Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Тutkovul makonidagi tosh qurollari manzarasi



Download 1,55 Mb.
bet65/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Тutkovul makonidagi tosh qurollari manzarasi.
Jo’rayev I. GulDU

Qadimgi Tojikistonning daryo vodiylari, tog`oldi va tog`lik tumanlaridan 200 dan ortiq neolit davri qarorgohlari topilib o’rganilgan. Bular jumlasiga Tutkovul, Soy Sayyod, Darm sho’r, Tangi Tavri, Guyoni Poyon, ko’hna Boy kabilar bo’lib, bularni barchasi Xisor madaniyatini tashkil qiluvchi yodgorliklar hisoblanadi. Markaziy Osiyoning Sharqiy hududlarida asosan Hisor- Pomir tog`laridan topilgan neolit davrining qarorgohlari Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Hisor madaniyatini maxalliy tilda tog` madaniyati xam deyishadi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston Respublikasini g'arbidagi Hisor-Bobotog’-Қoratog’ oralig’idagi xududlar bo’lib, Hisor madaniyatining neolit davriga mansub dastlabki yodgorliklari Hisor vodiysidan topilib o’rganilganligi uchun shu nom bilan ataladi. Hisor madaniyatini aks ettiruvchi, arxeologik ashyolarga eng boy bo’lgan qarorgoxlardan biri Tutqovul yodgorligi bo’lib u Dushanbedan 70 km janubiy-sharqda Norak suv ombori xavza-si xududida Vaxsh daryosining Pulisanchin darasidan chiqib kelish yaqinida Norak shahridan o’n ikki km yuqoridagi Tutqovul qishlog’i yaqinida joylashgan. 1963-1965 va 1967 yillarda bu yodgorliklarda V.A.Ranov boshchiligida arxeologlar qazish ishlari olib borishgan, bu yodgorlikni ko’p qatlamli ekanligi aniqlangan va bu madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mexnat qurollari va ularni chiqindilarini jami bo’lib qirq mingdan ortiq topilmalar olingan1. Tutqovulni madaniy qatlamlari ikki metrlik qalinlikka ega bo’lgan o’rta asrga oid Temliyat shahrining madaniy qatlami tagiga joylashgan. Bu Tutqovul yodgorligini tosh qurollari, shu madaniyatga taal-luqli yodgorliklarga nisbatan juda ko’p. Shuning uchun xam Hisor madaniyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’pchiligi, aynan shu yodgorlikda mujassamlashgan. Hisor madaniyatini bosh xususiyati, shu madaniyat sohiblarini “galechnaya texnika”dan keng foydalanganliklaridir. Bu madaniyat egalari o’z mexnat qurollarini yasashda asosan daryo va soy qirg'oqlarida ko’plab uchraydigan qayroq toshlardan xomashyo sifatida foydalanganlar. shuning uchun xam Hisor madaniyatiga oid tosh industriyasi xaqida gap ketganida arxeologlarimiz ularni “galechnaya texnika” deb ataydilar.


Bu texnikadan foydalanishda, ya`ni qayroq toshlardan, qayroq tosh boltalar yordamida mexnat qurollarini yasashda ularni dastlabki qiyofalarini eslatuvchi shakllari birmuncha saqlab qolingan. Bu qayroq toshlardan yasalgan mexnat qurollari Tutqovulni tosh industriyasini bir qismini tash-kil qilsa, ikkinchi qismini chaqmoq toshdan yasalgan mehnat qurollari tashkil qilib, ularni aksariyati kalta va to’mtoq plastinkalardan iborat. Tutqovulni mexnat qurolari ana shunday o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa yodgorliklardan farq qiladi. Birinchi va ikkinchi gorizontlardagi chaqmoqtoshlardan yasal-gan qurollar ja mi tosh industriyasini o’ttiz foizini tashkil qiladi. Nafaqat Tutqovul yodgorligida, balki butun Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarda asosiy rolni qayroq toshlardan yasalgan qo’pol ko’rinishdagi uchirindilar tashkil qilib, ulardan asosan xech qanday ishlov berilmasdan foydalanilgan. Hisor madaniyatining keng tarqalgan qurollaridan biri randa (skobel)lar bo’lib, ular asosan yirik va dag'al uchirindilaridan qilingan. O’zak (nukleus)lari qayroq tosh va chaqmoq toshlardan qilingan bo’lib, ularni tashqi ko’rinishlari bir-birlaridan kam farq qilganlar. Geometrik shakldagi mikrоlitlarni soni o’n ikkita. Mehnat qurollaridan randa (skobel)lar, parma (sverlo)lar, razvyortkalar, kesuvchi (rezchik)lar, arra (pilki)chalar bor. Uchinchi qatlamda uch yuzta buyum bo’lib, bularni hammasi chaqmoqtoshdan yasalgan. Bular orasida bironta ham qayroq toshlardan yasalgani yo’q. Qurol yasash texnikasi asosan plastinkali uslubda bo’lgan. Demak, Tutqovulnining uchinchi qatlamida Hisor elementlari yo’q. To’g’ri shaklga ega bo’lgan plastinkalar juda oz. Ikkinchi qatlam radiokarbon analizi natijalariga ko’ra eradan avvalgi 5150 -5140 yil bilan ikkinchi qatlami esa eradan avvalgi yettinchi chi ming yillik bilan, uchinchi qatlam esa X1-X ming yillik bilan belgilangan. Shuni aytish joizki, uchinchi qatlam industriyasi yuqori qatlamlarnikidan mutlaqo farq qiladi. Demak, yuqori qatlamlarga mansub odamlar butunlay boshqacha texnika an’analariga ega bo’lganlar. Aytilganlardan xulosa shuki, uchinchi qatlam odamlari Tutqovul qarorgohini noma`lum sabablarga ko’ra tashlab ketganlaridan so’ng bu yerga butunlay boshqa qabilalar kelib o’rnashganlar va ular shu qarorgoxni uchinchi qatlamida yashagan ajdodlarni avlodlari bo’lmaganlar. Shuning uchun ham ularni mehnat qurollari yasashdagi texnikalari quyi qatlamlardagilarnikidan keskin farq qilgan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi kunga qadar yuqoridagi manzarani takrorlovchi bironta ham yodgorlik topilgani yo’q. Tutqovulni topilmalarini va undagi o’choq qoldiqlarini ko’pligi, hamda maydonini kengligi bu yodgorlikni qarorgoh emas, balki manzilgoh (poselenie) deyishga imkon beradi. Tutqovul manzilgohi egalarini va bu yodgorlik bilan bog’liq bo’lgan barcha Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarni xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani haqida hozirgacha olimlarimizni umumlashgan bir xil fikrlari yo’q. Arxeolog olimlar A.P.Okladnikov va V.A.Ranovlar1 Hisor madaniyatini asosini qoloq dehqonchilik bilan chorvachilik tashkil qilgan desalar V. M.Masson2. Hisor madaniyati egalarini ko’pchiligi ovchi va yig’uvchilarni tashkil etgan bo’lishi mumkin deb o’zini taxminiy fikrini bayon qiladi. Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarni ko’pchiligini mehnat qurollarini trasologiya uslubi asosida o’rgangan G.F.Korobkovani xulosasiga ko’ra Hisor madaniyati egalarini xo’jaligini asosini o’zlashtiruvchi emas, balki ishlab chiqaruvchi usul tashkil etgan. Bu ishlab chiqaruvchi usul chorvachilikka asoslangan. Dehqonchilik bo’lmagan. Bunday xulosaga V.A.Ranov ham qo’shilgan. Paleozolog B.Botirovni Tutqovuldan topilgan suyak qoldiqlarini o’rganish natijalariga ko’ra, bu yerda yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari qatorida xonakilashtirilgan qo’y va echkilarning ham suyak qoldiqlari ham bo’lganligini tasdiqlaydi1. Bundan xulosa shuki, Hisor madaniyati haqidagi xulosalardan G.F.Korobkovani va V.A.Ranovlarni xulosalari to’g’ri deb hisoblash mumin. Chunki xo’jalik tarmog’ida ishlab chiqarish holatiga o’tish bilan izohlanadi deyish mumkin. Xulosa shundan iboratki, Hisor madaniyatining bir bo’g’ini hisoblangan Tutkovul makonida yashagan qabilalar boshqa (Joytun va Kaltaminor)larga nisbatan, kechroq o’troq hayot tarziga o’tishiga sabab bo’lgan omillar bu hududning geografik tabiiy sharoiti taqozo qilgan deyishga yetarlicha sabablar borligi bilan baholash mumkin.Bundan tashqari, eradan avvalgi X-V ming yillikdagi Tutqovulni taraqqiyot evolyutsiyasini ov va termachilikdan chorva-chilikka va chorvachilikdan oddiy dehqonchilikka o’ta boshlagan qabilalarning manzilgohi deyish mumkin. Shuni ham aytish joizki, bu manzilgoh egalari loydan yasalgan sopol idishlardan foydalanganlar. Bu idishlarni tayyorlash usuli juda sodda bo’lgan. Ba`zi sopol parchalarini ichki yuzasida mato izlarini saqlanganligi, idishlarni pardozlashda matolardan foydalanganliklarini ko’rsatadi. Yuqoridagi topilmalarning mazmuni shundan dalolat bermoqdaki, Tutkovul makoni qabilalarning o’troq hayot tarziga o’tishi nisbatan kech boshlanganligining asosiy sabablari nafaqat tabiiy-geografik sharoit balki, qabilalar o’rtasidagi doimiy aloqalarning nisbatan kamligi sabab bo’lgan deyishimiz mumkin.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish