Muhokama uchun savollar
4.1.1.Hozirgi o’zbek adabiy tilida nechta tinish belgisi ishlatiladi?
4.2.1.Hozirgi o’zbek adabiy tilida tinish belgilari qanday me’zonlarga ko’ra ishlatiladi?
4.2.2. Tinish belgilarining ishlatilish usullari deganda nimani tushunishimiz kerak?
4.3.1.Tinish belgilarining ishlatilish usullari bilan ularni ishlatish printsiplari o’rtasida qanday farqlar bor?
4.3.2. Hozirgi kun matbuoti tilida tinish belgilarini ishlatishda qanday hatolarga yo’l qo’yilmoqda, buning sabablari nimada?
10-mavzu: Tinish belgilarini ishlatilish usullari va o’rinlari
AJRATILGAN VAqT : 4 soat
Reja:
1.O’zbek tilida tinish belgilarini ishlatish usullari.
2.Nuqta va vergulning ishlatilish o’rinlari..
3.So’roq va undov belgilarining ishlatilish o’rinlari.
4.. Tire va nuqtali vergul, ikki nuqtaning ishlatilish o’rinlari.
5. Ko’p nuqta, qavs va qo’shtirnoqning ishlatilish o’rinlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar
Nuqta, vergul, nuqtali vergul, so’roq belgisi, undov belgisi, tire, ikki nuqta, ko’p nuqta, qavs, qo’shtirnoq, yakka ishlatish, qo’sha ishlatish.
1-masala bayoni
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilarining qo’llanish usuli, o’rni, funktsiyasi turlichadir. Masalan, nuqta ko’proq gap oxirida qo’llanib, fikrning tugallanganligini bildirsa, vergul har doim gap ichida qo’llanib, turli semantik-sintaktik funktsiyalarni bajaradi: gap va gap qismlarini birikish, ayrirish va chegaralash uchun xizmat qiladi.Masalan:Ingichka,a mm o d a r o z, cho’tirnamo tarozibon kuldi.(O.) Bahor keldi, gullar ochildi. Vergul birinchi misolda ma’lum bo’lakni ayirish, ajratish; ikkinchi misolda esa Qo’shma gap qismlarini biriktirish (bog’lash)vazifasini bajargan. Chunki bunda gaplar o’zaro biriktirish intonatsiyasi asosida munosabatga kirishgan va bu holat yozuvda vergul bilan ko’rsatilgan.
O’zbek tilida tinish belgilari ikki xil usulda ishlatiladi.a)yakka xolda,b)qo’sha xolda.
Tinish belgilarini yakka holda ishlatish keng tarqalgan. Chunki har bir tinish belgisi o’z vazifasiga egadir.
Tinish belgilarini qo’sha qo’llaganda ham ma’lum maqsadlar ko’zda tutiladi. O’zbek nutqida ko’proq undov, undov va so’roqning qo’sha ishlatilishi kuzatiladi. Lekin ba’zan vergul va tirelar ham qo’sh vergul, qo’sh tire tarzida takror (qo’sha, birgalikda) ishlatiladi. Vergul va tirelarning qo’sha qo’llanishi alohida xususiyatga ega:
1. Gap o’rtasida kelgan kirish so’zlar, kirish so’z birikmalari qo’sh vergul bilan ajratiladi: Bu, bir t o m o n d a n, t o’ g’ r i f i k r k u – ya, ammo qora donalarda o’ynab turib, yutuqni mo’ljalga olish uchun bundan yaxshiroq debyutni topish ham qiyin-da!!
1.Gap o’rtasida kelgan undalmalar qo’sh vergul bilan ajratiladi: Guvoh bo’ling, o’ r t o q l a r, shu – mening o’g’lim bo’ladi. (G’.G’.)
2.Bosh gapning o’rtasida kelgan ergash gaplar qo’sh vergul bilan ajratiladi: Yo’lchi shu choq, q a n ch a a q ch a s i b o’ l s a h a m, berishga tayyor edi. (O.)
3.Gap o’rtasida kelgan va turli xil modal munosabatlarni ifodalagan ha, yo’q, qani, xo’sh, xo’p kabi so’zlar va undovlar qo’sh vergul bilan ajratiladi: qani, x o’ sh, xizmat? – dedi hayajonini bosishga urinib.
4.Gap o’rtasida kelgan ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklar qo’sh vergul bilan ajratiladi. Agar ajratish, ta’kid juda kuchli bo’lsa, bunday vaqtlarda qo’sh vergul o’rnida qo’sh tire ishlatiladi: «Oqlon» shaharchasi, s o b i q K o’ k ch a d a r v o z a s i d a, ular mashinadan tushishdi. (O.)
Tutilib, shoshilib, hovliqib tillar
Parashyutchi qizni – B a sh o r n i – so’zlar. (U.)
5.Ko’chirma (o’zga) gapning o’rtasida kelgan avtor gapi ham qo’sha vergul, ham qo’sh tire bilan ajratiladi: «Biz, - d e d i jamha r a i s i,- paxta planini ortig’i bilan bajaramiz».
Bunday vaqtlarda ba’zan (ko’proq gazetalarda) qo’sh vergulning o’zi ishlatiladi: Vazifa, t a ‘ k i d l a d i d o k l a d ch i, g’o’za parvarishini o’z vaqtida sifatli o’tkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |