha, yo’q. Chunki o’z-o’zini saqlash instinkti – insoniyat tabiatida, qonida, shuurining allaqaysi pinhona puchmoqlarida bor. Har qanday odam ham xatarga, o’lim xafiga duch kelganda, hatto istamasa ham, himoyalanish, o’zini asrash yo’liga o’tadi. Ijodkor odam ham bundan mustasno emas, buni o’z e’tiqodidan chekinish deb qarash kerak emas.
Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti.T., «Sharq», 2004.
46-mashq
Ko’rib turibman. Vujudingda g’alayon – birovni yoqtirib qolding. Ammo, o’g’lonim, so’zimni yaxshilab tingla: butun tuyg’ularingni ichingga dimlab, rangingni o’zgartirmay, ko’zingni o’sha tomonga alanglatmay tur. Uch kun, bir hafta sabr qil. Yana qattiq chida-da, bir oyni o’tqazib ol! Insonchilikda ehtiros bamisli olovga o’xshaydi. Avval gur-r etib yonadi, bora-bora pasayadi. qolaversa, har bir kun hakam, sarani saraga puchakni puchakka ajratib beradi. Ehtiros bo’roni tinchigach, tafakkuring bilan obdon maslahat qil. O’sha yoqtirganingni har xil vaziyatlarda kuzat, boshqalarga solishtir. Yodingda qolsinki, yoqtirish sanoqsiz bo’lishi mumkin. O’n beshingda birov, o’n oltingda boshqasi, o’n ettingda yana bittasi yuragingga g’ulu solsa, o’zingni betayinlikda ayblama. Chunki bu hali muhabbat emas, bu yoqtirish xolos. Dilingda bunaqa yoqtirishdan yigirmatasi kechsa ham mayli, ayb emas, ammo hargiz tilingga chiqarma! Ohoringni to’kma! O’n sakkiz yoshgacha og’zingni mahkam yumib etib olsang bo’ldi, u yog’iga o’zingni boshqaradigan bo’lib qolasan! Ko’ngli tusaganki kishi bilan qo’l ushlashib ketaverish bu NAFSdir. Nafs bor joyda muhabbat bo’lmas! Shaytonning gapi bilan nafsga ruju qo’yib, jannatdan quvilgan Odam Ato qismatini hamisha yodingda tut. Navoiy hazrati aytadilar:
Beshta sherni gar zabun qilsang shijoatdan emas,
Nafs itin etsang zabun olamda yo’q senday shujo.
Beshta sher hamlasi nima bo’pti, uni engish hech gap emas, ammo nafs iti eng qo’rqinchli va ziyonliroqdir, sen o’shani enga ol! Shundagina shijoatli sanalasan, deydi shoir.

T.Sodiqova. O’g’lim, senga aytaman. Qizlarga atalgan so’zlar. T., «Cho’lpon», 2002





Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish