Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Undov belgisi va uning qo’llanish o’rinlari



Download 4,68 Mb.
bet507/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Undov belgisi va uning qo’llanish o’rinlari.
Undov belgisi gap oxirida qo’llanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov belgisi o’z strukturasiga ko’ra, ikki elementli tinish belgisi.
Undov belgisi badiiy asarlarda (ayniqsa, poeziya, lirik asarlarda) ko’p qo’llanadi: yozma nuqtadagi turli tuyg’ular, xolatlar, emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisi roli katta. Shuning uchun bo’lsa kerak, lirik shoir Uyg’unning asarlarida undov belgisi boshqa shoir va yozuvchilarning asarlariga nisbatan ko’p qo’llangan.
Hozirgi o’zbek tilida undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qo’sha (birlikda)qo’llanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir o’rinda uch martagacha takroriy qo’llana oladi. Masalan:
Seni unitolmas yuragim aslo,
Ey, O’rta Osiyo, O’rta Osiyo!!! (H.O.)
Undov belgisi boshqa tinish belgilari bilan (vergul va ikki nuqtadan tashqari) birlikda ham qo’llanadi.
Undov belgisi undov va buyruq gaplar oxirida qo’yiladi. Bunda bu mazkur gapning emotsional yoki qat’iy buyruq ma’nosiga ega ekanligini, tugallanganligini boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini ko’rsatadi. Bunday gaplarda to’lqinli intonatsiya bilan aytiladi.
Undov belgisi o’zbek tiliga rus tili orqali o’tgan. U, o’zbekcha yozuvlarda XX asr boshidan boshlab mumtazam ravishda ishlatilgan. «Turkiston viloyatining gazeti»da 1901 yildan qo’llana boshlagan. Prof. A.N.Gvozdyov «Undov belgisi lotincha lo (Lo) undov so’zidan kelib chiqqan» deb ko’rsatadi; latincha L harfining nuqta bilan qo’shiluvi asosida undov belgisi xosil bo’lgan: l q !
Hozirgi o’zbek adabiy tilida undov belgisining qo’llanish doirasi funktsiyasi kengayib bormoqda. Badiiy adabiy, ilmiy-publitsistik asarlar, gazeta va jurnallarda undov belgisi xilma-xil maqsadlarda qo’llangan va u ishlatilgan gaplar ham semantik, ham struktura, ham sintaktik jihatdan rang – barang. Undov belgisining, faqat undov gaplardagina emas, vokativ, ba’zi nominativ va so’roq gap tiplarda ham qo’llanishi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida undov belgisining qo’llanishi quyidagicha:
1.Undov gaplar oxiriga qo’yiladi. Bunday gaplar emotsionallikni anglatib, kuchli ko’tariluvchan, to’lqinli intonatsiya bilan aytiladi va ular leksik-grammatik, intonatsion va struktura jihatdan turlicha bo’lishi mumkin: Oltinsoy ajoyib go’zal qishloq! (Sh.R.) Bu iflosni otgan men bo’laman! (Ya) Sening xotiraningni unutmas aslo, mening yuraklarim, O’rta Osiyo ! (H.O.)

  1. Undash gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: a) muomala munasabatni bilduruvchi undash gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ular oxiriga undov belgisi qo’yiladi.Misollar: Navoiy: O... Marhamat! Soz! Joymi? Salom, do’stlar! Majiddin: Salom, pokiza ustoz! (Uyg’un va I. Sultonov) b) kuchli emotsionallikka ega bo’lgan tasdiq yoki inkorni bildiruvchi undash gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Ha! Xo’p! Yo’q! V) xitob, tashviqni bildiruvchi undash gaplar emotsionallik va kuchli undov intonatsiyasi bilan aytilsa, ular oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Chux! Tss! kabi; g) ko’rsatish, hayajon bildiruvchi undash gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Ana! Ma! Bu-chi! kabi

  2. Nominativ gaplar undov intonatsiyasi bilan aytilsa va emotsionallik ifodalasa, ular oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Urush! Dunyo! Mustamlaka! (H.O.) Topgan so’zi: Oh, falak! (G’.G’.) Signal! «Toshk.haq»

  3. Kesimi –moq, -sh(-ish) affiksli harakat nomi bilan ifodalangan infinitiv gaplar emotsionallikka ega bo’lib, undov intonatsiyasi bilan aytilsa, ular oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Bunday infinitiv gaplarning kesimi «harakat nomi - kerak (lozim, darkor, zarur)» tipida ham bo’lishi mumkin: Paxta planini tez kunda bajarish kerak!

  4. So’roq gap strukturasidagi ayrim gaplar, ayniqsa, ritorik so’roq gaplar undov intonatsiyasi bilan aytilib, emotsionallikka ega bo’lsa, undov belgisi qo’yiladi. Bunda: a)so’roqni bildiruvchi -mi yuklamasi bo’lishi mumkin. Bunday gaplarda umumiy mazmun tasdiqni bildiradi; b) so’roq olmoshlari bo’ladi: qanday, qancha, qanaqa, kim, nima, qani kabi. Bular so’roq ma’nosini emas, balki emotsional (sevinch, rag’batlanish, kesatiq kabi) ma’nolarni anglatadi. Masalan: qutlaymiz yangi yil, yangi baxt bilan, Do’stlar qadahlarni ko’taring, qani! (U.) Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.)

  5. Kesimi shart, istak mayli formasidagi ayrim gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: qo’shiq aytgim keldi sening to’yingda, qanday qilay, sevinch sayratsa tilni! qanday qilay, do’stim, baxt taronasi, Bahor tuyg’ulari yayratsa dilni! (U.) Sening to’ying, do’stim, hamamizni ham Yangi ijodlarga etsin safarbar! (U.)

  6. Buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: 1. Do’stim, senga takror, takror aytaman: Bilakni shimarib ishga tush, ishga! (U.) 2. qahramonim, arslonim, mehribonim, bo’l omon! (H.O.)


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish