Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-savol bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 4,68 Mb.
bet238/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.

  1. topshiriq. Matndagi kishilik, ko’rsatish va o’zlik olmoshlarini topib, ularni uch guruhga ajrating va ma’no hamda gapdagi vazifasini tushuntiring.

Mening xalqim o’z kindigining qoni to’kilgan tuproqni o’z onasidan aziz ko’radi... qadim o’zbek botirlari uzoq safarga ketganda bir hovuch vatan tuprog’ini doimo o’z yonlarida olib yurganlar. Chunki bu tuproq ularga o’z tug’ilgan erlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan qasamini yodga solgan. Vatanga bo’lgan muhabbatini bir nafas ham unuttirmagan. Bir hovuch tuproq unga o’z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq o’lkalarda bo’lsa ham, uni o’z vatanida his qildirgan va qaerda bo’lmasin o’z xalqi sha’niga isnod keltirmaslikka, o’z xalqining nomusli va sodiq o’g’li bo’lishga chaqirgan. U Vatanini qancha sevsa, ota-onasini qancha sevsa, ota-onadan, sevimli yordan, qadrdon vatandan nishon bo’lgan shu bir hovuch tuproqni ham shuncha sevgan. Shu bir hovuch tuproqning kuchi shuncha zo’r bo’lganki, u suvsiz sahrolardan, qorli tog’lardan, vahshiy daryolardan, yovvoyi o’rmonlardan ko’z ochib yumguncha o’ta olgan. Shu bir hovuch tuproq uni o’tdan olib, o’tga tashlagan, lekin omon saqlagan. O’q uning ko’kragini tesholmagan, qilich tanasini kesolmagan, olov kuydirolmagan, zindon chiritolmagan. (H.O.)
2-topshiriq. Matndagi kishilik olmoshlarini aniqlab, ularning yozilishi, kelishiklar bilan turlanishini, qaysi so’z o’rnida kelayotganini tushuntiring.

  1. Men sport bilan shug’ullanaman. Sport mening yanada baquvvat, dovyurak bo’lishimga yordam beryapti.

  2. Ter to’kib sochsang urug’, er seni qo’ymas quruq. (Maqol)

  3. Sizda, sizning yurishingizda, safda turishingizda ozod o’lkamizning ko’rki ko’rinib tursin.

  4. O’qishda sizga muvaffaqiyatlar tilayman, aziz o’quvchilar!

  5. Siz bilan men bo’lsak, qattiq nonni ham eyaveramiz. (A.Q.)

  6. Siz biroz dam oling. (A.Q.)

3-topshiriq. Matnda kelgan o’zlik olmoshlarini topib, ularni egalik qo’shimchasini olgan ot bilan bog’langandagi ifodalayotgan ma’nolari, tanho ishlatilganda egalik qo’shimchalarini olib uchala shaxsni ifodalashiga va turlanishiga izoh bering.

  1. Til bilan birovning aybini aytish oson, o’z tili bilan o’z aybini aytadiganlar juda kam. (Cho’lpon)

  2. Uning o’zi yosh, lekin ziyrak bola.

  3. Bu suratni o’zim chizdim.

  4. O’zingiz ham o’tiring. (A Q..)

  5. Nima yozganimni men o’zim sizga tushuntiraman. (O.)

  6. O’zi shirin, tukligina, mazasi ham totligina. (Topishmoq, shaftoli)

  7. Kishining hurmati o’z qo’lida. (Maqol)

  8. O’z oshim - g’avg’osiz boshim. (Maqol)

4-topshiriq. Matndagi ko’rsatish olmoshlarini o’zi bog’lanib kelayotgan so’z bilan birgalikda olib, ifodalayotgan ma’nosini tushuntiring.

  1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim. (H.N.)

  2. Bunday chiroyli mashinani birinchi marta ko’rishim.

  3. Mana shu asboblarni boshingga qo’yib, xushyorroq bo’lib yotasan. (G’.G’.)

  4. Mana bularni ko’tarib sen oldinroq boraver.

  5. Shu qishloqda tug’ildim. Shu erda o’sdim, unib. (Z.)

  6. Bu ovoz unga juda tanish tuyuldi.

2.2.
1-topshiriq. Matndagi so’roq va belgilash-jamlash olmoshlarini topib, ma’no xususiyatlarini tushuntiring.

  1. Toshkentdan nimalar keltirdingiz, bek aka. (A.Q.)

  2. Har kim o’z asarining Navoiyga maqbul bo’lishini istar edi. (O.)

  3. Gulnorni olib qochganlar ... Ular kim? qaysi maqsad bilan bu jinoyatni bajaradilar. (O.)

  4. Ekin qalay, necha tanob? (S. Ahm.)

  5. Barchasiga ko’z yugurtirdim. Barchasi ham tovlanar, kular. (U.)

  6. Bularning bari endi sizniki, Ziyodaxon.

  7. Dunyoni suv bossa, o’rdakka nima qayg’u? (Maqol)

2-topshiriq. So’roq olmoshlarini topib, ularning nimani aniqlash uchun qo’llanayotganini tushuntiring.

  1. Zilola, qanaqa qalam olding?

  2. Siz nimani o’ylayapsiz?

  3. Qaysi shoir, yozuvchilarni taniysiz?

  4. Nega muncha kech qolding?

  5. Ertalab qayoqqa ketayotgan eding?

  6. Sheraliga qanday topshiriq berilgan edi?

  7. Nima qilish kerak, kimga uchrashish kerak?

3-topshiriq. Matndagi belgilash-jamlash olmoshlari va ularning ma’nosini tushuntiring.

  1. Biz istaymiz: barcha ellar, elatlar, Bir-biriga bo’lsin yana yaqinroq.

  2. Sizning taklifingiz go’yo hammaning nomidan bo’ladi. (O.)

  3. Har bir qishloq shiringina shaharcha bo’lishi lozim. (O.)

  4. Bog’chamizdagi gullarning bari ochildi.

  5. Xadicha xola qishloqning hamma qariyalaridek tetik kampir edi.

2.3.
1-topshiriq. Bo’lishsizlik va gumon olmoshlarini topib, ma’nosini va gapdagi vazifasini izohlang.

  1. Elmurod derazalaridan yorug’lik tushib turgan uylarning yoniga kelganda qandaydir yoqimli musiqa eshitildi. (P.T.)

  2. Oyqiz yig’ilganlarning yuziga to’g’ri qarar va endi hech qanday hijolat tortmasdi. (Sh.R.)

  3. Devor orasida allanarsa shitirladi. (Sh.R.)

  4. Bu kech amir Alisher hech kimni qabul qilmadi. (L.B.)

  5. Archazordan yana allaqanday yoqimli hidlar kelar edi. (H.N.)

  6. Dunyoda hech bir xalq to’g’ri kelolmas. Mening bilishimcha, sening elinga.(X.O.)

  7. Do’smat qayoqqadir borib, ro’molchasiga non va yana nimadir tugib keldi. (P.T.)

  8. Xulq har kim o’z qiyofasini ko’rsatadigan ko’zgudir. (Gyote)

2- topshiriq. Bo’lishsizlik olmoshlarini topib, ularning ma’nosini va tuzilishi (tarkibi)ni tushuntiring.

  1. Siz hozir hech qayoqqa ketmaysiz. Teatrni politsiyachilar qurshab olishgan. Birpas kuting. qon to’kish hech qachon yaxshilik keltirmaydi.

  2. Uning so’zini hech kim bo’lmadi.

  3. To’laboyning hech bir yo’qdir toqati, bu turganda hech kim poyga ololmas.

  4. Bu ishlarni hech bir odam qilmagan, Gulshanbog’ni hech kim kelib ko’rmagan. (Folklordan)

3-topshiriq. Gumon olmoshlarini topib, ularning yasalishini, ma’nosini, gapdagi vazifasini tushuntiring.

  1. Uning yuzi oriq, rangsiz, burni qirra, chuqur botgan katta ko’zlarining oqi allaqanday moviy edi. (As.M.)

  2. Go’yo Layloning boshiga allakim bolg’a bilan taqillatib urayotgandek tuyulardi.

  3. Mirvali allaqaysi bazada ekspeditor. (S. Ahm.)

  4. Buning badaliga unga birov bitta-yarimta non, yana birov choychaqa berib ketadi. (H.G’.)

  5. Kimdir senga uchqur tulpor egarlar. (A.O.)

  6. U mening qulog’imga nimalarnidir shivirladi. (S.)




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish