Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet504/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
4.3.1.Tinish belgilarining ishlatilish usullari va o’rinlari masalasining aloqadorligi va farqlari.
4.3.2. Tinish belgilarining turlari va ularni ishlatish o’rinlari munosabati.
2-masala:Nuqta va vergul, ularning ishlatilish
o’rinlari.
Nuqta – eng qadimgi va eng ko’p qo’llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta yozuv belgisi sifatida arabcha tekstda Abdul Malik halifaligi (hijriy I asr) davridan qo’llana boshlagan. Lekin qadimgi yozuvlardagi nuqta tom ma’nodagi tinish belgisi sifatida emas, umuman, yozuv belgisi sifatida qo’llangan va turli funktsiyalarni bajarib, turli xil maqsadlarda ishlatilgan. Keyinchalik, XIX asrning II yarmidan boshlab, tinish belgisi sifatida ishlatilgan. Nuqtaning asosiy funktsiyasi habar ma’nosini anglatuvchi muayyan bir fikrning (gapning) tugallanganligini ko’rsatishdir. Bundan tashqari, nuqta shu gapda faktni, hodisani konstatatsiya qiluvchi ma’no borligini ham anglatadi; bu jihatdan u ma’noni farqlovchi vosita hamdir.
Nuqta gap oxirida qo’llanadi. Uning qo’llanishi logik-grammatik prinsipga asoslanadi.
Ba’zan nuqta shartli qisqartmalardan so’ng ham ishlatiladi. Bunda stilistik yoki differentsiatsiya printsiplariga asoslaniladi. Nuqtaning shartli qisqartmalardan so’ng qo’llanishi uning qo’shimcha (yordamchi) funktsiyasidir. qiyoslang: Alisher Navoiy – ulug’ shoir! A.Navoiy – ulug’ shoir ! Ikkinchi gapda Alisher so’zidan so’ng nuqtaning qo’yilishi individual stil, yozuv uslubi (texnikasi) bilan bog’liq bo’lib, agar Alisher so’zi qisqartirilmaganda, ikkinchi gapda ham nuqtani ishlatishga ehtiyoj tug’ilmas edi.
Hozirgi o’zbek tilida nuqta quyidagi o’rinlarda ishlatiladi:
1. Darak gaplar oxiriga qo’yiladi. Ma’lumki, darak gaplarda habar ma’nosini ifodalanadi, voqea, hodisa ta’kidlanadi. Shuningdek, darak gaplardan iltimos, nasihat, orzu-istak kabi ma’no ottenkalari ham anglashiladi. Darak gaplar tinch ohang, pasayuvchi intonatsiya bilan aytiladi, intonatsiya, ayniqsa, oxirgi so’zda (bo’lakda) juda pasayadi. Bu «nuqta intonatsiyasi» deb yuritiladi.
Oxiriga nuqta qo’yiluvchi darak gaplar struktura jihatdan xilma-xil bo’lishi mumkin: sodda va Qo’shma, bir sostavli va ikki sostavli, to’liq va to’liqsiz gap kabi. Masalan:
qarang, shu kuni ertalabgacha qor yog’ib chiqdi.
-«Uzr so’rang qambardan». – «Ana endi tushundim».
-«Uzr so’ra, tushunsang». (Uyg’un)
Bayon et, ey ko’ngul, rozingni har dam,
Eshitsun ahli dillar bo’lsa hamdam. (Nozimaxonim)
Nuqtaning bir sostavli gaplarda (nominativ gaplarda) qo’llanishi xarakterlidir. Nominativ gaplar narsa va hodisalarning nomini (atamasini) bildirib, ko’proq ot turkumidagi so’zlar bilan ifodalanadi va shu so’z anglatgan ma’no mazkur nominativ gapning mazmuni hisoblanadi – mavjudlik ma’nosi tasdiq yo’li bilan beriladi. Nominativ gaplarda emotsional bo’yoq bo’lmaydi. (Agar bu gaplarda emotsionallik qo’shilsa, shunga xos intonatsiya bilan aytilsa, bu vaqtda ularning oxiriga nuqta emas, undov belgisi qo’yiladi.) Masalan:
Qor. Sovuq. Bo’ronning o’chmagan uni.
Ayozning zabtidan qaltirar daraxt. (U.)
2. Ba’zan buyruq gaplar oxiriga qo’yiladi. Bunday buyruq gaplar sof buyruq mazmunini anglatmay, buyruq bilan birga, emotsional ma’no ham ifodalaydi: buyruq - iltimos, buyruq - yalinish, buyruq - istak, buyruq - so’roq, buyruq - maslahat, buyruq - nasihat, buyruq - ogohlantirish, buyruq - da’vat etish(undash), buyruq - ruxsat (yoki taklif) kabi. Bunday gaplarning har biri o’ziga xos ohang va intonatsiya bilan aytiladi hamda o’z grammatik xususiyatlariga ega bo’ladi. Masalan, buyruq - istak ma’nosini ifodalovchi gaplarning kesimi ko’proq shart fe’li formasida bo’ladi: Tezroq, tezroq ko’zim ochilsa. (S.A.) («Ko’zim ochilsin» ma’nosida.) Mazkur gaplardagi intonatsiya, sintaktik holatlarni o’zgartirish orqali ham ulardagi ma’noni farqlash mumkin. qiyoslang: Menga so’z bering. (buyruq-iltimos ma’nosini) – Co’z bering menga! (buyruq-do’q) – Menga so’z bering! (buyruq - qat’iylik, qat’iy buyruq, kuchaygan buyruq.) Ba’zan bu ma’no ottenkalarining ifodalanishida ayrim grammatik ko’rsatkichlar (istak, shart mayli affikslari va ba’zi yuklamalar) muhim rol o’ynaydi. Masalan: Shunday yosh xotining umriga zomin bo’lganingdan keyin jabrini ham tortda. (G’.G’.)

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish