Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”



Download 1,55 Mb.
bet73/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Axsikent qilichlari
Nabijonov O. GulDU talabasi.

Tarixdan malumki, O’rta Osiyo hududida qadimdan ko’plab xalqlar aholisi istiqomat qiligan. Bu hudud o’zining qulay iqlimi va sharoiti bilan eng qadimdan odamlarning e’tiborini o’ziga qaratib kelgan. Shu sababli O’rta osiyo hududida ko’plab sivilizatsiya o’choqlari vujudga kelgan. Jumladan Farg’ona vodiysida ham ko’plab tarixiy shaharlar mavjuddir. Bulardan biri Qadimiy Axsikent shahridir. Bu shahar manbalarda Axsikent, Axsikat shaklida uchraydi. Axsikent Shahri o’rni hozidgi Namangan viloyatidagi To’raqo’rg’on tumanidagi Shahad qishlog’i o’rnida, Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan. Tarixiy malumotlarga qaraganda bu shahar miloddan avvalgi III-II asrlarda vujudga kelgan. Axsikent IX-X asrlarda Fargona vodiysining poytaxti bo’lgan. Lekin, afsuski, 1219-yildagi Mo’g’ullar hujumi natijasida butunlay vayron etilgan. Keyinchalik uning o’rnidan 5-7 km G’arbda Axsi shahri XIV-XVII asrlarda bunyod etilgan. Lekin afsuski 1620-yilgi zilzila natijasida vayron bo’lgan. Axsikentni arxeologik jihatdan o’rganish 19-asr oxiri 20-asr boshlarida boshlangan. 1885-yilda N.I.Veselovskip, 1914-yilda A.I.Kastane qazish va qidiruv ishlarini olib borgan. Keyinchalik Axsikentni M.Ye Masson 1939-yilda A.N.Bernishtam 1948-yillarda o’rganganlar. O’rganishlar natijasida Axsikent ark, shahriston va rabotdan iborat bo’lganligi, Shaharning har uchchala qismi ham alohida devorlar bilan o’rab olinganligi, Arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor va jome masjidi, pishshiq g’ishtdan qilingan hovuz va ariqlar rabotda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud bo’lganligi aniqlangan.


O’rta Osiyoda hunarmandchilikning turli sohalari nihoyatda taraqqiy topgan. O’rta Osiyoda hunarmandlarining yasagan buyumlari nafaqat o’siyoda balki butun jahonga mashhur bolgan, hunarmandlarning dovrug’ini butun dunyoga taratgan. Hususan, qattiq metallarga ishlov berish borasida Farg’ona hunarmandlari tengsiz bo’lganlar. Farg’ona vodiysida V-VII asrlardayoq tog’-kon sanoatining rivojlanishi, jumladan qattiq metalarning qazib olishi bu sohaning rivojiga ijobiy tasir ko’rsatgan. Jumladan Axsikentda ham hunarmmandchilikning temirchilik yo’nalishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Dunyoga dong’i ketgan Damashq qilichlarining asli Vatani ham Axsikent ekanligiga bir qancha dalillar mavjud. Shu o’rinda Damashq qilichlari haqida toxtalib o’tsak. Bu qilichlar haqida ko’plab mashhur afsona va rivoyatlar ham Damashq qilichlarining qanchalik mashhur ekanligidan dalolatdir.
XI asrning oxiridan to XIII asrning so‘nggigacha g‘arbiy yevropalik ritsarlar O‘rta Sharq mamlakatlariga sakkiz marta yurish qilib, deyarli har safar mag‘lubiyatga uchragan. Tarix sahifalarida “Salb yurishlari” nomi bilan atalgan bu jangu jadallar Yevropaga o‘ta sirli xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan Damashq qilichining shon-shuhratini ma’lum qildi. Dami toshni kesadigan, jilosi dushmanning ko‘zini qamashtirib, dovdiratib qo‘yadigan bu qilich haqidagi afsonalarni eshitgan har qanday odam uni bir marta ko‘rishni orzu qiladi.
Damashq qilichi yuzasidagi tabiiy to‘lqinsimon naqshlari, egilganda ham yoy shakliga kirishi, ya’ni o‘zining bukiluvchanligini saqlab qolishi, toshni ham sariyog‘day kesish qudratiga ega ekani bilan ajralib turgan. U temirga zarb bilan urilganda ham tig‘i o‘tmaslashmagan.
XIX asrning boshlarida yevropalik mashhur olim Maykl Faradey qilichning tarkibini aniqlashga harakat qiladi. U asli temirchining o‘g‘li bo‘lib, otasining ustaxonasida bu qilich haqida ko‘p hikoyalar eshitgan edi. Olim 1819 yili bu shamshirning tarkibida kremniy va alyumin qotishmasi bor degan taxminni ilgari surib, matbuotda chiqishlar qila boshlaydi. Uning bunday maqolalari Fransiyalik olim Jon Robert Breanni ham qiziqtirib qo‘yadi. U ham qilichning qanday yasalganini aniqlashga jazm qilib, uning xomashyosi bo‘lgan qimmatbaho po‘lat aslida uglerod bilan to‘yinganini aniqlaydi. Ammo baribir kutilgan natija chiqmaydi.
XIX asrning birinchi yarmida rus olimi Anosov qilichning yasalishini ilmiy taxminlar asosida o‘rganib chiqib, nihoyat, shunday sirli qilich yasagan. Lekin olimning o‘limidan keyin uni o‘g‘irlab ketishadi.
Xullas, metallurgiya sohasining har qanday yetuk olimi yoki har bir temirchi albatta, bu shamshirning sirli xususiyatlari haqida eshitadi, ammo uni yasashning ilojini topa olmaydi. Oxiri qilichning sifatini XX asrdagi kosmik taraqqiyot natijalari bilan tenglashtirishdi.
Olimlar oldida yana bir muammo ko‘ndalang turardi. Ya’ni ba’zilar shamshir dastavval Xitoyda yasalgan desa, ba’zilarning fikricha, bu qadim sivilizatsiya markazlaridan bo‘lgan Hindistonda tayyorlangan. Yana ko‘plar uni nomiga ishora qilib — Suriyada, ya’ni Damashqda yasalgan degan fikrni ham ilgari surishardi. Odamlar qilichning tarkibida nimalar borligini va qanday yasalganini tasavvur qila olmaganlari kabi uning Vatani aslida qaerda ekanini ham bilmaganlar. Shunday qilib, sirli xususiyatga ega qilich haqidagi afsonalar VIII asr davomida insoniyatni hayratga solib keldi.
Nihoyat, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, arxeologik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, shamshir Movaraunnahr tuprog‘ida, aynan Farg‘ona vodiysidagi Axsikent shahrida yasalgani ma’lum bo‘ldi. Tarixiy ma’lumotlar shuni isbotlaydiki, Movarounnahrda temirchilik sohasi o‘rta asrlarga kelib, yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan. Farg‘ona, Samarqand va Buxoro shaharlarida qora metalldan yasalgan mahsulotlar V-VII asrlardayoq juda mashhur bo‘lgan.XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoga sayohat qilgan Xerman Vamberi ham Qarshi, Buxoro va Samarqand temirchilari yasagan mahsulotlar Angliyaning mashhur sanoat shaharlarida ishlab chiqarilgan metall mahsulotlaridan ustunligi haqida yozib qoldirgandi.
Londondagi “Collage London” arxeologiya instituti direktori, professor Tilo Rexren tarix fanlari doktori A.Anorboev rahbarligidagi bir guruh olimlar bilan hamkorlikda Axsikentda 5 yildan ortiq qazishma ishlarini olib borib, VIII-IX asrlarda mashhur bo‘lgan Damashq qilichi asli Far­g‘ona vodiysida yaratilganini butun dunyoga ma’lum qildi.
2019-yil sentabr oyidada Buyuk Britaniyaning London shahridagi mashhur Travellers Club klubida “Yangi Oʻzbekiston: Bebaho madaniy tashabbuslar” mavzuida media-ivent oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston madaniy merosini tadqiq etayotgan bir guruh britaniyalik olimlar va mutaxassislar taklif etildi.
Tadbirda bir qator qiziqarli maʼruzalar taqdim qilindi. Xususan, London universiteti kolleji Arxeologiya instituti ekspertlar guruhi oʻz taqdimotida Sharqda dovrugʻ taratgan Damashq poʻlati bugungi Oʻzbekiston hududidan qazib olingan temir rudalaridan ishlanganini maʼlum qilishdi. Doktor Milyana Radzyavovich boshchiligidagi olimlar guruhi bir paytlar Oʻzbekiston hududidan konlardan qazib olingan ruda namunalari, qimmatli togʻ jinslari va xomashyo mahsulotlarini tekshiruvdan oʻtkazib ana shunday qarorga kelishdi.
Milyana Radzyavovichning aytishicha, IX asrdan boshlab, Markaziy Osiyoda, xususan, bugungi Oʻzbekiston, Turkmaniston va Hindiston hududlarida bir qator poʻlatni qayta ishlash markazlari faoliyat koʻrsatgan.
“Muttasil savdo aloqalari va mahsulot ayirboshlash orqali ilk islom madaniyati davrida Markaziy Osiyoda ishlangan poʻlat Damashqqacha kirib borgan. Ushbu xomashyodan damashqlik ustalar dunyoga mashhur qilich va shamshirlarni yasashgan” deydi Radzyavovich.
Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov ushbu tadqiqotning ahamiyatini alohida taʼkidladi:
“Britaniyalik olimlarning ushbu izlanishlari biz uchun gʻoyat muhim. Hozir biz oʻta shov-shuvli kashfiyot ostonasida turibmiz. Bu kashfiyot nafaqat mashhur Damashq qilichlari haqidagi anʼanaviy tasavvurlarni oʻzgartiradi, balki Oʻzbekiston buyuk ipak yoʻlida qanchalik muhim rol oʻynaganini yana bir bor isbot etadi” – deya qayd etdi F.Abduxoliqov.
O‘zbekistonlik arxeolog Leonid Sverchkov ham bu mashhur qilichlar aynan Axsikentdagi 13000 S issiqlikka bardosh beradigan yashirin pechlarda yasalganini tasdiqlaydi. Yuqorida takidlab o’tganimizdek Ko‘hna Axsikent ayni paytda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududiga to‘g‘ri keladi. Dunyoda hech narsa izsiz yo‘qolib ketmaydi deganlaridek, bugun aynan shu yerda yasalayotgan Chust pichoqlarining dovrug‘i dunyoga dostonligi ham so‘zimiz isbotidir. Qilich Axsikentda tayyorlangan ekan, lekin u nega tarix sahifalariga boshqa nom bilan kirib qolgan degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Ritsarlar qilich Damashqda yasalgani uchun emas, balki uni Damashq shahrida ilk bor uchratganlari uchun Damashq shamshiri deb ataganlari ehtimoldan uzoq emas. Qolaversa, arab tilida “damas” so‘zi suv ma’nosini bildiradi. Yevropaliklar suv gulli qilichni Damashq qilichi deb noto‘g‘ri talaffuz qilganliklari oqibatida o‘zgarib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Axsikent qilichi nega Damashq qilichi deb nomlangani mana shu o‘rinda yaqqol oydinlashadi.
Yillar o‘tgach, bu qilich oddiy temirdan emas, balki noyob po‘latdan yasalgan degan fikr ilgari surilgan. Aytish lozimki, po‘lat ham aynan Farg‘ona vodiysi hamda Forish tog‘i etaklaridan qazib olingan. Mash­hur tarixchi ibn Xo‘kal ham Farg‘ona po‘lati haqida “... uni istagan shaklga solib, ishlov berish mumkin” — deb yozib qoldirgan. Yevropalik olimlar qilichni keyinchalik Damashq qilichi emas, Damashq bo‘lati deb atay boshlaydilar. Qizig‘i shundaki, hozir tilimizdagi po‘lat so‘zi qazib olinayotgan metallni anglatsa, yevropalik olimlar tomonidan muomalaga kiritilgan “bo‘lat” so‘zi qilich ma’nosini bildiradi.
XV asrda qabristondan qilich yasash siri bayon qilingan bitik topiladi. Muttasil izlanishlar olimlar va temirchilarni har xil afsona-yu cho‘pchaklarga ham ishonishga majbur qilgan. Hatto tajriba sifatida qilich yasab bo‘linganidan so‘ng u shom tushish arafasida uch yashar bolaning peshobi bilan yetti kun yuvilib, keyin baquvvat qulning badaniga qayralgan. Shunga o‘xshash yana o‘nlab taxminlarga asosan qilich yasab ko‘rilganda ham baribir kutilgan natijani bermagan. Ammo sifati pastroq bo‘lsayam Axsikent qilichining 26 turi paydo bo‘lgan.
Mazkur afsonaviy shamshirlarning yasalish siri bizgacha saqlanib qolinmaganining bir qator sabablari bor. Avvalo, 5 kilogramm oltin narxiga teng bo‘lgan bunday qilich yasaydigan ustalar juda kam bo‘lgan. Ular ham 5-10 ta qilich yasaganidan so‘ng zudlik bilan qatl etilgan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Boisi shohlar bunday shamshirlarga qancha ko‘p ega bo‘lishni xohlasalarda, vaziyat taqozosiga ko‘ra, uning dushman qo‘liga tushib qolishidan ham shuncha cho‘chiganlar.
Amir Temurning ham o‘z qilichsozi bo‘lgan ekan. Usta sohibqironga doimiy ravishda afsonaviy “belbog‘ qilichi” yasab bergan. Bu shamshir dami o‘tkirligidan tashqari undan bemalol belbog‘ sifatida foydalansa bo‘lgani bilan boshqalaridan yaqqol ajralib turgan. U oddiy jangchilarga emas, aksincha boshqa yurt­larda kezib yuradigan xufyalargagina berilgan, xolos. Ko‘rgan odam ularda hech qanday qurol yo‘q deb o‘ylagan. Bu xufyalarning har qanday qaltis vaziyatdan osonlik bilan chiqib ketishlariga zamin hozirlagan. O‘zFA Sharqshunoslik institutining Sharq qo‘lyozmalari fondi mudiri, tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy o‘zining “Amir Temur shamshirsozlari” kitobida yozishicha, qilich yasovchi usta noma’lum sabablarga ko‘ra, Amir Temurning g‘azabiga uchrab, oila a’zolari bilan birga qatl etiladi.
Axsikent qilichi insoniyat yaratgan olamshumul kashfiyot. Ammo uning yaratilishi hamon sirli jumboq bo‘lib qolmoqda. Uning zamirida buyuk bobokalonlarimizning, qomusiy olimlarning ilmiy kashfiyotlari borligiga shubha yo‘q. Chunki bunday qilich faqatgina fizika, ximiya va matematika kabi aniq fanlarning umumlashgan bir qonuniyati asosida vujudga kelishi mumkin.
Hozirda bu noyob Dunyoga damashq qilichlari nomi bilan tanilgan Axsikent shamshiridan biri Axsi Asoru Atiqalar muzeyida 510-esponat sifatida saqlanmoqda.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish