Mustaqil ish:
1-topshiriq. «Alisher Navoiy» dramasidan olingan quyidagi gaplardagi fe’llarni aniqlab, ular qaysi mayl formasida qo’llanganligini, ularning yasalishi va ma’no xususiyatlarini belilang.
Qafasga tushmasin xalqim, elim der Vazir, olim, buyuk shoir Alisher.
Gulim, behudaga bezovta bo’lma, O’zingni qiynama, g’amlarga to’lma. Dadil bo’lsang, vahmning rangi so’lg’ay, Ishon odatda tushning aksi bo’lg’ay.
Ulug’ amir, otamni qutqaring! Tushuntir,qiynama! Anglat, bu ne hol!
Xalqqa bo’layotgan zulmlar kamaytirilsin. Buzuqi amaldorlar jazolansin!
Sizning qo’lingizda qalam qanday o’ynasa, bizning qo’limizda ham qilich shunday o’ynaydi.
Tashvish zo’r bo’lsa, uyqu qochadi.
Sen iblisni deb, Alisherdan voz kechaymi?
Tong bilan parvozga tayyorlan.
Qizishmang! Tabarruk qilichingizni bir iflosning qoni bilan harom qilmang!
Olib chiqing! Safar jabdug’ini hozirlang!
Bizga g’amxo’rlik qilgan shoir Navoiyning umri uzoq bo’lsin!
2-topshiriq.: a) buyruq-istak maylidagi fe’llarning hosil bo’lishini misollar bilan tushuntiring, b) shart va shartli mayldagi fe’llar ma’nosidagi farqni aytib bering, v) maqsad maylidagi fe’lning hosil bo’lishini aytib, taklif qilmoq fe’lidan maqsad mayli hosil qiling va uning bo’lishli, bo’lishsiz shaklini shaxs-son ko’rsatkichlari bilan tuslang.
6-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
6.1.
1-topshiriq. Fe’llarni toping va zamonlarini aniqlang.
1.Keng sahro bag’rida hayot qaynaydi. Turli markadagi yuk mashinalari, samosvallar u yoqdan bu yoqqa qatnamoqda. Sahroning har tomonida chiroqlar yiltillamoqda. Ulkan ishlar yangi yildan boshlanadi. Biz, binokorlar, ulkan ishlarning bazasini yaratayapmiz. Mirzacho’l oqshomi kirdi. Mirzacho’lni bog’-bo’stonga aylantirmaguncha, hech yoqqa ketmaymiz.(Gazetadan) 2. Paxlavon qaysarning qo’shiniga bir alp yigit o’zini urib borayotir. Buni ko’rib Oysuluv qaytmay, qilich solib borayotir. (E.J.) 3. Urishga borgan ekansiz … men ham borganman. (A.Q.)
2-topshiriq. Fe’llarni o’tgan, hozirgi, hozirgi-kelasi zamonga ajratib, ularning qaysi jihatdan bunday tasnif qilinishini tushuntiring.
Engur zulmatni nur, albatta shaksiz.(Uyg’un, I.Sulton.)
Kecha ko’rgan edim men bir yomon tush, U tushni eslasam, boshdan uchar hush.
Ariq qazmoqdamiz: cho’llarda ish ko’p, Rabotu madrasa, yo’llarda ish ko’p. (Uyg’. I.Sul.)
Oyqiz qo’riq va bo’z erlarga yaqinlashdi. (Sh.R.)
Muborak opam besh yil ichida ancha o’zgaribdi. (S.Z.)
O’qituvchilar bugungi va ertangi avlodlarimizni voyaga etkazyaptilar. (S.Ahm.)
Keng sahroda hayot qaynaydi.
Ulkan ishlar yangi yildan boshlanadi.
qo’shin qal’a tomon borayotir.
10. Yo’q, haqiqat bukilar, lekin sinmas. (H.H.)
6.2.
1-topshiriq. O’tgan zamon fe’llarini topib, ularning yasovchi qo’shimchalarini, ma’nolarini va har bir shaklning qanday atalishini aytib bering.
1. Oltinsoyliklar ommaviy chiqishga tayyorlanardilar.(Sh.R.)
Butun jonli va jonsiz tingladi jim, G’azaldin biz kabi zavq olmagan kim.
Aldanibmiz… Iblis o’z muddaosiga etibdi. (Uyg’un va I.Sulton)
Dala yo’lining ikki tomonidagi bog’lar tutash gullar bilan qoplangan. (O.)
Biz o’z Vatanimizni sevamiz, bu biz nafas olayotgan xavodir. (Sh.)
Butaboy katta erga etganda otdan tushdi.(S.Axm.)
Xamid Olimjonning sozi hech qachon tinmaydi. (X.G.)
Tanga qo’ldan-qo’lga o’taverib siyqa bo’lib ketgan ekan. (A.Q.)
Oysuluv va merganlar devlar bilan uchrashib, surishib yurar edi, Buni paxlavon qaysar ko’rib edi. (Ertakdan)
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko’p ertak eshitgandim, So’ylab berardi buvim. (H.O.)
Notiq o’tirdi. U o’tirganida yana asliga qaytdi. Xotin uning har bir so’zidan zavqlanar, kular edi. (A.Q.)
2-topshiriq. Matndagi o’tgan zamon fe’l formalarini aniqlang, gruppalab, ularning yasalishi va ma’no xususiyatlarini tushuntiring.
Suv
Hazili yo’q, sharsharadan tushgan Suv ilgari juda o’jar, bebosh, bezori ekan. Ayniqsa bahor kezlari mast bo’lib olib haddidan osharkan. Og’zidan oq ko’pik sochib, bosar-tusarini bilmay, yo’lida duch kelganni bosib-yanchib, urib-yiqitib, qulatib ketaverarkan. Unga na Sepoya polvonu na To’g’on polvon, na qorabuvra polvon bas kelarkan.
Donishmand boshqacha yo’l tutibdi. Bebosh Suvni maslahat bilan yo’lga solishibdi, uy-joyli qilib, ishga joylab, tinchitib qo’yishibdi. U hozir chirog’bonlik qilayotganmish. O’jarni urmay-so’kmay yo’lga sol, deganlari, darhaqiqat, behikmat emas ekan. (V.Ro’zimatov)
6.3.
1-topshiriq. Hozirgi zamon fe’llarini topib, zamon qo’shimchalarini aniqlang va ularning ma’nosi, qanday atalishini tushuntiring.
1. Dala yo’lining ikki tomonidagi g’o’zalar qiyg’os gullamoqda. 2. Biz Mirzacho’lni gullagan vodiyga aylantirmoqchimiz. 3. Havo ochiq. Maysalar oftobda yashnaydi. Chinor tepasidagi uyada laylak hali-hali bir oyoqlab qimirlamay turibdi.(S.Ahm.) 4. Javlon ota … nimalar to’g’risida o’ylayapti? Lablari sekin qimirlaydi, ohista shivirlaydi… qo’shiq aytyapti, qo’shiq! (Gazetadan) 5. Maktabning turmush bilan aloqasi borgan sari mustahkamlanayotir, o’qish va tarbiya ishlarining sifati yaxshilanayotir. (Gazetadan). 6. Saidaxon opamlar ham bizning qishloqqa ketishayotgan ekanlar. (A.Q.) 7. Mehmonlar to’da-to’da bo’lib kela boshladilar. (O.) 8. Faollar jamoat ishlarini yaxshi olib bormoqdalar.
2-topshiriq. Matndagi hozirgi zamon fe’llari yasovchi vositalarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlang.
Adir orasidan barkashdek oy ko’tarilmoqda.(S.Ahm.)
Biz yurtboshimiz chaqiriqlariga amal qilib yashayapmiz.
Xonada yolg’iz o’rinbosarning o’zi o’tiribdi. (Yo.Sh.)
Ulug’vor qurilishning hamma joyida ashula yangrayotir. (Sh.R.)
Ona tabiat uyg’onib, butun olam yashil libos kiymoqda.
Kirsam, Sayyora dekanimiz qarshisida turibdi.
3-topshiriq. Matndagi o’z ma’nosida va ko’chma ma’noda kelgan fe’l zamon shakllarini ajrating va tushuntirib bering.
Turdi XVIII asr oxirida yashagan talantli shoirdir.
U Subxonqulixon zulmiga qarshi ko’tariladi.
Turdi xonlar, beklar tomonidan oyoq-qo’llari bog’langan kambag’allarning holiga chiday olmaydi.
U xalqning og’ir, dahshatli hayoti uchun qayg’uradi.
Turdi qo’zg’olonchilarni Subxonquli hokimiyatini ag’darishga undaydi.
Turdi qo’zgolonchilar bilan Xo’jandga boradi.
7. Qo’zgolonda bevosita ishtirok etib, keyin o’sha erda yashadi.
6.4.
1-topshiriq. Hozirgi-kelasi zamon fe’llarini topib, ularning yasalishini va ma’nosini aniqlang.
Shu qarorga keldim: dalaga ketmoqchiman. (O.)
Dehqon hayotini o’rganarman, ehtimol, ularga zarra foyda keltirarman. (O.)
Men sizdan so’ramoqchi edim, xola. (As.M.)
Balki, yana butun she’rlarini keltirarman. (O.)
O’qituvchi bolalarni Burchmullaga olib bormoqchi. (H.N.)
Og’ir toshni suv eltmas. (Maqol)
Bolangni o’zim elkamga ko’taraman, o’zim katta qilaman…(H.H.)
Oltin o’tda, odam mehnatda bilinadi.(Maqol)
2-topshiriq. Hozirgi-kelasi zamon fe’llarining yasalishi va ma’nosini tushuntiring.
Abdullaev o’zi tavsiya qilib, endi hammasiga iqror bo’lgisi kelmaydi. (Sh.R.)
Qaqragan cho’llar tezda obod erlarga aylanajak!
Qobil telegrammani olgan bo’lsa, kechgacha etib kelar yoki javob qaytarar, kutaylik-chi.
Muqaddas vazifa etilur ado. (U.)
Sobir institutni bitirib, Mirzacho’lga bormoqchi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |