Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Joytun madaniyatining vujudga kelish omillari



Download 1,55 Mb.
bet66/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Joytun madaniyatining vujudga kelish omillari.
Ne’matov R GulDU

Bizga ma’lumki, dehqonchilik va chorvachilikka o’tilish jamiyat tarixida keskin iqtisodiy sakrash bo’lib, olimlar bu taraqqiyot bosqichini neolit yoki dehqonchilik inqilobi deb ataydilar. Bu davrda qishloq-qarorgohlarning ham qiyofasi jiddiy o’zgaradi. Dehqonchilikka o’tilishi jamoalar xo’jaligining asosi sifatida kishilarning muqim, o’troq yashashiga olib kelgan. Eng qadimgi dehqonlar qishloqlari O’rta Osiyoda miloddan avvalgi VI ming yilliklarga mansub joytunliklar madaniyati misolida bir muncha yaxshi o’rganilgan. U O’rta Osiyoning asosan janubiy-g’arbiy mintaqalarini o’z ichiga olgan holda, odatda qurg’oq muzofotlardan iborat bo’lganligi uchun ham sun’iy sug’orish asosida xo’jalik yuritishni talab qilardi. Shuning uchun ham o’troq, muqim yashash kompleksi alohida ahamiyatga ega edi. Inson jamoalari bir necha ming yillar bu joyda yashaganligi sababli ayrim qishloqlarning madaniy qatlamlari bir necha o’n metrlarni tashkil qilgan. Bunday muqim yashash xususiyati manzarasini Joytun madaniyatiga tegishli yodgorliklarda kuzatish mumkin bo’ladi. Joytun madaniyatining ilk davriga mansub Joytun qishlog’ining o’zi hisoblanadi. Bu qishloq 30 ta uydan tashkil topgan, ular hovli va xo’jalik qurilmalari bilan jihozlangan. Uylarning joylashishi ham ma’lum bir reja asosida emas. Umumiy jamoa uyi va ibodatxona ham ajratilmagan. Ammo Joytun madaniyatiga mansub va uning o’rta bosqichi rivojlanishiga doir Pessijiktepada ibodatxona yoki jamoa yig’iniga taalluqli uy ochilgan bo’lib, uning dahliz – kirish qismi, devorlari turli buyoqlar bilan jihozlangan. Ammo uylarning tartibsiz qurilish holati hamon saqlangan. Xuddi shunday xususiyat so’nggi Joytun qishlog’ida saqlangan bir vaqtda endi bu yerda qishloqning o’rtasida katta uy joylashgan bo’lib, bu bino ham, ibodatxona ham umum yig’in vasifasini bajargan. Joytun qishloqlarining maydon hajmi unchalik katta bo’lmasdan, balki yarim gektardan to ikki gektargacha. Bu ko’rsatkich qishloqlarning dehqonchilik davrida ularning tobora kengayib borishidan dalolat beradi. Bu qishloqlarda ham mudofaa inshootlari yo’q. Biroq qishloqning chetki joylarida barpo etilgan uy devorlari qishloq ichkarisiga nisbatan bir muncha qalinroq. Bu jarayon joylashuv taraqqiyotiga tashqi, siyosiy kuchlar ta’sirining minimal darajadaligini ko’rsatadi. Shuni aytish lozimki, Old Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII ming yilliklarda yashagan qadimgi dehqonlar turmushida uy-joy qurish, fartifikasiya masalalari bu vaqtda ancha rivojlangan edi. Keyinchalik yirik qishloqlar, ishlab chiqarish hali kichik oilalar ixtiyorida edi.


Doimiy evolyusiya tufayli ilk dehqon jamoalarida, avvalambor, son jihatdan o’zgarish, qishloqlarning tobora yiriklashuvining sodir bo’lishi qishloqlarning tiplarga ajratish tartibi vujudga keldi. Qishloqlarni odam soniga qarab ularning mezonini belgilash mumkin. Masalan, amerikalik arxeolog G.Chayld shahar tipidagi qishloqlarning aholi soni besh ming bo’lishi mumkin, degan taklifni kiritgan. V.M.Massonning fikriga qaraganda, to’liq o’rganilgan yirik qishloqlarning aholisi ming kishigacha bo’lishi mumkin1 deyiladi.
Eng asosiysi, O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy hududlarida mil. avv. IV minginchi yillarda kichik qishloqlarda Joytun neolitining an’analari davom etgan. Masalan, uylar bir xonali bo’lib, pala-partish qurilib, qishloq markaziy qismida Markaziy binosi ham bo’lib, balki u taxminan umumiy yig’in uyi bo’lishi mumkin. To’g’ri, alohida qurilgan uylarning asta-sekin ko’pxonali massivlarga aylanishi ham kuzatilgan. Hududning sharqiy o’lkalarida kichik uylar xarakterli bo’lsa-da, ammo markaziy yig’in uylari yirik bo’lib, uning aylana devori yarim metr qalinlikda xom g’ishtdan qurilgan. Shu bilan bir vaqtda ancha mukammal markazlar vujudga keladi: Geoksyur maydoni o’n ikkiga, Qoratepa o’n beshga va Namozgohtepa maydoni ham bulardan kam emas. Qoratepadagi qurilishlarning tig’isligiga qaraganda, bu yerda yuzdan dan ortiq odam yashagan. Ko’p xonali uylar esa katta oila jamoasi yashaganligini ko’rsatib, bu asosiy yaycheyka strukturasi hisoblangan.
O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti yashash uchun qiyin bo’lgan hududlarda, xususan, mamlakatning shimoliy dashtlari va cho’llarida yashab kelgan qabilalarning katta bir qismi bir necha ming yillar davomida terim-termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanib, tirikchilik o’tkazib kelganlar. Shu tufayli bu hududlarda qo’nim yashash bilan bog’liq makonlar kamchil uchraydi.
Mazkur madaniyatning rivojlanish negizi va omillarini arxeolog olimlarimiz bu qabilalarning moddiy madaniyat tarixini o’rganish borasida ham katta yutuqlarga erishdilar va ular neolitning ilk bosqichlaridan to uning so’nggi davrlarigacha galma-gal rivojlanib kelgan taraqqiyot yo’llarini isbotladilar. Shu bilan birga, O’rta Osiyoning mahalliy mezoliti negizidan shu yerlik neolit madaniyatining yetishib, qaror topganligi kabi masalalar oydinlashtirdilar.
Shunday qilib, u yoki bu yodgorlik topilmalarini kompleks o’rganish tufayli biron-bir madaniyat qol­diklari qaysi qabilalarga taalluqli ekanligini, davrini aniqlash, kelib chiqishi hamda ularning bir-birlari bilan bo’lgan madaniy aloqalarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Demak, ibtidoiy tariximizni o’rganishda tosh industriya muhim va yetakchi ahamiyatga egadir. Albatta, arxeologiya sohasidagi boshqa man­balarning ahamiyatini ham pasaytirib bo’lmaydi. Chunki Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o’zining ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvda arxeologiya sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish mutaxassislarga arxeologiyani rivojlantirish bo’yicha alohida davlat dasturi qabul qilish yuzasidan topshiriq berilganligi bejis emas1 albatta.
Shu sababli, tadqiqiqotchilarimizning so’nggi yillarda bu sohada erishgan yutuqlarini nazarda tutsak, O’rta Osiyo neolit madaniyatining kelib chiqishi jarayoni bir ma’lum yo’nalishdan bormasdan, balki ko’p qirrali bo’lib, mahalliy madaniyat negizida va qo’shni qabilalarning ma’lum elementlari ishtirokida tarkib topgan. Miloddan avvalgi V minginchi yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoda xo’jalik asosan ikki yo’nalishda rivojlandi. Bu yerda, Kopetdog’ etaklarida hamda ayrim boshqa tabiatan dehqonchilik uchun qulay hududlarda bir guruh qabilalar toshqin suvlar asosida va sun’iy sug’orish yo’li bilan dehqonchilik qilishni o’rganib, o’troqlashib yashashga o’tadilar. Bu qabilalar ovchilik, baliqchilik, termachilikni dehqonchilik bilan qo’shib olib borgan, turli ozuqa o’simliklarini madaniylashtirgan, xo’jaligi tez yuksalib borgan. O’rta Osiyoda, asosan shimoliy dasht va cho’l territoriyalarida yashagan boshqa bir guruh qabilalar ovchilik, baliqchilik asosida tirikchilik qilganlar, ovchilik va baliqchilik bir necha ming yillar davomida ular xo’jaligining negizini tashkil etgan. Natijada mikrolit asbob-uskunalarning, jumla­dan, janubda dehqonchilikning vujudga kelishi tufayli yo’qolib ketgan va yo’qolib borayotgan tosh qurollarining bu qabilalar turmushida uzoq zamonlar davo­mida saqlanib qolishiga sabab bo’ldi, oqibatda bunday qurollar shu ovchi va baliqchi qabilalarning tirikchi­lik manbai bo’lib qoldi hamda ularning hayotida termachilik ma’lum o’rin tutgan.
Xulosa shundan iboratki, Joytun madaniytining rivojlanish darajasi ming yillar davomida taraqqiy etib, O’rta Osiyoda o’troq hayot tarzini va dehqonchiligini yuzaga kelishiga muhim omil bo’lib, xizmat qilgan deb hisoblash mumkin.
Авесто”да келтирилган маълумотларнинг археологик манбадаларда акс этиши

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish