Guliston davlat universiteti berilganlar bazasini boshqarish tizimlari



Download 2,47 Mb.
bet5/27
Sana13.11.2022
Hajmi2,47 Mb.
#865456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruzalar to`plami 1-10 mavzular

Registr deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bo'lmagan o'zgartirishlar (chapga va o'nga surish)ni amalga oshiruvchi, hamda axborotni to'g'ri va teskari kodlarda uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va aksincha o'zgartirishda ham ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar hosil qiladi va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi hosil qilinadi. Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi. Registrlarning parallel, ketma-ket prinsipda ishlovchi, o'nga va chapga suruvchi, hamda reversiv turlari mavjud. Parallel prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar parallel yoziladi va o'qiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar ketma-ket yoziladi va o'qiladi. O'nga va chapga suruvchi registrlar kodlarni o'nga va chapga surish uchun xizmat qiladi.


trigger asosiy turlari

  1. Mos kelmaydigan, RS-arg'imchoq. R va S - Bu qurilma ikki barqaror davlatni va ikki usuli mavjud

  2. T-trigger - eng mashhur turi yarimo'tkazgich qurilmalar, u faqat bitta ma'lumot (T) usulidan ega, hali u schetnym.Sinhronny RS-arg'imchoq qo'shimcha nazorat qilish (C) usulidan ega deyiladi.

  3. D-arg'imchoq. Ushbu turdagi qurilmalar ham bir ma'lumot (D) usulidan bor va doim kechikish vakili.

  4. DV-tepki - mohiyatiga ko'ra, ayni D-arg'imchoq, lekin qo'shimcha (V) ega usulidan nazorat qiladi.

  5. JK-arg'imchoq. qurilma bu turi, deb ham mos kelmaydigan, dan, teskari tarjima qilingan hech RS-turi qurilma birikmalar bir qiymatini farq saqlanadi ma'lumot.

3-mavzu. Berilganlar bazasi arxitekturasi.

1. Berilganlar bazasi modellari.


2. Relyatsion model.
3. MBBT modullari.
4. MB maydonlarining xossalari

Berilganlar bazasi bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.


Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi sohasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qiladigan muammolaridan biriga aylanib borayotgan davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydlanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarni shunday tashkil qilar eldilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’ladi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinadi va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita shartni hisobga olish zarur:

  • ma’lumotlarning turi va ko’rinishi ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.

  • MBdagi kerakli ma’lumotlni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.

Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axbolrot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi.
Yozuv – o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga boqliq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon esa ma’lumotlarning qisqa to’plamidan iborat bo’lishi kerak. Har bir maydon o’zi ifodalaydigan ma’lumotlarga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
Masalan, biror oliy o’quv yurtini aniq fakultetida tahsil olayotgan bir guruh talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:

Familiyasi

Ismi

Tug’ilgan yili

Yo’nalishi

Guruhi

Qiziqqan fani

Irgasheva

Shahlo

02.10.80

Amaliy matematika va informatika

2-33

Informatika va dasturlash

Jahongirov

Hasan

15.09.81

Amaliy matematika va informatika

2-33

Internet texnologiyalari asoslari

Qurbonov

Abdurahmon

1.02.84

Matematika

2-24

Dasturlash asoslari

Norqulov

Xur-shid

10.04.83

Fizika

2-22

Matematik tahlil

Bu misolda to’rtta yozuv bo’lib, ularning har biri oltita maydondan iborat. Ushbu maydonlarning har biri mos ravishda «familiyasi», «ismi», «tug’ilgan sanasi», «yo’nalishi», «guruhi» va «qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar xajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MBni tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MB dan foydalanish uchun maxsus MBlari bilan ishlaydigan dasturlar kerak bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT - bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi - foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari, Hardware-texnik va Software-dasturiy taminoti ham MBBTning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilmadan iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:

  • Foydalanuvchi - dastur tuzuvchi;

  • sistemali dastur tuzuvchi;

  • ma’lumotlar bazasi administratori.

Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, sistemali dastur tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. MB adminastratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quydagicha tavsiflanadi:

  • Bajarilishi –(Ispolnimost)- foydalanuvchi so’roviga xozirjavoblik bilan muloqotga kirishish;

  • Minimal takrorlanishi – (Minimalnaya povtoryaemost) - MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi;

  • Yaxlitlik – axborotni MBda saqlashiloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani ayni muddao;

  • Xavfsizlik – (Bezopasnost) - MB ruxsat berilmagan kiritishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;

  • Migratsiya - ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun malumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari buyicha tavsiflanadi:

  1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.

  2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.

  3. Butunlikning cheklanganligi.

Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Daraxtsimon (iearxik) modellar.

  • Tarmoqli (to’rli) modellar.

  • Relyatsion modellar.

Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar bazasi modellarining faqat yuqorida qayd qilangan modeli mavjud deyish noto’g’ri. Chunki bulardan tashqari, yana ma’lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantik model kabi turlari mavjud. Lekin amalda, asosan, dastlabki ta’kidlangan 3 turdagi modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Daraxtsimon (iearxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. Iearxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, undan ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.

Relyatsion modellarda esa ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi ob’ektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.


Agar MBda ishtirok etadigan jadvallar o’zaro bog’langan bo’lsa, bunday MBni relyatsion turdagi MB deb atash qabul qilgan. Bunda jadvallarni o’zaro bog’lash uchun umumiy xususiyatga ega bo’lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan. Ushbu tushuncha ba’zan MBning kalitli maydoni deb ham ataladi. Jadvalning bunday bog’lanishi bog’lanish sexemasi deyiladi. MB doimo o’zgarib turadi: unga yangi yozuvlar, borlariga esa yangi elementlar qo’shiladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi quyidagi parametrlar bilan baholanadi:
1. Soddalik (Prostota).
2. Moslashuvchanlik (Gibkost).
3. Aniqlik (Tochnost), matematik aniq usullar bilan MB manipulyatsiya qilinadi.
4. Maxfiylik - (Sekretnost).
5. Bog’liqlik - (Svyazannost).
6. Bog’liqsizlik - (Nezavisimost).
7. Ma’lumotlar bilan murakkab amallarni bajarish tili.
Ba’zan MB ishlatilish samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham o’zgartirilib turiladi. Bu holda MBning shajaraviy va tarmoqli modellari vijudga keladi. MBni tashkil qilish, uni to’ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta’minoti bo’lish lozim. Bunday dastur ta’minoti MBBT deyiladi. Mazkur sistemalar bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat ko’rsata oladi, ya’ni ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishi foydalanishi mumkin. Bunday MBBTlarga quydagilar misol bo’ladi: Slipper, Paradox, FoxPro. Bunday MBBTlardan Windows muxitida ishlash imkoniyatiga ega Microsoft Works 3.0, yangi texnologiya asosida ishlay oladigan «klient-server» - SQL (Structured Query Language) Windows Solo kabilarni keltiriish mumkin. Ammo, bu turdagi MBBT juda qimmat bo’lgani uchun Microsoft firmasi Misrosoft Offise tarkibida (kichik va o’rta biznes xodimlari uchun juda qulay bo’lgan va burmuncha arzon) Microsoft Access (Access 2.0 va Access -9x)ni (Access o’zbekcha «kirish» degan so’zga mos keladi) ishlab chiqib, amalyotga tatbiq qildi. Access MBBT Visual Basis dasturlash muhitida yaratilgan. Accessning yana bir qo’shimcha qulayligi shundaki, bu dastur Microsoft Excel 9x,Word 9x va boshqa dasturlar bilan o’zaro bog’langan. Shuning uchun ham u yoki bu muhitidagi ma’lumotlarni import yoki eksport qilish imkoni mavjud, yani Access da tashkil etilgan ob’ektlar bilan MS Offise dastur muhitlari orasida ma’lumot almashish odatdagidek bo’ladi.
MBBT alohida olingan quyidagi modullardan tashkil topadi:

  • MBni boshqarish bloki – disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va sistemaning so’rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi.

  • Fayl menedjeri – ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o’rtasidagi bog’lanishni bajaradi;

  • Guery protsessor – ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi;

  • Prekompilyator DML (DATA Manipulation Language ) – ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:

  • MBdan ma’lumotlarni ajratib olish;

  • MBga ma’lumotlarni kiritish;

  • MBdan ma’lumotlarni olib tashlash;

  • MBni modifikatsiya (o’zgartirishlar) qilish;

  • Kompilyator DDL (Data Definition Language) – MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBTlar, asosan, relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarini yaratmoqda. Bu dastur vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional xujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MBlari bilan ishlashga mo’ljallangan Microsoft Access dasturi bo’lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo’lgan xujjatlar yaratishga yordam beradi.
Microsoft Access dasturi ham relyatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MBlari jadval ko’rinishida aks etadi. Bunda jadvallardagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, bo’linmas birligiga egalik rekvizit mos keladi.
Yozuv – mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi.
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bo’lib, quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:

  • uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib, baytlarda o’lchanadi);

  • nomi (maydonning o’ziga xos alohida xususiyati);

  • imzo (podpis) (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).

Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Matnli maydon.

  2. Sonli maydon.

  3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon.

  4. Mantiqiy maydon (1 yoki 0 ; ha yoki yo’q; rost yoki yolg’on kabi mantiqiy birliklar bilan ifodalanadi).

  5. Pul birliklarida ifodalangan maydon (raqamlar pul birliklari bilan birgalikda ifodalandi).

  6. OLE maydoni (shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar va video yozuvlar shaklida ifodalanadi).

  7. Memo maydoni - matn uzunligi 256 simvoldan uzun bo’lgan maydonda faqat matnning qaerdaligini ifodalovchi ko’rsatkich turadi. Bu holda har bir maydonda 65 535 simvol saqlanishi mumkin.

  8. Hisobchi (schetchik) maydoni – maydonda turgan ifoda avtomatik ravishda hisoblanib o’zgaradi.

Endi keng foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan va eng qulay bo’lgan relyatsion MBni tashkil qilish haqida bir oz to’xtalib o’tamiz.
4-Mavzu: Berilganlar bazasining relyatsion modeli. Bog‘lnishlar va atributlar.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish