1. Xotira elementlari – triggerlar.
2. Triggerlarning sinflanishi.
3. Registrlar.
Tizilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko’rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Foydalaniluvchi dasturlar ma’lumotlarni joylashishiga va ularni bir nechta foydalanuvchilar o’rtasida bo’linish usuliga bog’liq ravishda ma’lumotlar bazasi (MB) lokal va global MB ga bo’linadi.
Lokal MB
Lokal MB ning ma’lumotlari bitta (lokal) qurilmada, ya’ni kompyuter diski yoki tarmoq diskida (tarmoqda ishlayotgan boshqa bir kompyuter diski) joylashadi.
Ma’lumotlarni bir yoki bir nechta kompyuterlar o’rtasida taqsimlashni (ma’lumotlardan foydalanishga ruhsat berish) ta’minlash uchun lokal MB larda
fayllarni blokirovkalash usuli qo’llaniladi. Bu usulda, agar ma’lumotlar bir foydalanuvchi tomonidan foydalanilayotgan bo’lsa, boshqa boshqa bir foydalanuvchi bu ma’lumotlar bilan ishlay olmaydi, ya’ni ma’lumotlar uning uchun yopiq, blokirovkalangan.
Paradox, dBase, FoxPro va Access – lokal MB lardir.
Masofadagi (uzoqdagi) MB
Masofadagi MB larning ma’lumotlari (fayllari) uzoqdagi kompyuterda joylashadi. Masofadagi MB bilan ishlash dasturi ikki qismdan tashkil topadi: (kliyent) mijoz va server. Dasturning mijoz qismi foydalanuvchi kompyuterida ishlaydi va server dastrulari bilan muvofiqlikni ta’minlaydi.
Dasturlarning server qismi masofadagi kompyuterda ishlaydi va mijoz dasturlaridan so’rovlarni qabul qiladi, ularni bajaradi va ma’lumotlarni jo’natadi. So’rovlar SQL (strukturalashtirilgan so’rovlar) tili buyruqlari yordamida amalga oshiriladi. Masofadagi serverda ishlayotgan dastur shunday loyihalashtirilganki, ma’lumotlarga bir vaqtnin o’zida bir nechta foydalanuvchi murojaat qilishi mumkin. Shuning uchun ma’lumotlarga ruhsat (доступ)ni ta’minlash uchun fayllarni blokirovkalash mexanizmining o’rniga tranzaksiya mexanizmi qo’llaniladi.
Tranzaksiya – bu ma’lumotlar uzatilishi bilan ular ustida bajarilishi shart bo’lgan amallar ketma-ketligidir. Agar tranzaksiyani tashkil etuvchilari amallardan birida xatolik yuz bersa, u holda barchasi yangidan qayta bajariladi. Shunday qilib, tranzaksiya mexanizmi apparatli uzilishlardan himoyalanishni ta’minlaydi. Shuningdek, ma’lumotlar’lumotlarga ko’pfoydalanuvchilik ruhsatini berish imkoniyatini yaratadi.
Masofadagi Mblar bilan ishlovchi dasturlarni yaratish – murakkab masala. Uni yechish dasturchidan chuqur bilim va dastur tuzish bo’yicha yuqori malaka talab qiladi. Shuning uchun ushbu kitobda masofadagi MB larni yaratish to’g’risida to’xtalmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |