Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Differentsiatsiya prinsipi



Download 4,68 Mb.
bet501/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

3.Differentsiatsiya prinsipi. Bu printsipga ko’ra, tinish belgilari yozuv texnikasi (formasi)ni farqlash, tinish belgilarining qo’sha qo’llanishidagi tartib va sistemani belgilash, gapdagi murakkab mazmunni konkretlashtirish uchun qo’llanadi. Shuningdek, tinish belgilarining o’z shaklini o’zgartgan holda qo’llanishi ham shu printsipga asoslanadi.
Ba’zan jumla boshida yoki oxirida ikki qo’shtirnoqning parallel (barobar) ishlatilishi zarur bo’lib qoladi va bu ikki tinish belgisi ham barobar ishlatiladi. Bunday holatlarda ulardan biri (yonma-yon turgan ikki qo’shtirnoqdan birinchisi) boshqacha shaklda ishlatiladi: « “Qutlug’ qon”romani Oybekning birinchi yirik prozaik asaridir», - dedi o’qituvchi. Bu misolda birinchi qo’shtirnoq «burchak» shaklida qo’llanib, ko’chirma nutqning boshlanish va tugallanish chegarasini aniq belgilash uchun ishlatilgan; ikkinchi qo’shtirnoq esa, odatdagidek qo’llanib, asarning nomini chegaralab ko’rsatgan.
Agar ikki qavsning birgalikda ishlatilishi lozim bo’lsa, ularning birinchisi katta qavs (kvadrat qavs) shaklida, ikkinchisi esa odatdagidek (kichik qavs) shaklida ishlatiladi: Ikki komanda («Paxtakor» (Toshkent) – «qayrat» (Olma–ota) o’rtasidagi uchrashuv maydon egalarining g’alabasi bilan tugadi. qavsning ikki xil shaklda ishlatilishi tasodifiy hodisa emas; bu bilan yozma nutqning stilistik ravonligi, o’zaro aloqador qismlarning chegarasi, sintaktik munosabatlari aniq ko’rsatiladi.
Ilmiy stilda, jumla ichida so’zlarni qisqartirishda, tsitatalarning manbaini ko’rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko’rsatishda tinish belgilari differentsiatsiya printsipiga asosan ishlatiladi. Masalan: Toshkent – 1965 yoki T., 1965; «Fan» nashriyoti, Toshkent – 1966 yoki «Fan» nashr., T.,1966. Misollardan ko’rinadiki, so’zlar qisqartirilmaganda faqat tire ishlatilsa, ular qisqartirilganda tirening o’rniga ikki tinish belgisi – nuqta va vergul qo’yiladi. Demak, tinish belgilarining yozuv formalariga bog’liq holda odatdagidan farqli ishlatilishi differentsiatsiya printsipi asosida yuz beradi.
Demak, hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari uch printsip – logik-grammatik, stilistik va differentsiatsiya printsiplari asosida qo’yiladi. Bulardan logik-grammatik printsip etakchi bo’lib, keyingi ikki printsip shunga asoslanadi.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish