23-mashq.
So’z-gaplarning ma’no turlariga 5 ta gap tuzib, daftaringizga ko’chiring,ularning bosh bo’laklari qanday ifodalanganini ko’rsating.
24-mashq.
Quyidagi gaplarning kesimini topib tagiga chizing. Ustiga ifodalanishini yozib qo’ying. Suluv suluv emas, sevgan suluv. O’qigan o’qdan o’zar. Do’stning eskisi, do’ppining yangisi yaxshi.
10-amaliy mashg’ulot
Ikkinchi darajali bo’laklar va ularning ifodalanishi
Ajratilgan vaqt – 4 soat
Darsning maqsadi: talabalarning ikkinchi darajali bo’laklar to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularni har qanday matndan ajrata olish ko’nikmasini hosil qilish.
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan gaplardagi ikkinchi darajali bo’laklarni topib, turlarga ajratgan holda, stun shaklida (daftarning har bir yo’liga bittadan) daftaringizga qayd eting.
2. Topilgan ikkinchi darajali bo’laklar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini aniqlab, yoniga yozib chiqing.
3. Ularni tuzilishiga ko’ra tahlil qilib, sodda va murakkab(birikmali) tarzida iki guruhga ajratib, yozib chiqing.
4. Bir xil grammatik shaklga ega bo’lgan to’ldiruvchi va hollarni topib, alohida qayd qiling, farqlarini yozib ko’rsating.
25-mashq.
Inson hatti-harakatlarining qaysi biri foydali, qaysi biri zararli ekanligi o’ziga ravshan bo’lmaguncha, kuzatadi va foydaliligini tanlab olib o’zlashtiradi, zararlilarini rad etib, ulardan o’zini olib qochadi. (Abu Nasr Forobiy) Jahon tijorat ahli birlan oboddir. (A.Temur) Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar.(Hadis) Vijdon- yaxshi xulqlarning manbai.(A.Avloniy) Hunar va ilm–insonning bezagidir.(«Qobusnoma» dan) Insonning qiymati emas siymu zar, insonning qiymati ilm ila hunar.(A.Bedil) Amalsiz olim-yomg’irsiz bulut(Arab maqoli) Vatan o’g’limizni o’z xizmatiga loyiq topibdi. Borsin. Hunar o’rganadi, mehnatda pishadi, tengdoshlari oldida yuzi yorug’ bo’ladi.(Oilaviy suhbatdan)
26-mashq
Men san’atshunos emasman, buning ustiga, ulkan san’atkorimiz Halima Nosirova haqida mutaxassislar shu qadar ko’p yozganlarki, ulardan o’tkazib biror narsa deyish ham qiyin. Shunday bo’lsa-da, ikki holat meni bu andishani bir chekkaga surib turishga majbur etdi. Keksa yozuvchimiz, madaniyatimizning ajoyib jonkuyari Komil Yashin bilan do’st bo’lganim uchun bu xonadonga ko’p yillardan buyon borib-kelib turaman, uning bir a’zosidek bo’lib qolganman.
Halima opa uyda doim orasta kiyinib yuradi va avval kuni yoki o’tgan hafta kelgan odamni ham xuddi bir-ikki yil ko’rmagan aziz kishisidek kutib oladi, kuzatayotganda uzoqdan-uzoq duo qiladi. Avval – taom, keyin – kalom, degan qoida bu oila uchun qat’iy taomil. O’tirish avvalida asosan Halima opa bilan suhbat bo’ladi, keyin u kishi « Bo’ldi, endi sizlar ishlanglar, men boray», deb bizni holi qoldirib ijodxonasiga kirib ketadi, u erda she’rmi, pesami, nasriy asarmi-nimadir qoralaydi, ammo hech kimga ko’rsatmaydi, garchand ko’zlari xira tortib qolgan bo’lsa ham, yirik – yirik harflar bilan faqat o’zi yozadi. (S.Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |