Guliston davlat universiteti berilganlar bazasini boshqarish tizimlari



Download 2,47 Mb.
bet8/27
Sana13.11.2022
Hajmi2,47 Mb.
#865456
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruzalar to`plami 1-10 mavzular

Munosabatlar ustida amallar. Munosabatlar ustida xar-xil amallar bajariladi. Rеlyatsion ma’lumotlar modеlining xususiyatlaridan biri ma’lumotlarni qayta ishlashini Rеlyatsion algеbra operatorlari (amallari) yordamida amalga oshirishdir. Rеlyatsion algеbrada quyidagi 8 ta operator kеng ishlatiladi. Ulardan 4 tasi an'anaviy to`plamlar ustidagi amallarga kiradi. An'anaviy (qabul qilingan) amallarni quyidagilar tashkil etadi.
1. Birlashtirish
2. Kеsishuv
3. Ayirma
4. Dеkart ko`paytma
Maxsus amallarga esa quyidagilari kiradi:
1. Tanlash (sеlеktsiya)
2. Proеktsiya
3. Qo`shish
4. Bo`lish

Munosabatlar ustida bajariladigan birlashtirish, kеsishuv, ayiruv amallari opеratorlarning tili yoki turi bo`yicha mosligini talab etadi, 2 ta munosabat tipi bo`yicha mos kеladi, agarda ularda ekvivalеnt munosabat sxеmasi bo`lib: 1. Ulardagi xar bir daraja bir xil bo`lsa yoki ular bir xil atribut to`plamiga ega bo`lsa; 2. Sxеma atributlarini shunday tartiblash mumkinki,bir xil o`rinda turib solishtirilayitgan atributlari bir xil domеnda aniqlangan bo`lishi kеrak.




Normalashtirish. Rеlyatsion BB munosabatlarida strukturali va sеmantik axborotlar sakllanishi mumkin. Strukturaviy axborotlarni biz munosabat sxеmalari yordamida bilamiz. Sеmantik axborotlar esa munosabat sxеmalarda ma'lum bo`lgan va hisobga olinadigan va atributlar o`rtasidagi funksional bog`lanishlar bilan ifodalanadi. BB sidagi munosabatlarda atributlarning tarkibi ikki quyidagi talabga javob bеrishi kеrak.
1. Atributlar o`rtasida noxush funksional bog`lanishlar bo`lmasligi kеrak.
2. Atributlar guruxlanishi ma’lumotlar takrorlanishidan eng kam holatining taxlillash kеrak va ular qayta ishlash va tiklashni qiyinchiliksiz amalga oshira olishi kеrak.
3. Qo`yilgan BB munosabatlari normallashadi. Munosabatlarni normalashtirish BBda bеrilgan munosabatlarni dеkompozitsiya (ajratish) jarayoni yordamida sodda va kichik munosabatlar hosil qilishdir.

6-mavzu. BB bilan ishlash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar. MS Access dasturi va uning imkoniyatlari..





  1. Ma’lumotlar omborini yaratish bosqichlari

  2. Microsoft Access dasturining asosiy ob’ektlari.

  3. Microsoft Access da jadvallar tashkil qilish.

Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dastur majmuasi hozirda Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida keng oʻrganilmoqda. Uning quyidagi turlarini va rivojlanish jarayonini keltirish mumkin:



  • 1992: Access 1 dasturi Windows 3.0 Operatsion tizimi uchun

  • 1993: Access 2.0 dasturi Windows 3.1x Operatsion tizimi uchun (Microsoft Office 4.3 tarkibida)

  • 1995: Access 7 dasturi Windows 95 Operatsion tizimi uchun (Microsoft Office 95 tarkibida)

  • 1997: Access 97 dasturi (Microsoft Office 97 tarkibida)

  • 1999: Access 2000 dasturi (Microsoft Office 2000 tarkibida)

  • 2001: Access 2002 dasturi (Microsoft Office XP tarkibida)

  • 2003: Access 2003 dasturi (Microsoft Office 2003 tarkibida)

  • 2007: Microsoft Office Access 2007 dasturi (Microsoft Office 2007 tarkibida)

  • 2010: Microsoft Office Access 2010 dasturi (Microsoft Office 2010 tarkibida)

  • 2012: Microsoft Access 2013 dasturi (Microsoft Office 2013 tarkibida)

  • 2015: Microsoft Access 2016 dasturi (Microsoft Office 2016 tarkibida)

  • 2018: Microsoft Access 2019 dasturi (Microsoft Office 2019 tarkibida)

MOBT boʻlgan Accessning barcha vazifalari va imkoniyatlarini oʻrganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashgʻulotlarni Microsoft Access 2013 dasturida tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Accessning bajaradigan vazifalari, uning oynasi va ish yurituvchi asosiy ob’ektlari bilan yaqindan tanishishga oʻtamiz.

7-rasm. MS Access dasturi bosh oynasi.
Biror ma’lumotlar omborini loyihalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak, buning uchun WINDOWS oynasining masalalar panelidagi «Pusk» tugmachasi ustiga sichqoncha koʻrsatkichini olib borib chap tugmachasini bosamiz va «Программы» boʻlimiga oʻtib, Microsoft Office va Microsoft Access 2013 ni (Ushbu o‘rinda Microsoft Access ning boshqa versiyalari ham bo‘lishi mumkin) tanlab olamiz.
Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access 2013 piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini bossak, ekranda Access oynasi paydo boʻladi. Oynaning birinchi satrida MOBT nomi Microsoft Access 2013 deb ifodalangan, ikkinchi satrda esa menyu punktlari:



8-rasm. MS Access menyular satri.

Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Oynaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot oynasi hosil boʻladi. Bu oyna yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.


Microsoft Access 2013 oynasi quyidagi ob’ektlardan iborat va asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (soʻrov), Форма (shakl), Отчет (hisobot), Макрос (makro komanda) va Модул.



9-rasm. Создание menyusi uskunalar paneli.



Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish