Mustaqil ish:
1-topshiriq. Zamonlari almashinib kelgan fe’llarni topib, ularning qaysi zamon o’rnida kelayotganini tushuntiring.
–Yuring, o’rtoq Odilov. Ketdik. Piyoda ketdik. (A.Q.)
Choyni ichib, maslahati bitib, odamlarga qarab, Go’ro’g’li bu so’zni aytib turibdi.
Bu so’zni Avazdan eshitib, yana kampir Avazga qarab bu so’zlarni so’zlab turgan ekan.
Boburning qalami, xuddi rassom qalami singari, … hayotni real tasvirlaydi. (H.O.)
5. Tilshunos olim Mahmud Koshg’ariy xalqning xotirasida saqlanib qolgan qo’shiqlar, afsonalar va maqollarni to’plab «Devonu lug’otit turk» kitobini yozadi.
7-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
7.1.
1-topshiriq. Fe’lning funktsional formalarini toping, ularni asosiy xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajrating.
1. Podshoning marhamatidan bahramand bo’lmoq, ajdarning og’zidan taom emoq bilan barobardir. 2.Sahar chog’i turib, shirin g’azaldin eshitmak odatim bo’lgan azaldin … 3. (Abulmalih) Dunyo to’g’risida qayg’uradiganlar xo’roz urushtirish, oltin qadahlarda may ichish bilan ovora. 4. Ko’zim chiqsun seni ko’rguncha mundoq, Kesilsin til seni so’rguncha mundoq. 5. Agar istar esa boshimni olsun,Tanamni burdalab, o’tlarga solsun. 6. San’at osmonida nur sochuvchi ulug’ yulduzga aslo zavol yo’q! (Uyg’un va I.Sulton.) 7. Bir necha qiz raqsga tushib ketdi. (O.) 8. Umrni qisqartiruvchi ta’sirlar orasida qo’rquv, qayg’u, umidsizlik, zerikish, tutqunlik, hasad, nafrat etakchi o’rinni egallaydi. (K.Gufeland) 9. Agar men senga o’xshash erkin qush bo’lsam, allaqachon go’zal Hirotga qarab uchar edim.
2-topshiriq. Matndagi harakat nomi, sifatdosh va ravishdoshlarni topib, ularning qanday affiks bilan yasalganligini guruhlarga ajrating va shu formaning ma’nosini aniqlang.
1. O’qish-tafakkur va aqliy kamolot manbalaridan biri. (V.A.Suxomlinskiy) 2. Yaxshi yozadigan mualliflarni o’qish bilan yaxshi so’zlashga o’rgatadilar.(F.Vol’ter) 3. Ishning o’zini bilguncha, ko’zini bil. (Maqol) 4. Kim buyuk maqsadga intilsa, u o’zini o’ylamasligi zarur. (I.S.Turgenev) 5. Kishi badantarbiya qilgani singari aql va xarakterini ham mashq orqali toblashi mumkin. (D.I.Pisarev) 6. Yaxshi kitob ko’tarib olgan odam hech qachon yolg’iz emas.(K.Goldoni) 7. Nodonlar davrasida o’tirgandan ko’ra kitobdan taskin topgan afzal.(P.Buast) 8. Odamni yo’lga soladigan va yo’ldan ozdiradigan kitoblar bor, shuning uchun kitob tanlay bilish nihoyatda muhimdir.
7.2.
1-topshiriq. Harakat nomlarini topib, hosil bo’lishini tushuntiring.
1. Sog’lom bo’lish uchun hamma joyda tozalikka rioya qilish, turli harakatli o’yinlar o’ynash, toza havoda yurish zarur. 2. O’qish va ishlash bilan birga, vaqtida dam olish ham kerak. 3. Botirlar qo’rquvni bilmaydilar. 4. Bizni ona yanglig’ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq – bu muqaddas burchdir. (M.Sholoxov) 5. O’zidan qoniqmaslik dono kishi hayotining zarur shartidir.(A.N.Tolstoy)
2-topshiriq. Harakat nomi formalarini topib, ularning otga va fe’lga xos xususiyatlarini ayting.
1. Til do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir. (Erazm Rotterdamskiy) 2. Kishi yaxshilik qilishga qodir ekan, qadr bilmaslar bilan to’qnashish unga xavf solmaydi. (F.Laroshfuko) 3. Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak, har qanday paysalga solishlik aqlga muvofiq emas va ko’pincha xavflidir. (M.Servantes) 4. Ketmon chopmoq – olmoq-solmoq; qo’sh haydamoq – bormoq-kelmoq.(Maqol) 5. Aytmagan joyga boruv yo’q, aytgan joydan qoluv yo’q. (Maqol)
3-topshiriq. -sh, -ish; -v, -uv; -moq, -maslik qo’shimchalari yordamida quyida berilgan fe’l asoslardan harakat nomlari yasang.
Sayla, so’ra, tut, surt, ishla, ata, silji, tani, o’qi, cho’qi, to’qi, tur, yur, so’zla.
4-topshiriq. Harakat nomlarida - sh, -ish qo’shimchasini - moq qo’shimchasi bilan almashtirib ko’ring va ma’nodagi o’zgarishni izohlang.
1. Sport bilan shug’ullanishning foydasi ko’p. 2. She’r yodlashning ahamiyati katta. 3. El orasida yaxshilik urug’ini sochishdan foydaliroq ish yo’q. (A.Q.) 4. Odamlarni hurmat qilish o’zini hurmat qilish demakdir.
7.3.
1-topshiriq. Berilgan fe’llarga: a) -gan, -kan, -qan; b) -adigan, -ydigan; v) -yotgan, -ayotgan qo’shimchalarini qo’shib, sifatdoshlar yasang, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sudramoq, etaklamoq, chiqmoq, qiziqmoq, hayiqmoq, bukmoq, zerikmoq, tirnamoq.
2-topshiriq. Quyidagi fe’llardan -r, -ar, -ajak qo’shimchalari vositasida sifatdoshlar yasang: kel, bor, yorit, qil, top; o’qi, yoz, ek, qo’rq, bahola, tayyorla, tur, kut, asra, davola, ko’r, bajar, kuyla, o’yna, o’yla.
3-topshiriq. Sifatdoshlarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan ko’chiring, qaysi zamonda kelganini aniqlang va tushuntiring (aytib bering).
Bir tomoni xonaqoh, uch tomoni katakcha-xujralar bilan o’ralgan madrasaning keng, tekis, chorburchak sahnidan kecha shovdirab o’tgan yomg’ir ko’zga ilinar-ilinmas bug’ bo’lib havoga ko’tarilmoqda edi. (O.)
Yuzni tikanlab o’tadigan izg’irinlar o’rniga endi badanga orom beruvchi, ruhni tebratuvchi shamollar izg’iydi… Pursillab qabargan sahro yashil jingalaklari bilan qoplandi. Bular ko’z oldingda go’yo daqiqa sayin o’sadi, shamolda to’lqinlanuvchi qalin maysalarga, o’tloqqa aylanadi.
4-topshiriq. O’qi, bajar, ol, yubor fe’llaridan avval majhul nisbatdagi o’tgan zamon sifatdoshi, so’ngra majhul nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiling va ular ishtirokida o’zingiz 4 ta gap tuzing.
5-topshiriq. O’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon sifatdoshlari qatnashgan 2 tadan, jami 6 ta gap tuzing va ulardagi zamon ma’nosini tushuntiring.
7.4.
1-topshiriq. Ravishdoshlarni topib, ularning ma’no xususiyati, yasalishi va gapdagi vazifasini ayting.
1. Vodokachka bitguncha, ariqlar tayyor bo’ldi. (A.Q.) 2. Naqqosh ketmasdan avval shoir eshikka chiqdi. (O.) 3. Yo’lchi ehtiyot bilan qumg’onni olib, bir chimdim choy soldi. Piyolalarni yuvib-artib quya boshladi. (O.) 4. Oradan bir muncha vaqt o’tgach, kanalning u yog’idan avtomobil chirog’i ko’rindi. (A.Q.) 5. Onamlarni ko’rgali keluvdim. (H.H.) 6. Uzoqqa ketmagin, seni ko’rgani mehmonlar keladi. (Ya.) 7. Aqlni o’stirmoq uchun hadeb o’qiyvermay, ko’proq fikrlash kerak. (R.Dekart)
2-topshiriq. Ravishdoshlarni topib ma’no turlariga ajrating, yasovchi qo’shimchalarini aniqlang.
1. O’ylamay gapirish mo’ljal olmay otish bilan baravar. (Servantes) 2. Samovarchi uning elkasiga qo’lini qo’yib, yana bir tikilib olgach, bag’riga bosdi. (S.Ahm.) 3. Atayin sizga shuni aytgani kelgan edim. (H.H.) 4. Toma-toma ko’l bo’lur, tommay qolsa cho’l bo’lur. (Maqol) 5. qishloqdan chiqilguncha, yana bir necha joyda to’xtaldi. (A.Q.) 6. Hazrat Ya’qubning ko’zlari yig’lay-yig’lay ko’r bo’ldi. (O.Yo.) 7. Ovchi emaklab qushga yaqinlashdi. 8. Yigit yura-yura bir ko’l qirg’og’iga kelibdi. (Ertakdan)
3-topshiriq. Gaplardagi ko’p nuqtalar o’rniga ravishdosh qo’shimchalaridan mosini qo’ying. 1. Uzun qorong’i yo’lakdan chiq …, Unsin to’xtadi. (O.) 2. Yomg’ir tin …, bulutlar tarqal … , tiniq osmonda quyosh nurlari yana porladi. 3. Mening nazarimda, shamol uncha kuchli ko’rinmadi, to kuchay … bekatga etib olish maqsadida bo’l … , qistabroq yurishni buyurdim. 4. Tong ham ot … boshladi. qo’ylar o’rinlaridan tur …, qo’zilarini ergashtir…, jilg’a tomon yur … boshladilar. (Yo.Sh.)
Do'stlaringiz bilan baham: |