Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Eski-Xovos - Buyuk ipak yo’lidagi yodgorlik



Download 1,55 Mb.
bet71/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Eski-Xovos - Buyuk ipak yo’lidagi yodgorlik
Nishonov A.I. GulDU talaba.

Ustrushona hududidan qadim va oʼrta asrlarda sharq bilan gʼarbni bogʼlovchi Buyuk Ipak yoʼlining tarmoqlari oʼtgan va bu holat hududni xalqaro savdo munosabatlarida muhim o’rin tutganligidan dalolat beradi. Xalqaro savdo tarmog’ining bu hududdan o’tganligi, ya’ni karvon yo’llarida joylashgan aholi manzilgohlari savdo va karvonlarga xizmat ko’rsatish orqali obod bo’lgan va taraqqiy etgan. Bu manzilgohlar ichida oʼzining koʼlami va kattaligi jihatidan ikkitasi Sayxunobod tumanidagi Nurota va Xovos tumanidagi Koʼhna Xovos yodgorliklarini ajratib koʼrsatish mumkin3. Koʼhna Xovos xarobasi ikki qismdan, yaʼni shimoli-gʼarbdagi mahobatli arki-aʼlo, unga tutash devorlar bilan ajratilgan shaxristondan tashkil topgan. Shu bilan birga, yodgorlik oʼzining mustahkam mudofaa inshootlariga ega, strategik jihatdan har tomonlama qulay joylashgan bo’lib, Ustrushona hududidagi muhim ahamiyatga ega boʼlgan arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Oʼrta asrlar yozma manbalarida keltirilishicha, Xovos, Samarqanddan sharqqa yoʼnalgan yoʼlning chorrahasida joylashgan. Undan bir tarmoq Kurkat orqali Xoʼjand va Fargʼonaga, ikkinchisi Sirdaryo kechuvidan soʼng shimolga, yirik Banokat (Shohruxiya) shahriga va undan esa ikkinchi yirik shahar Xarashkentga va nihoyat, Choch poytaxti Binkatga borilgan. Yilnomalarda savdo va harbiy yoʼllar haqidagi esdaliklarda Koʼhna Xovos shahri savdo yoʼli chorrahasidagi manzilgoh sifatida koʼp bora eslatilgan boʼlsada, biroq bevosita shahar toʼgʼrisida maʼlumotlar keltirilmagan.Yodgorlikda ilk arxeologik qazishmalar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya Instituti Sirdaryo otryadi tamonidan 1988 - 1989-yillarda olib borilgan bo’lib, natijada uning eng quyi qatlamlaridan (tin yerga yeta olmagan bo’lsada) olingan arxeologik manbalar manzilgohning kamida mill avvalgi I va millodiy I asrlarda paydo bo’lganini ko’rsatdi. Keyingi tadqiqotlar 2003-2004 - yillarda olib borilgan bo’lib buning natijasida bu yerda milloddan avvalgi II asrning birinchi yarmiga oid ilk ellin davri devori qoldiqlari ochilagan va mazkur devor qadimgi madaniy qatlamlar ustiga qurilganligi aniqlangan. Bundan tashqari, Koʼhna Xovos xarobasi oʼrnida miloddan avvalgi VI-IV asrlarda katta bir qishloq manzilgohi boʼlganligini va uning asosida keyinchalik shahar vujudga kelganligini taʼkidlab oʼtgan1.


Yodgorlikda soʼnggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda qoʼlga kiritilgan maʼlumotlar asosida quyidagi xulosa va fikr mulohazalarni bildirib oʼtish mumkin:
Yodgorlikda qoʼlga kiritilgan qadimgi davrlarga ta`lluqli arxeologik materiallarning ilmiy tahlilini koʼrsatishicha, bu yerda shaharga xos boʼlgan xususiyatlar, yaʼni arki aʼlo, mudofa devori bilan oʼrab olingan shahriston, mudofa inshootlari qurilishi, aholi yashaydigan turar-joy massivlarini mavjudligi va topilgan moddiy madaniyat namunalari Koʼhna Xovosni shahar toifasiga kiritish uchun yetarli manba boʼlib xizmat qiladi. Shuning bilan birga Eylaton madaniyatiga xos boʼlgan angob bilan bezak berilgan kulolchilik idish boʼlaklari qayd qilinishi yodgorlik oʼrnida miloddan avvalgi VI-IV asrlarda katta bir qishloq manzilgohi boʼlganligini va uning asosida keyinchalik, yaʼni Buyuk Ipak yoʼli faoliyati boshlangandan soʼng shahar vujudga kelganligini taʼkidlab oʼtish mumkin2.
Yodgorlikning shahristonida olib borilgan tadqiqotlar davomida soʼnggi antik va ilk oʼrta asrlarga oid ikki xoʼjalikga tegishli turar -joylarining oʼrni ochilganligi ta`kidlab o’tilgan. Ushbu uyning xonalari va hovli qismlarida turli xil shakldagi oʼchoqlar aniqlangan. Ular shaklan va joylashgan oʼrniga qarab taom pishirish, xona isitish, olovga topinish va metall eritish oʼchoqlariga ajratilib, oshxona va xona isitish oʼchoqlari shaklan hozirgi davrdagi oʼchoqlar shakliga oʼxshashligi kuzatiladi. Bundan koʼrinib turibdiki, qadimda ota-bobolarimiz mukammal shaklga ega boʼlgan oʼchoqlarni ixtiro qilganligidan guvohlik beradi. Bundan tashqari, bu yerda olovga topinish oʼchoqlarining xonalarda qayd qilinganligini inobatga olib aytadigan boʼlsak, ushbu xonalar oilaga tegishli ibodatxona vazifasini ham bajarganligini va metall eritish qoʼralarining uy hovlilarida joylashishiga qaraganda, ular umum jamoaga tegishli boʼlmay, balkim oilaga qarashli shaxsiy ishlab chiqarish bilan bogʼliq qoʼralari boʼlganligini yaqqol isbotlab turibdi
Tadqiqotchilar fikriga koʼra, yodgorlik ikki qismdan, yaʼni shimoli-gʼarbdagi mahobatli arki aʼlo hamda shaxristondan iborat boʼlganligi va uning umumiy maydoni 12 gektarni tashkil qilgan. Yodgorlik tashqarisidagi hududlarning madaniy qatlamlarni oʼrganish maqsadida qazilgan chuqurlarda (shurf) olib borilgan tadqiqotlarning koʼrsatishicha, ushbu chuqurlarning baʼzilarida XI-XII asrlarga tegishli pishiq gʼishtdan terilgan yoʼlak va toshdan terilgan fundament qoldiqlari aniqlangan. Bundan koʼrinib turibdiki, shahriston tashqarisida oʼrta asrlarda rabot boʼlganligida va yodgorlikning bu davrdagi maydoni bir necha oʼn gektardan oshiq boʼlganligini koʼrsatmoqda1.
Tadqiqotlar davomida qoʼlga kiritilgan noyob topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ustrushona aholisi qadimdan Fargʼona, Choch, Baqtriya, Soʼgʼd va boshqa hududlar bilan doimo siyosiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarda boʼlgan. Ushbu savdo yo’llari tufayli Ustrushona savdogarlari ham o’zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etganlar. Ushbu yo’lda joylashgan aholi punktlari savdo – sotiq va o’tayotgan karvonlarni mahsulotlar bilan ta’minlashi natijasida gullab yashnagan2.
Tadqiqod natijalaridan xulosa qilishimiz mumkinki, Ko’hna Xovos yodgorligini Ustrushonadagi eng qadimiy yodgorliklardan biri deb hisoblashimiz mumkin, shu jumladan Buyuk Ipak Yo’li chorrahasidagi o’zining savdo – sotiq va mahsulotlari bilan ancha taraqqiy etgan shaharcha hisoblangan.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish