Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet237/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Adabiyotlar:

  1. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 256-290.

  2. U. Tursunov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1992.

  3. O’zbek tili grammatikasi. Toshkent, 1975, 307-331.

  4. Nurmonov A. va b. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. “XX1 asr avlodi”, T., 2001.

  5. Sayfullaeva R. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Morfologiya.T.,2005.

6-amaliy mashg’ulot
Olmosh va uning semantik-grammatik xususiyatlari.
Dars maqsadi: talabalarning olmosh turkumining semantik-grammatik tabiati haqidagi bilimlarini kengaytirish va nutqda qo`llash kunikmalarini takomillashtirish;


ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Olmosh va uning ot, sifat, son, ravish so`zlar urnida qo`llanishi aytib beriladi.

  2. Olmosh so`zlarning grammatik xususiyatlari gapirib beriladi.

  3. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra guruhlarga ajratiladi.

  4. Olmoshning ma'no turlari va olmoshlashish tushuntiriladi.

1-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
1.1.

  1. topshiriq. Matndagi olmoshlarni topib, ularning leksik-semantik xususiyati va morfologik belgilarini, qaysi so’z turkumi o’rnida kelganini tushuntirib bering.

  1. Vrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi.

  2. Mening xalqim o’z taqdirini boshqa do’st xalqlarning taqdiri bilan mahkam bog’lay oladi. (H. O.)

  3. Shu sahroda to’ng’ich o’g’il tug’ildi, unga Badiuzzamon deb nom berishdi.

(L. B.)

  1. Qo’rqoqni har qanday firibgar ham xo’rlaydi.

  2. Hech kimning havasi kelmagan odamning holiga voy. (Esxil)

  3. Hasadguy yo o’zi baxtsizlikka uchragani uchun yoki kimningdir omadi kelgani uchun xomush yuradi. (Bion)

  4. Qaerda qay kamchilik sezsa, uni yo’qotish uchun yo’l-yo’riq ko’rsatdi.(O.)

  5. Shunday xalq bilan qurilishda ishlash qanday yaxshi, qanday baxt!(O.)

  6. Menimcha, bu sarlavhada nimadir etishmaydi. (A.Q.)

  7. (G’ofir) Allaqanday gumonlar yuragimni yondirmoqda. (H.H.)

  1. topshiriq. Gaplarni ko’chiring. Ko’chirishda ot, sifat, son, ravish so’zlar o’rniga ma’no hamda uslub talab etgan olmoshni qo’ying hamda mazmuniy - uslubiy farqni aytib bering.

  1. Sadoqatli odam o’z xalqining zebu-ziynati sanaladi.

  2. Go’zal so’zlar hayotda ham o’zligini ko’rsatsa, ajoyib natijalarga erishmoq mumkin.

  3. Professorning ko’zlarida samimiy odamlarda bo’ladigan toza bir nur porlab ketdi. (O’.H.)

  4. Aqlli odam naqllab gapirar, aqlsiz odam laqillab gapirar. (Maqol)

  5. Farishtalar yaxshi so’zga ham, yomon so’zga ham omin, deyishadi.

1.2.
1-topshiriq. Olmoshlarning grammatik xususiyati qaysi javobda to’liqroq aks etgan?
A. Olmoshlar predmet, belgi va miqdor ma’nolarini to’g’ridan - to’g’ri emas, balki boshqa predmet, belgi yoki miqdor tushunchalari bilan bog’lagan holda ifodalaydi.
V. Olmoshlar mustaqil ma’noli so’zlar o’rnida qo’llanib, ular singari predmet, belgi yoki miqdor bildirmaydigan so’zlardir.
S. Mustaqil so’zlar kabi shaxs, predmet, belgi yoki miqdorni bevosita bildirmay, ot, sifat, son, qisman ravish o’rnida almashinib qo’llanib, turli yo’llar bilan ularga ishora qiluvchi so’zlar turkumi olmosh sanaladi.
D. Ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub mustaqil so’zlar o’rnida qo’llanadigan so’zlar olmoshlardir.
2- topshiriq. Matnda kelgan olmoshlarning gapdagi vazifalarini aniqlang.

  1. Muhabbat shunday bir qudratli kuchki, kimning qalbiga yo’l topgan bo’lsa, uni ham o’z yo’liga boshlaydi. (S.Ahm.)

  2. Mening yuragimda cho’g’ yo’q. Hech kim o’t solmagan. (S.Ahm.)

  3. Tabiat allaqanday xidga to’lgan. (S.Ahm.)

  4. Skameykada o’tirgan xotin nimadir dedi. (S.Ahm.)

  5. Hu ana u lipaning tagida salqin bir skameyka bor. (P.Q.)

1.3.
1-topshiriq. Olmoshlarning gapda bajargan vazifasiga ko’ra turlarga ajratilishi qaysi javobda to’g’ri yoritilgan?
A. Ot, sifat, son, ravish xarakteridagi olmoshlar.
V. Ot, sifat, ravish xarakteridagi olmoshlar.
S. Ot, sifat, son xarakteridagi olmoshlar.
D. Ot, son, ravish xarakteridagi olmoshlar.
2-topshiriq. Olmoshlarni topib, gapdagi vazifasini aniqlang, ularning qaysi so’z o’rnida kelganini aytib bering.

  1. Shabboda qo’zg’aldi. U jonga orom berdi.

  2. Gerasim kuchukchasini juda yaxshi ko’rar edi, unga Mumu deb ot qo’ydi.

  3. Po’lat Kamolov botir yigit, uni hamma hurmat qiladi.

  4. O’tgan yig’ilishimizga 80 ota-ona kelgan edi, bu yig’ilishimizga ham shuncha keldi.

  5. Katta qurilishlar mamlakatimiz husniga husn qo’shmoqda, ular xalqimizning farovonligini yana ham oshiradi.


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish