2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.
1-topshiriq. Son so’zlarning qanday morfologik belgilarga egaligi to’g’ri qayd qilingan javobni aniqlang.
A. -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab, -tadan, -nchi qo’shimchalari miqdor sonlarga qo’shilib, predmetlarning turli miqdoriy xususiyatlarini anglatadi, numerativ so’zlar bilan birga qo’llanadi, otlashadi, ba’zi bir so’zlarning yasalishi uchun asos bo’ladi.
V. -ov, -ala,- ta, -tacha,- lab, -tadan,- nchi affikslari sonlarga qo’shilib, predmetlarning turli belgilarini anglatadi, numerativ bilan birga qo’llanishi mumkin, kategorial forma yasovchi affikslarni, so’z yasovchi affikslarni qabul qilishi mumkin. Sonlardan boshqa turkumga tegishli so’zlar yasalmaydi, sonlar faqat kategorial formaga ega bo’lganda otlashishi mumkin.
S. Predmetlarning tartibi, jamligi, taxminiy hisobi, taqsimini bildiruvchi affikslarni qabul qiladi, numerativlar bilan qo’llanadi.
D. Predmetlarning turli miqdori va tartibini bildiruvchi affikslar bilan qo’llanadi, numerativlar bilan munosabatda bo’ladi, otlashish xususiyatiga ega, kategorial forma yasovchilarni qabul qiladi.
Sanoq son
|
Dona sonlar
|
Chama sonlar
|
Jamlovchi sonlar
|
Taqsim sonlar
|
Kasr sonlar
|
Bir, ikki, o’n, to’qson
|
Bitta
|
O’ntacha
|
Ikkovlari
|
Uchtadan, ikkita-ikkita
|
Sakkiz yarim
| topshiriq. Jadvalga quyida yozilgan son so’zlarni joylashtiring.
Bitta, o’nlab, ikkov, oltov, yigirmalab, etov, yuz, o’nta, besh-olti, bir butun undan besh, ikki yarim, o’n-o’n besh, ikkalasi, o’n to’qqizta, o’n ikki yarim, uch, uchlar, yuzlarcha, o’ttiz, yuztacha, to’rtta, oltmish, minglab, millionlarcha, besh-olti bola, uchta-to’rttagina, to’rtala, bittadan, uchtadan, o’nta-o’nta, nimchorak, ikkidan bir.
3-topshiriq. Gaplardagi o’lchov so’zlarni toping va ma’nosini tushuntiring.
Rahmonqul uzoq safardan so’ng to’rt tuya mol bilan qishlog’iga qaytdi.
Manzura xola bog’dan bir savat anor uzib chiqdi.
Yusufjon qiziq bir qishloq odamni rosa kuldirdi.
Sojidalar uyi bilan uning ishxonasi oralig’i bir chaqirim masofada edi.
4-topshiriq. Berilgan hisob so’zlarni sonning qaysi ma’no turi bilan birikayotgani va hisob so’zlarning ma’no guruhlarini aniqlang.
Bir siqim tuproq, bir kaft un, bir hovuch suv, uch to’rva bug’doy, bir savat anor, bir qop yong’oq, uch tuya mol, to’rt toy paxta, ikki uy odam, uch vagon o’g’it, bir javon kitob, bir etak farzand.
5-topshiriq. Berilgan raqamlarni so’zlar bilan yozib, ularning sanoq sonlarning qaysi turiga mansubligini tushuntiring.
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,20,30,40,50,60,70,80,90.
6-topshiriq. Gaplardagi bir so’zining ma’nosini aniqlang.
Lek erur bisyor dushman, bo’lsa u bir dona ham.
Bir zamonlarda bir shahzoda, bir podshoh o’tgan ekan.
Buloq boshida bir katta chinor o’sardi.
Uzoqdan yigit ko’ziga bir qo’rg’on ko’rindi.
Oqilga bir ishorat etarli.
Fahm aylagan kishiga bu so’z bir kitobdir.
Qorategindan bir kishi kelibdi. Sizni so’raydi.
Tushda bir voqealar sodir bo’ladiki, o’ngda ularni tasavvur qilib bo’lmaydi.
Tomdan bir odam asta pastga tushdi.
Bir yigitga etmish hunar oz.
Er kishining so’zi bitta .
7-topshiriq. Berilgan sanoq sonlardan dona sonlar yasang.
O’n, o’n besh, ming, yuz, million, sakkiz, uch, to’rt, to’qqiz, sakson, ellik, o’ttiz, besh, olti, etti, bir.
8-topshiriq. Berilgan birikmalardagi dona sonlar yasovchi -ta qo’shimchasi o’rniga -tacha qo’shimchasini qo’shing va ma’nodagi farqni tushuntiring.
O’nta olma, ikkita yong’oq, sakkizta non, yigirmata bola, beshta qalam.
9-topshiriq. Berilgan sodda chama sonlarni juft chama sonlar bilan qiyoslang va ma’nodagi farqni tushuntiring.
Beshtacha kitob - to’rt-beshta kitob, beshtacha otliq - besh-oltita otliq. To’rttacha bola – uch-to’rt bola kabi.
10-topshiriq. Berilgan kasr sonlarni raqamlar bilan yozing.
O’ndan uch, ikki butun to’rtdan bir, bir butun mingdan uch yuz o’n bir, sakson etti butun yuzdan oltmish to’qqiz.
11-topshiriq. Gaplardagi son so’zlarni ajratib, ularning sonning qaysi ma’no guruhiga oidligini aniqlang.
Bolalarning uchalasi ham sportchi edi.
Salima va Rahimalarning ikkalasi ham a’lochi.
Uchala komanda ham faxrli o’rin olishdi.
O’quvchilarning to’rtalasi masalani o’z vaqtida echib bo’ldilar.
Beshala dastgoh birdan guvullab ishlab ketdi.
2.2.
1-topshiriq. Sanoq sonlarga - (i)nchi qo’shimchasini qo’shib, ular orasida ma’noda yuz bergan farqni aniqlab ayting.
Ikki - ikkinchi, uch yil, besh barmoq, to’rt bob, to’rt kurs, besh qavat, o’n ikki mashina, yigirma bir sportchi, qirq qiz.
2-topshiriq. Quyidagi sanoq sonlardan tartib sonlar yasang.
5,11,18,26,33,40,49,130,1999,75.
3-topshiriq. Gaplardagi birinchi tartib sonini quyidagi ma’nodoshlari bilan almashtirib ko’ring va ma’nodagi nozikliklarni tushuntiring
Ilk, eng yaxshi, asosiy, bosh, dastlabki, avvalgi.
Farhod sinfimizdan chiqqan birinchi olim.
Hosilning yuz foizini birinchi navga qabulladik.
Milliy istiqlolga 1989 yil birinchi qadam qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga qat’iy rioya etish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining birinchi burchidir.
Salimjon Sharipov nomi tarixda birinchi o’zbek kosmonavti sifatida abadiy qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |