Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-savol bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 4,68 Mb.
bet244/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

5-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
5.1.
1-topshiriq. Fe’l mayllarining ta’rifi to’g’ri va to’liq qayd etilgan javobni aniqlang.
1. So’zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi.
2. Harakat bilan sub’ekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabati fe’l mayli deyiladi.
3. So’zlovchi shaxsning bajaruvchi shaxsga turlicha munosabatiga fe’l mayli deyiladi.
4. Ish-harakatning voqelikka munosabatini ifodalaydigan kategoriyalarga fe’l mayllari deb aytiladi.
5. Fe’lda so’zlovchining ish-harakatga munosabatining ifodalanishi fe’l mayli deyiladi.
2-topshiriq. Matndagi fe’llarni ijro mayli, buyruq-istak, shart mayllariga ajratib, ular orasidagi semantik-grammatik farqlarni tushuntiring.
1. Ommani ichida yashangiz. Hamma narsadan xabardor bo’lingiz. Ommani tushuningiz. Uning mutloq ishonchini qozoningiz.
2. Muhitni o’ragan qalin zulmatni kurash mash’ali yondiradi. (O.)
3. Er haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda. (Maqol)
4. Olim bo’lsang, olam seniki. (Maqol)
5. Kishilar adolat bilan harakat qilganlarida edi, sud’yalar dam olgan bo’lar edilar.
6. Darvoza tiq etsa, yuragi gupillab urardi. (S.Z.)
7. Men ham senga otalik qilmoqchimen. Seni ruhiy azoblardan qutqarmoqchimen. (Uyg’un va I.Sult.)
5.2.
1-topshiriq. Matndagi ijro mayldagi fe’llarni aniqlab, ularning zamoni va qaysi shaxs tomonidan bajarilayotganligini tushuntiring.
Osmonni bulut qopladi: yomg’ir yog’adigandek qorong’ulik bosdi, bilinar-bilinmas shamol turdi. Bu shamol kuchayib-kuchayib, yarim soatdan keyin dovulga aylandi. Dengiz ko’pirib, toshib, hayqiriq solib, sohilga urila boshladi. Daraxtlar shamol zarbidan qo’porildi. Keyin bo’ron sal bo’shashdi. Ikki soatlardan keyin bo’ron taqa-taq to’xtadi va shu zahotiyoq yomg’ir quyib berdi.
2-topshiriq. Buyruq-istak maylidagi fe’llarni topib, ular ifodalayotgan modal ma’nolar (buyruq, istak, maslahat, iltimos va b.)ni aniqlang.

  1. Sen uqib ololmadingmi, attang! Mayli, uqib olganingni ayta ber.(A.Qod.)

  2. O’ziga boqma, so’ziga boq. (Maqol)

  3. Ko’rpangga qarab oyoq uzat. (Maqol)

  4. Yo’lingdan qaytma, yovingdan qo’rqma. (Maqol)

  5. Shoshmang, men yana bir surishtiray… (Cho’lpon)

  6. Gap bilguncha, ish bil. (Maqol)

  7. Masalaning tagiga etaylik. (Cho’lpon)

  8. Senlar eshitmasanglar, uxlalaring yo bo’lmasa, so’zni-so’zga qovushtirlaring.(A.Qod.)

  9. Qo’lingdan kelmagan ishga urinma. (Maqol)

  10. Uyat emasmi? Yuv qo’lingni, yuv! Ukalaringni bola desam, sen ulardan ham oshib tushasan. Ishing bo’lmasa, kitob o’qi, husnixat ol.(A.Q.)

3-topshiriq. quyida berilgan fe’llarni uchala shaxs, birlik va ko’plikda buyruq-istak maylida tuslang va yasovchi qo’shimchalarning modal ma’nolarini aniqlang: ayt, yur, so’zla, o’qi, yoz.

Shaxs

Birlik

Ko’plik

I
II
III

Aytay(in)
Ayt(gin)
Ayt(sin)

Aytaylik
Aytingiz
Aytsinlar

4-topshiriq. Matndagi shart maylida kelgan fe’llarni topib, shart mayli yasovchi qo’shimcha va uning qo’shilishidan hosil bo’layotgan ma’noni aniqlang va tushuntiring.



  1. Qo’lingdan kelsa, qilar ishingni bir nafas ham kechiktirma.

  2. Olim bo’lsang, olam seniki. (Maqol)

  3. Yolg’on aytib foyda ko’rsang, oxirida zarar topasan.

  4. Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.(N.)

  5. Erni boqsang, er elni boqadi.(Maqol)

  6. Er yaxshi ishlansa, hosil mo’l bo’ladi.

  7. Maktabni «a’lo» baholarga bitirsam.

  8. Otam ko’nglidagi umidlarini ochiq aytsa edi.

  9. Ertaga yomg’ir yog’sa kerak.

  10. Shuncha e’tiborga yarasha o’g’li o’qisa ekan.

5-topshiriq. Misollardagi sof shart va shart-istak fe’llarini ajrating, ularning farqini tushuntiring.

  1. Tan-joning sog’ bo’lsa, tinch bo’lsang, orzu-havas boshlanadi. (Mirt.)

  2. Otmagay tong bog’aro, bulbul xiromon bo’lmasa.(Dostondan)

  3. Jamila, tur o’rningdan! Agar sen meni sevsang, agar muhabbating chin bo’lsa, tiz cho’kma, yalinma, bu itlarga. (H.H.)

  4. Siz bolani hurmat qilmas ekansiz, bola sizni tinglamaydi, sizni sevmaydi. (S.Z.)

  1. Hayot saboqlarin etolmasang yod, Uni o’rgatolmas hech qanday ustod. (Rudakiy)

6-topshiriq. Gaplardagi shartli mayl fe’llarini topib, ularning yasalishi va ma’nosini izohlang.

  1. 1.Agar bo’lmasaydi shu fidojon xalq, Shaharlar tarixdan uchgusi edi. (G’.G’.)

  2. So’rashsam, menga tasalli berar edingiz. (A.Q.)

  3. Kimki podshoga til tegizsa, u darhol ushlanib qamalar edi. (O.)

  4. Agar men senga o’xshash erkin qush bo’lsam, allaqachon go’zal Hirotga qarab uchar edim.(I.Sult.,Uyg’un)

7-topshiriq. Maqsad mayli formasini topib, yasalishi va ma’nosini tushuntiring.

  1. Men ham senga otalik qilmoqchimen, seni ruhiy azoblardan qutqarmoqchimen. (Uyg’un va I.Sulton) 2.Akamni, Samandarni, harbiyga olishmoqchi. (A.Q.) 3. Sizning yoningizga arzga kelmoqchi edi … Shu qizga bir rahm-shafqat qilsangiz bo’lardi, aka! (H.H.) 4. Men shu asnoda Hamid Olimjon uyushtirgan tarjima kechalari haqida to’xtalmoqchiman. (H.G’.) 5. Ulug’ sulton o’z fuqarolarini baxtiyor va badavlat qilmoqchilar; adolat yo’li bilan mamlakatni gullatib-yashnatmoqchilar; yordamga muhtoj bo’lgan har bir kimsaga ko’maklashmoqchilar. (L.B.) 6. Balo tog’i bo’lib bir umr, Ko’kragimdan bosmoqchi bo’lding, Toleimni, ozodligimni, Nomusimni olmoqchi bo’lding. (U.) 7. Ular sizga arzi hol qilmoqchilar.(H.H.).


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish