Guliston davlat universiteti berilganlar bazasini boshqarish tizimlari



Download 2,47 Mb.
bet1/27
Sana13.11.2022
Hajmi2,47 Mb.
#865456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruzalar to`plami 1-10 mavzular


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari

Ma’ruzalar to‘plami


1-10 mavzular

Guliston – 2021


1-mavzu: Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari faniga kirish. Berilganlar bazasini boshqarish texnologiyalari.


Asosiy savollar:

  1. Fanning maqsad va vazifasi.

  2. Ma’lumotlar bazasi haqida umumiy ma’lumotlar.

  3. Ko’p foydalaniladigan tixzimlardagi BBBT.

  4. Foydalanuvchi tomonidan BBBTni tanlash mezonlari.

Hozirgi vaqtda ko’pgina mamlakatlar axborot texnologiyalar sohasida rivojlanish yo’liga o’tib, axborotlashgan jamiyat qurishga intilmoqdalar. Axborotlashgan jamiyatga yaqin turgan mamlakatlar sifatida AQSh, Yaponiya, Angliya va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.


Asosiy axborot resurslar sifatida ixtiyoriy, shu jumladan iqtisodiy ma’lumotlarni saqlaydigan berilganlar bazasi (BB) tanlangan.

BB quyidagi imkoniyatlarga ega:



  1. Katta hajmdagi har xil shakldagi axborotni birmuncha ratsional usulda saqlash;

  2. Kerakli axborot bazasiga tez ega bo’lish;

  3. Yopiq axborotga ega bo’lish imkoniyatini ishonchli cheklash.

BB bilan bevosita ishlaydigan tizimlar Berilganlar Bazasini Boshqarish Tizimlari(BBBT) deb yuritiladi.


Bu kursda BBni BBBT yoki programmalash tili yordamida loyihalashtirish muammolari ma’lum bir masalalar asosida ko’rib o’tiladi.


Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda berilganlar bazasi bilan ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo’yicha mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida turli arxitekturali (lokal yoki mijozG’server) BBBT larni yaratishni o’rgatishdan iborat.
«Berilganlar Bazasini Boshqarish Tizimlari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
- berilganlar bazasini yaratish tizimlari, ularning arxitekturasi va berilgan arxitekturaga mos yaratilgan yangi kompyuter texnologiyalarini bilishi kerak;
- berilganlar bazasini yaratishdagi ma’lum asosiy qoidalarni (berilganlar bazasidagi jadvallarda axborotning minimal etarliligini ta’minlash, berilganlar bazasini normallashtirish, berilganlar bazasidagi jadvallar aro bog’lanishlarni saqlash va berilganlar bazasidagi axborotni himoya etish) qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- ikki va uch bo’g’inli berilganlar bazasini boshqarish tizimlarini loyihalash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Ma’lumotlar bilan amaliy ishlarning ilk tizimlari axborotlarni ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuziladi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni qo’shish va yo’q qilish kabi tushunchalardan iborat. Ma’lumotlar va dastur o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni o’zgartirishda yo dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan buzish zarur bo’ladi.
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa qiyinchiliklar ma’lumotlar bilan amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablar shakllanishiga olib keladi. Asosiy talablardan biri – ma’lumotlarning mustaqilligi yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan ajratish edi. Bunda hamma ma’lumotlar ko’p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo’lgan holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi – axborotlar tizimlarining eng muhim tarkibiy qismi. Oxirgi foydalanuvchi va ma’lumotlar bazasi ma’murining ishini engillashtirish uchun BBBT yaratilgan edi. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. BBBT dastur va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo’lib, foydalanuvchi shu tufayli faqat ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etishnigina tasavvur qiladi. Ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etish uni fizik amalga oshirishdan (ya’ni tashkil etish va fayllarni ishlashdan) sezilarli farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilarning ixtiyorida talablar tili bo’lib ular yordamida foydalanuvchilar ma’lumotlarni tanlaydi va o’zgartiradi. Quyidagi 1.1-rasmda BBBTning yangi standartlarini qo’llayotgan yoki qo’llamayotgan foydalanuvchining holatlari ko’rsatilgan.
Mantiqiy tuzilish fizik (jismoniy)dan ajratilsa axborotlarning taqdim etishning bir qancha bosqichlari paydo bo’ladi. Natijada turli bosqichlardagi ancha murakkab dasturiy ta’minlash yuzaga keladi. Eng yuqori bosqichda talablar tili avvaliga biror oraliq tartib tiliga uzatiladi. Bu tartib tili yordamida keyinchalik tanlash va boshqa amallar operatsiyalari bajariladi. Tartib tili, o’z navbatida, bevosita bajarish uchun mashina tiliga o’tkaziladi. Axborotlarni taqdim etish bosqichida aloqalarni saqlash va tashkil etishning barcha xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bu – ma’lumotlarga samarali assotsiativ kirishni ta’minlaydi. Qidirish ishonchli bo’lishi uchun kesishuvchi aloqalar va invertatsiyalashgan ro’yhatlar (yoki kataloglar) uchun ko’rsatkichlar to’plami kabi mexanizmlarni tizimga kiritish lozim.
1
Дастур
+
Маълумотлар-нинг мантиқий тузилмаси
+
Кириш усуллари
+
Аниқ бир мантиқий илова




Файлдаги маълумотларнинг жисмоний шакли



Фойдаланувчи


Дастур
+
Маълумотлар-нинг мантиқий тузилмаси
+
Кириш усуллари
+
Аниқ бир мантиқий илова




Фойдаланувчи


қайта ташкил этиш тузилмалари

ички схема




Файлдаги маълумотларнинг жисмоний шакли




МББТ қўллашгача
(файлли тизим)




МББТ қўллаш орқали
(маълумотларнинг мустақиллиги)

.1-rasm.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu xotiralarning qo’shimcha sarflanish, tanlash va xizmat ko’rsatish vaqtining ko’payishini talab qiladi. Bundan tashqari, tuzilmalarni qayta tashkil etish xato qilish xususiyatiga ega bo’lgan dasturlar bilan bajariladi. Tizimli dasturlar foydalanuvchilarga oson bo’lmaganligi sababli, bunday xatolarni faqat ancha mehnat talab qiladigan, ma’lumotlarni tasdiqlash jarayonlari orqaligina aniqlash mumkin. Bu turli xil axborot tuzilmalarini samarali ta’minlaydigan tizmilarni loyihalashni qiyinlashtiradi. Bu qiyinchiliklarni engish uchun zamonaviy BBBTlar quyidagi talablarni ta’minlashi lozim:



  • ma’lumotlarning mustaqilligi;

  • talablarning kuchli tili;

  • javob (sado berish)ning qisqa vaqti;

  • ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish.

Ma’lumotlarning mustaqilligi – BBBTga asosiy talab, talablarning kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida EHMlar yangi qurilmalarining ichida ulardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Bu quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning to’plamidir;
A) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan ta’minlash. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish (MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib o’tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so’zi ma’lumotlar tilini SIQQ, Paskal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. lekin ma’lumotlar tili universal tilga, masalan, SIQQ, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday holda dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma’lumotlarning tilosti deb ataladi;
B) foydalanuvchi ma’lumotlarining modelini qo’llab-quvvatlashni ta’minlash. Ma’lumotlar modeli – ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir;
V) aniqlash, yaratish va mantiqiy ma’lumotlar bilan amallar bajarish (ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo’q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT vazifalarini amalga oshiruvchi dasturlarni ta’minlash;
G) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlash. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo’lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, BBBT ko’plab foydalanuvchilar ishi jamoa rejimida ta’minlashga mo’ljallanadi.
Jamoa rejamida umumiy fizik ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Bu turli foydalanuvchilarning ishida aynan bir xil ma’lumotlarning muvofiqligini ta’minlashni talab qiladi. Nomuvofiqlikning tipik misoli bir vaqtdagi modifikatsiyalarni noto’g’ri boshqarishda yuzaga keladi. O’zgartirishlarda yo’qotib qo’yish va noto’g’ri axborot berish kabi muammolar quyida (himoyalash va yaxlitlashga bag’ishlangan bo’limlarda) ko’rib chiqiladi. ko’p mahsulot sotish yoki bir o’ringa bir nechta chipta sotishlar bunga misol bo’ladi. Yaxshi BBBT ma’lumotlar bazasidan foydalanishda ehtimol tutilgan nomuvofiqliklarni nazorat qilish mexanizmini ta’minlash lozim.
BBBT o’z tasniflanishining muhim belgilaridan biri bo’lgan ma’lumotlar modeli turlaridan birini (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) ta’minlaydi. BBBT ma’lumotlar bazalarining ko’pmaqsadli tavsifini, ma’lumotlarni hisg’moyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar tilining mavjudligi BBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi.
BBBTning asosiy vositalari quyidagilar

  • ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;

  • ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan ekran shakllarini loyihalash vositalari;

  • berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;

  • foydalanuvchiga qulay ko’rinishda ishlov natijalarini bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar bazasidan hisobot yaratish vositalari;

  • til vositalari – makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshqalar), talablar tili (QBE –Query Example, SQL ) va h.k. Ular ma’lumotlarni ishlashning nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash tartiblarini bajarish uchun qo’llaniladi;

  • ma’lumotlar bazalari bilan ishlash turli operatsiyalarini yagona texnologik jarayonga birlashtirishga imkon beruvchi foydalanuvchi ilovalarini yaratish vositalari (ilovalar generatorlari, menyu va ilovalarni boshqarish yo’laklarining vositalari).

Ma’lumotlar bazasi – BBBT vositalari orqali mashina «tashuvchi»da hosil qilingan ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni minimal takrorlash orqali mantiqiy bog’langan ma’lumotlarning qo’shilishi ta’minlanadi. MB o’zaro bog’langan ob’ektlarning ba’zi mantiqiy modelini aks ettiradi. Ma’lumotlar bazasi BBBTda ta’minlanadigan model va ma’lumotlar tuzilmalariga muvofiq tashkil etiladi.

Ma’lumotlar bazasi, qoida tariqasida, ko’p foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’zi ichiga oladi. Bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotlar bazasiga kirishi BBBTni shaxsiy kompyuterning lokal tarmog’iga ulanganda va ko’p foydalanadigan ma’lumotlar bazasi yaratilganda mumkin bo’ladi.


BBBT tarmog’i turli foydalanuvchilar ma’lumotlarining umumiy bazasiga kirishining cheklanganligini kuzatib boradi va foydalanuvchi bir vaqtda ma’lumotlarning umumiy bazasidan foydalanganda ma’lumotlar himoyalanganligini ta’minlaydi. Bir vaqtning o’zida bir necha mijozlar ma’lumotlardan foydalanganda ularning muvofiqligi, himoyalanishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Faylli server tarmog’ida ma’lumotlar bazasi serverda joylashishi mumkin. Bunda BBBT ishga tushadi va foydalanuvchilarning ish bekatlaridagi baza ma’lumotlarini ishlash amalga oshiriladi. Lokal tarmoqdagi faylli server tamoyili bir qator tarmoq operatsion tizimlari orqali bajariladi. Ularning eng ommaviylari Microsoft Windows NT va Net Novell 4.1. lardir.
“Mijoz-server“ tamoyilini quvvatlovchi tarmoqda kuchli mashinalar joylashgan va serverdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi, ularning yaxlitligi va saqlanganligi uchun javob beruvchi ma’lumotlar bazasining serveri ishlatiladi. Serverdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun tuzilmali talablar tili SQL (Structured Queries Language) qo’llaniladi. Mijozlar faqat o’zlarini lokal bazalari bilangina emas, balki serverda joylashgan ma’lumotlar bilan ham bir-birlariga ta’sir qilishlari mumkin. SQL ta’minlangan BBBT – mijoz serverga to’liq xajmda SQL talabini bilidirishi zarur ma’lumotlarni olishi, shuningdek yangilangan ma’lumotlarni yuborishi mumkin. Unda ma’lumotlarning umumiy bazasi bilan ish bekatlarida o’rnatilgan turli ko’rinishdagi BBBTlar faoliyat ko’rsatadi (agar ularda SQL ta’minlangan bo’lsa).
BBBTdan SQL ma’lumotlar bazalarining serverlariga ulashish ODBC drayverlari yordamida amalga oshiriladi. ODBC (Open Database Connectivity) – ma’lumotlar bazasiga kirishning ochiq standarti. SQL ma’lumotlar bazasi serverlari uchun standart qarorni ta’minlaydi.
BBBT va ma’lumotlar bazalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ma’lumotlarni bir marta kiritish va ularni muvofiqlashtirishning oddiyligini ta’minlovchi modelning turli ob’ektlarida ma’lumotlarning takrorlanishining yo’qligi;

  • ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;

  • ma’lumotlar bazasining yaxlitligi;

  • ko’p jihatli kirishning mumkinligi;

  • ma’lumotlarni har xil tanlash va ulardan foydalanuvchilarning turli topshiriqlari va ilovalardan foydalanish;

  • avariya holatlari, apparat va dastur buzilishi, foydalanuvchining xatolari paytida ma’lumotlarni himoya qilish va tiklash;

  • turli mijozlarning beruxsat kirishlarini cheklash vositalari yordamida himoya qilish;

  • ma’lumotlarni qayta ishga tushirmay ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiya qilish imkoniyati;

  • ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiyalashda dasturlarni saqlab turishga imkon beradigan, dasturlarning ma’lumotlarda mustaqilligini ta’minlash;

  • mashina «tashuvchisi»dagi ma’lumotlar bazasini joylashtirishni hajm-vaqt tavsifini yaxshilash maqsadida qayta tashkil etish;

  • oxirgi mijozga mo’ljallangan har qanday talab bo’yicha axborotlarni ma’lumotlar bazasidan chiqarib berishni va foydalanuvchi uchun qulay hisobot shakllari ko’rinishida taqdim etishni ta’minlovchi yuqori darajali talablar tilining mavjudligi.

BBBT mijozning turli predmet sohalari uchun amaliy ilovalarini yaratishning asosi hisoblanadi.

Foydalanuvchi tomonidan amaliy ilovalar uchun BBBTni tanlashi quyidagi ko’plab omillar bilan belgilanadi:



  • mavjud texnikaviy va dasturiy ta’minlash, ularning tashqi ko’rinishlari, operativ va disk xotiralari;

  • ta’minlanayotgan ma’lumotlar modelining turi, predmet sohasining xususiyati, axborotlar mantiqiy modelining topologiyasi;

  • foydalanuvchining ishlab chiqarilayotgan ilovalari ehtiyojlari;

  • ma’lumotlarni ishlashda mahsuldorlik ko’rsatkichiga qo’yiladigan talablar;

  • BBBTda zarur vazifalar vositalarining mavjudligi;

  • Mijozlarning malakasi, darajasi va BBBTda ishlab chiqarishning muloqot va MB bilan ishlash vositalari mavjudligi.

BBBTni o’rnatish. BBBT dastur mahsuloti bo’lib, amaliy dasturlar paketi ko’rinishida etkazilib beriladi. U shakllari, zahiralari va operatsion tuzilish, shuningdek, vazifalar to’plash uchun bo’lgan talablari hisobga olingan holda kompyuterga o’rnatilishi (installashtirilishi) zarur.
Bosqichma-bosqich joriy etish jarayoni. BBBTni o’rnatgach, MBni yaratish, jumladan MB tuzilmalarini joylashtirish, ma’lumotlarni kiritish, shuningdek BBBT funktsional imkoniyatlarda nazarda tutilgan har qanday harakatlarni bajarish mumkin. Shaxsiy kompyuterlarga mo’ljallangan BBBTlar etarlicha ixcham ekanligini esda tutish lozim. Bu foydalanuvchi ilovalarini ishlab chiqishning ilk bosqichlaridayoq MBning alohida qismlarini yaratishga kirishishga imkon beradi. Bunday MB ishlab chiqish chuqurlashgani sayin oson kengayishi va modifikatsiyalanishi mumkin. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyasi xodimlar tomonidan tez o’zlashtiriladi, BBBT imkoniyatlarini o’rganish va bosqichma bosqich joriy etish osonlashadi.
Ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini ishlab chiqish. BBBT asosida loyihalarni ishlab chiqish MB tuzilmasi bo’yicha qaror tayyorlashni nazarda tutadi. Bu qarorlar bevosita mashinadan tashqari muhit va MBni, uning zarur axborotlarga ega xujjatlarini, shuningdek bu axborotlarni joylashtirish va ishlash bo’yicha vazifalarni alog’goritmlashtirishni ro’yhatga olish bilan bog’liq.
MB tizimlarini ishlab chiqishning ilk bosqichida predmet sohasi axborotlarining mantiqiy tuzilishini aks ettruvchi axborot – mantiqiy modelni yaratish maqsadga muvofiq. Ma’lumotlarni me’yorlashtirish talablariga javob beruvchi bunday model, ma’lumotlarning relyatsion bazalarini yaratishga asos bo’ladi.
BBBT vositalari bilan ma’lumotlar bazasini yaratish. Ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasi tuzilmasiga muvofiq, «tashuvchisi»da uni BBBT vositalari bilan yaratish va eksplutatsiyaga kiritish amalga oshiriladi. MBni yaratish va eksplutatsiya qilish jarayonlarini ta’minlash uchun BBBT instrumental vositalari imkoniyatllarini bilish zarur. Bunda BBBT vositalaridan foydalanish texnologiyasiga amal qilish lozim. Bunday texnologiya MBni dastlabki kiritish, ishga tushirish, ma’lumotlarni nazorat qilish, o’zgartirishlar kiritish bo’yicha operatsiyalar bajarish, kerakli ma’lumotlar olish uchun talablardan foydalanish, MBni qayta tiklash va h.k. kabi barcha jarayonlarni belgilab berish kerak. Bu texnologiyaning muhim bosqichlaridan biri mashina tashqarisidagi muhitidagi xujjatlardan, ma’lumotlar bazasiga axborotlarni yuklash, ma’lumotlarni muvofiqlashtirish va ularni ko’rib chiqish uchun kiritish-chiqarish ekran shaklini tayyorlashdan iborat.
Ma’lumotlarni BBBT vositalari bilan ishlash. Ma’lumotlarni qo’shish, yo’q qilish, almashtirish, talablar tili, kiritilgan algoritmik til va BBBTning boshqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Talablarni bajarish menyudagi ko’rsatmalarning muloqotli tizimi yoki QBE misolidagi talablar yordamida ta’minlaydi. Birinchi holatda alohida talab BBBTning bir yoki bir necha buyruqlari bilan bajariladi. BBBTning tili buyruqlarining ketma-ketligi buyruq fayli - dasturni tashkil qiladi. Ikkinchi holatda – talabni bajarish uchun foydalanuvchi birin-ketin menyuning bir yoki bir necha bandini tanlab oladi yoki talabda tanlab tuziladigan misol (namunaning), shuningdek, zarurat tug’ilganda tanlash va hisoblash operatsiyalarining shartini ko’rsatadi. Bu operatsiyalarni (BBBT Paradox, Accecs) ma’lumotlari bilan bajarishi shart. Menyu buyruqlari va talablarning ketma-ketligi va makrodasturda xotirada saqlanib qolishi va kelgusida xuddi buyruq fayli kabi bajarilishi mumkin.
BBBT ishga tushiruvchi yoki dasturlashning baza tiliga ega bo’lishi mumkin. Ishga tushiruvchi tilni BBBTda universal algoritmik tillar (SQQ, Pascal va h.k)dan biri qo’llaniladi. Ishga tushiruvchi tilda yozilgan amaliy dastur BBBT buyruqlarini ishga tushiradi. Baza tili BBBTda ma’lumotlar bilan amallar bajarish opretsiyalaridan tahshqari turli hisoblashlarni va ma’lumotlarni ishlashga imkon beruvchi o’z algoritmik tili ishlatiladi. Tuzilmalashgan talablar tili SQL talablarning standart relyatsion tili hisoblanadi.
DOS muhitida ishlovchi tizimlar ichida ma’lumotlarning tarmoqli modeliga ega bo’lgan dBase (Ashton –Tate kompaniyasi), Paradox (Borland), R:base (Mierorim), Fox Pro (Fox Software), Clipper 5.0 (Nantucket), db-VISTA (Raima) kabi relyatsion BBBTlar eng ko’p ommaviylashdi.
Uzoq vaqt davomida Xbase standariga mos tushuvchi BBBTlardan keng foydalanildi. Biroq stolusti BBBTlari bozorida Xbase ulushi qisqarib bormoqda. dBase, Foxbase, FoxPro BBBT lari ushbu oila vakillaridir.

2-mavzu: Tranzaksiya. Kureor. Saqlovchi proseduralar va trigerlar



Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish