Nuqtali vergulning ishlatilish o’rinlari
Nuqtali vergul ustma – ust joylashgan nuqta va verguldan iborat tinish belgisidir:(;). Murakkab tarkibli bu tinish belgisining ishlatilish o’rinlari ham biroz murakkabdir, chunki bu belgi to’liq tugallanganlikni ham anglatmaydi, shuningdek, bir tipdagi qisqa to’xtamni ham bildirmaydi. Bu belgi orasidagi to’xtam verguldagidan farq qiladi. Chunki ular verguldan farqli o’laroq ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan bir necha masalalar orasidagi munosabatni bildirishga xizmat qiladi. Shuning uchun u quyidagi holatlarda qo’yiladi:
tarkibi murakkab gap bo’laklari orasiga;
Qo’shma gaplarning mazmunan bir-biriga yaqin bo’lgan qismlari orasiga;
raqamlash bilan sanalgan parchalar orasiga. So’nggi holning ish ko’rish jarayoni quyidagicha:
Bir sarlavha ostida yoki bir munosabat bilan bayon etilayotgan masalalarni bildiradigan raqamlangan yoki boshqa usulda tartiblangan gaplar, agar ularda mazmuniy bog’liqlik sezilsa yoki ular tugallanmagan fikrni anglatsa, bunday paytda ularning oxiriga nuqtali vergul qo’yiladi: numerativni ko’rsatuvchi son yoki harflar esa yarim qavsga olingan bo’ladi. Masalan: Hozirgacha ergash gaplarning quyidagi turlari aniqlangan:1) ega ergash gap;2)kesim ergash gap;3)aniqlovchi ergash gap;4) to’ldiruvchi ergash gap; 5) ravish ergash gap; 5) daraja-miqdor ergash gap; 6)chog’ishtirish-o’xshatish ergash gap; 7)o’rin ergash gap; 8)payt ergash gap;9) sabab ergash gap;10) maqsad ergash gap; 11) shart ergash gap; 12) to’siqsiz ergash gap;13) natija ergash gap. Bunday sintaktik qurilmaning oxiriga nuqta qo’yiladi. Nuqtali verguldan keyin, agar qurilma gap bo’lmasa, navbatdagi tashkil etuvchi kichik harf bilan yoziladi.
Ikki nuqta va uning ishlatilishi. Ikki nuqta (:) ustma – ust qo’yiladigan ikkita nuqta bilan ifodalanadigan tinish belgisi bo’lib, asosan, quyidagi hollarda qo’yiladi:
1 ) uyushiq bo’laklar oldidan qo’llangan umumlashtiruvchi bo’lakdan so’ng: Suv ochish tantanasiga qorabuloqning butun aholisi: chollar, xotinlar, bolalar chiqishdi.(M.Ismoiliy);2) bog’lovchisiz Qo’shma gap tarkibidagi gaplarni ajratishni ko’rsatish uchun: Yakun qildim: ko’z yoshlariga ikki bois bor ekan asli.(Uyg’un);3)ko’chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin: Halqimizning sevimli adibasi, suyukli momomiz Tursunoy Sodiqova bir chiqishida ba’zi betgachopar kelinlarga qarata shunday deganlar: «… Hay kelinchak shu kojliging bo’lsa, senga gap uqdirishning iloji yo’q!»
Do'stlaringiz bilan baham: |