Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Оks sivilizatsiyasining tarixshunosligi



Download 1,55 Mb.
bet68/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Оks sivilizatsiyasining tarixshunosligi
Jalilov D.M. TerDU magistranti

“Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari bog'lab turadi. Bizni tarix, din, umummiy madaniyat va an'anlar birlashtiradi”1. Markaziy Osiyo mintaqasida yashab kelayotgan xalqlar taqdiri azaldan bir madaniyatning o'zagida shakllanganligini ko'rishimiz mumkin. Bu borada amerikalik sivilizatsiyashunos olim S.Xantingtonning: “Insoniyat tarixi sivilizatsiyalar tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Insoniyat tarixini boshqa atamalar yordamida tasavvur qilishning iloji yo'q”2, deb qayd etgan. Zamonaviy nuqtayi nazardan qaraganda davlatlar tipologiyasiga davlatchilik mavjud bo'lishining tashqi xususiyatlariga asoslangan sivilizatsiyon yondashuv qimmatliroq tuyuladi”3. Bugungi kunda tarixni sivilizatsiyalar orqali o'rganish jamiyat hayotini yanada yaxshiroq tushunishimizga imkon beradi.


Bronza davrida Qadimgi Sharqning bir bo’lagi bo’lgan Markaziy Osiyoning janubiy qismida tarixan Baqtrya va Marg’iyona nomlari bilan atalgan geografik mintaqada boshqa madaniyatlar ta’sirida va ayni vaqtda ularga o’xshamagan, xilma-xil va yangicha bir madaniyat bu geografik hududda yuzaga keladi. Bu madaniyat olimlar tomonidan turlicha nomlar bilan atalgan. Misol uchun V.I.Sarianidi bu hududdagi madaniyatni umummlashgan nom bilan “Baqtriya- Marg’iyona 4arxeologik kompleksi”5 deb atadi. BMAK Oks sivilizatsiyasining ayni o’zi sifatida ham tez-tez ishlatiladi. Oks Markaziy Osiyodagi eng katta daryosi bo’lgan Amudaryoni grekcha nomlashdir. AQSHlik professor C.C.Lamberg-Karlovskiy birinchi bo’lib “Oks sivilizatsiyasi” deb nomlagan bo’lsa, Italiyalik professor M.Tosi va o’zbek arxeologi T.Shirinov mazkur madaniyatni “Turon sivilizatsiyasi”, yana boshqa adabiyotlarda “O’rta Osiyo” sivilizatsiyasi, “Janubiy O’zbekiston sivilizatsiyasi”, Baqtriya sivilizatsiyasi” kabi atamalar ham qo’llanilmoqda6.
XX asrning o’rtalaridan boshlab tarixan Baqtriya va Marg’iyona deb nomlangan hududda, hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg’oniston hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib boriladi va bu hududlarda ochilgan yodgorliklarning hududiy va xronologik chegarasi aniqlanishi natijasida bronza davrida bu hududda yangi, o’ziga xos madaniyat yuzaga kelganligini e’tirof etildi. Lekin bu madaniyatni sobiq Sovet ittifoqi olimlari tomonidan turlicha nomlar bilan atashgan va yakdil bir atamada to’xtalishmagan7.
XX asrning ikkinchi yarimida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida tarixan Baqtriya va Marg’iyona hududining tarkibida bo’lgan hududlar hozirgi Turkmaniston va Afg’oniston hududilarida tadqiqot1 ishlarini olib borgan V.I.Sarianidi o’z maqola va 2kitoblarida Amudaryoning yuqori oqimi havzasi bronza davri madaniyatlarini umummlashgan nom bilan “Baqtriya-Marg’iyona arxeologik kompleksi”3 deb atadi. V.I.Sarianidi 20 yidan ortiq vaqt mobaynida olib borgan tadqiqotlari davomida bunda, Baqtriya va Marg’iyona hududlarida joylashgan yodgorliklarning bir-biriga o’xshashligini va davriy jihatdan yaqinligini hisobga oladi.
Akademik A.Asqarov Amudaryoning o’ng tarafida joylashgan Jarqo’ton manzilgohida 1973-yildan hozirgi kunga qadar tadqiqot4 ishlarini olib borildi. Olim va uning shogirtlari tomonidan turli vaqtlarda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida topilgan badiiy buyumlar davriy sanasini aniqlashda Rossiya, Germaniya, Fransiya ilmiy labaratoriyalari xizmatidan foydalaniladi xulosalarga ko’ra Jarqo’ton ilk shahar sifatida qayd etiladi5.
G’arb olimlari esa bu madaniyatga Oks sivilizatsiyasi1 deb nom berishgan. Oks sivilizatsiyasi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borgan fransiyalik olima Elise Luneau o’z tadqiqotlarida oks sivilizatsiyasi jamiyat hayotining rivojlanishi va moddiy madaniyatining o’zgarishlarini keltirib o’tdi2. E.Luneau Tadqiqoti davomida mil.avv. II ming yillik davomida Markaziy Osiyoning Janubiy qismidagi aholi bilan mil.avv. III ming yillikda Afanasievo yoki Sintashta madaniyati va mil.avv. II ming yillikda ko’chmanchi dasht aholisi bo’lgan Andronovo madaniyati jamoasi bilan kuchli aloqada bo’lganligini qayd etgan.
Mil.avv. III ming yillik o’rtalari va II ming yillik o’rtalarigacha (mil.avv. 2300-1500/1450) bo’lgan davrda Markaziy Osiyo mintaqasining janubiy hududlarida Qadimgi Sharq dunyosi ta’sirida qadimgi sivilizatsiyalardan biri bo’lgan Oks sivilizatsiyasi vujudga keladi. Tashqi madaniy ta’sirning natijasi bevosita faqat oksga ta’sir etmay balki oksning tashqi madaniyatlarga ta’siri ham nihoyatda kuchli bo’lgan. Buning sababi shundaki, oks sivilizatsiyasi aholisi qadimgi sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan bo’lib, ular o’rtasida savdo-sotiq aloqalarida nihoyatda kuchli qatnashganlar.
Oks sivilizatsiyasi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib brogan olimlardan yana biri bu C.C. Lamberg-Karlovskiydir. Olim o’z tadqiqotlari davomida Markaziy Osiyoning Vaxsh va Panj daryolarining qo’shilishi natijasida mintaqaning g’arbiy qismiga tomon oqadigan eng yirik daryosi Amudaryo va Afg’onistondagi Paropamisus tog’laridan boshlanib Qoraqum sahrosi tomon oqadigan Murg’ob daryosi atrofida joylashgan arxeologik yodgorliklarni V.I.Sarianidining ishlarini qiyosiy tahlil etishi natijasida bu hududda dastlabki bronza davridan oks sivilizatsiyasi vujudga kelganligini ta’kidlaydi. C.C. Lamberg-Karlovskiy V.I.Sarianidining ishlarini tadqiq etar ekan, Oks va Eron Islom Respublikasida joylashgan Shahdod yodgorligidagi sopol buyumlarni o’zaro qiyosiy taqqoslanishini keltirib o’tadi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bevosita mamalakatimiz hududi ham Oks sivilizatsiyasining bir qismi bo’lib, oks sivilizatsiyasi tarixini O’zbekiston tarixida chuqurroq o’rganish bugungi globallashayotgan davr uchun nihoyatda muhimdir.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish