1-kazus
A. ismli fuqaro 50 yoshda vafot etdi. Jismoniy shaxs sifatida uning er va mol-mulk
solig'idan 5 million so'm soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, A.ismli
fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandigi 100 million qiymatdagi turar uy-joy meros
tariqasida qodirilganligi ma'lum bo'ldi.
S. ismli soliq organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga
soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborib, 1 oy ichida soliq qarzini to'lashi lozimligi
to'g'risida ogohlantirdi.
B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaro 5 million soliq qarzdorligini ushbu muddatda
to'laolmadi. Natijada, S. ismli soliq organi xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni
kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm soliq qarzdorlikni undirib oldi va qolgan pul
so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib berdi.
1. B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat
sub`yekti sifatida holatini tahlil qiling.
2. Ushbu holatda soliqlarni bo'lib-bo'lib to'lash huquqini qo`llash
mumkinligini tahlil qiling.
3. S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish tartibigi rioya
qilinganlik holatini tahlil qiling.
Yaxshi soliqlar hech qachon bo`lmaydi!
(U.Cherchil)
Asosiy muammoli vaziyatimizning tahliliga o`tishdan oldin, soliq huquqining
mazmuni, maqsad va vazifasi haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Bugun istalgan davlatning siyosatida soliq sohasini uchratish mumkin bo`lib,
soliqlar davlat byudjeti daromad qismini eng muhim umumdavlat xalq xo‘jalik
vazifalarini hal etish, davlat o`z siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
miqdorlarda shakllantirishni ta’minlash uchun qaratilgan.
Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng dolzarb muammolardan
biri – bu soliq munosabatlarini tartibga solish masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz
mavjud bo‘lishi mumkin emas. Soliqlar, ma’lum bir ma’noda, davlatning asosiy
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov soliqlarning
jamiyat hayotidagi o‘rni, inqirozga qarshi choralar dasturini hayotga tatbiq qilish
borasida ta’kidlaganidek, “Dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim
tadbirimiz – soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va
unifikatsiya qilish bo‘yicha xo‘jalik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
qo‘shimcha choralar ko‘rilganidir”.
1
Iqtisodiy nuqtayi nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat bo‘lib, ular
vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar,
ikkinchi tomondan, davlat bilan davlat mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha
munosabatlar amalga oshirilgan. Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining
asosiy qismi shakllantiriladi, ular Davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari
uchun foydalaniladi. Soliqlar – Davlat budjetining daromad qismiga o‘tkaziladigan,
yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va
fuqarolar tomonidan beg‘araz, muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovdir.
2
Davlat budjeti daromadlar qismining
asosiy
manbai
soliqlar
hisoblanadi.
Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb
qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xususiyatlar soliq
to‘lovlarining beg‘arazligi, majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi,
soliqning aniq miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan
iborat.
3
Shundan kelib chiqib, soliq tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish mumkin:
soliq − davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari
tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi.
Biz bugun berilgan masalani yoritishda quyidagi tushunchalarga murojaat
qilishimizdan kelib chiqqan holda ularning izohini berib o`tamiz:
1
Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. Ma’ruza. Soliq
va bojxona xabarlari. – 2010. 809-b.
2
A.Li O‘zbekiston Respublikasining moliya huquqi. Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev.
– T.: TDYI, 2004. – 398 b.
3
6
Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007.
Soliq huquqi – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish,
hisoblab chiqarish, to‘lash hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir.
Soliq solinadigan baza – soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy
to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va
boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Soliq solish obyekti – soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab
chiqarilishi va (yoki) to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk,
harakat, harakat natijasi.
Soliq munosabatlarining subyektlari – soliq to‘lash majburiyati yuklatilgan
yuridik va jismoniy shaxslar.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun
soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu
imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash
qoidalarini belgilaydi.
Soliq qarzi – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu
jumladan Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar.
Soliq majburiyati – soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq yuzaga keladigan majburiyati.
4
Endi bevosita berilgan muammoli vaziyatga qaytadigan bo`lsak, quyidagi
masalalarga to`xtalish orqali huquqiy baho berishga harakat qilamiz:
1. A. ismli fuqaroning vafot etishi natijasida jismoniy shaxs sifatida uning yer va
mol-mulk solig'idan 5 million so'm soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlanishi;
2. A.ismli fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandiga 100 million qiymatdagi turar
uy-joy meros tariqasida qodirilganligi natijasida qarzlarining ham unga o`tishi;
3. S. ismli soliq organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga
soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborib, 1 oy ichida soliq qarzini to'lashi
lozimligi to'g'risida ogohlantirilishi;
4
Raximova A., Xojiyev E. Moliya huquqi. Darslik. – T.:TDYI, 2002 y. Kirish qismi.
4. S. ismli soliq organi xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi
savdosida sotib, 5 million so'm soliq qarzdorlikni undirib olishi va qolgan pul
so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib berishi.
Yuqorida keltirilgan to`rtta va muammoli vaziyatda bizga berilgan uchta savolga
javob berish orqali huquqiy baho berishga harakat qilamiz.
Asosiy qism. Birinchi masala, ya`ni A. ismli fuqaroning vafot etishi natijasida
jismoniy shaxs sifatida uning yer va mol-mulk solig'idan 5 million so'm soliq qarzdorligi
mavjudligi aniqlanishi holati qonun hujjatlariga mos keladi. Soliq Kodeksining 86-
moddasida soliq majburiyatini bajarish tartibi, muddati berilgan bo`lib, unga ko`ra soliq
to`lovchi o`z vaqtida soliqlarni to`lashi ko`rsatilgan. Lekin bu yerda savol tugi`ladi,
ya`ni agar soliq to`lovchi vafot etgan bo`lsachi? Soliq Kodeksining 87-moddasida
soliq majburiyatining tugatilishi holatlari berilgan bo`lib, 2-qismida vafot etganda soliq
majburiyati tugatilishi aytib o`tilgan. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkunki,
A. ismli fuqaro soliq majburiyatidan ozod bo`ladi, lekin qarzdorlikdan emas. Bunda
Soliq Kodeksining 87-moddasi 3-qismida aytilganidek, vafot etgan yoki vafot etgan
deb e'lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida
belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo'rlardan undirilishi
ko`rsatilgan. Unga ko`ra, soliq qarzi mavjud bo'lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda,
soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun unga
hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e'tirof
etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo'yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan
shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib
olgan uning merosxo'ri (merosxo'rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning
qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu
moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.
Ikkinchi masala, ya`ni B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy
munosabat sub`yekti bo`la oladimi? va A.ismli fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandiga
100 million qiymatdagi turar uy-joy meros tariqasida qodirilganligi natijasida
qarzlarining ham unga o`tishi. Bu borada Soliq Kodeksining 20-moddasida aytilgan
bo`lib, unga ko`ra, zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig'imlarni to'lash majburiyati
yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to'lovchilar deb e'tirof etilishi
ko`rsatilgan. Bundan kelib chiqadiki, soliq huquqida subyekt masalasida yoshga
cheklov qo`yilmagan va B. ismli shaxs meros qabul qilib olishi natijasida unda mol-
mulk paydo bo`lmoqda. Mol-mulk esa soliq huquqining obyekti bo`ladi va soliq to`lash
uchun asos bo`ladi. Shundan kelib chiqadiki, B. ismli shaxs subyekt bo`la oladi
faqatgina shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan unga
qonuniy vakil tayinlanishi bundan mustasno hisoblanadi. Bu borada Soliq Kodeksining
24-moddasiga ko`ra, soliq to'lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo'lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok
etishga haqliligi, jismoniy shaxs bo'lgan soliq to'lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik
qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar
e'tirof etilishi, jismoniy shaxs bo'lgan soliq to'lovchining vakolatli vakili o'z
vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma
asosida amalga oshirishi ko`rsatib o`tilgan. Bundan tashqari B. ismli shaxsga Fuqarolik
Kodeksining 32-moddasiga ko`ra, vasiy yoki homiy tayinlanishi orqali soliq
munosabatiga kirishishi mumkin. 13 yoshli B. ismli shaxs o`zining qonuniy vakili orqali
Soliq Kodeksining 94-moddasi 1-qismiga binoan qarzlari o`tish natijasida to`lashi
talab etiladi.
Uchinchi masala, ushbu holatda soliqlarni bo'lib-bo'lib to'lash va S. ismli soliq
organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga soliq qarzi bo'yicha
talabnoma yuborib, 1 oy ichida soliq qarzini to'lashi lozimligi to'g'risida ogohlantirilishi
haqida mulohaza yuritamiz. Soliq Kodeksining 21-moddasi 1-qism 4-bandida ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-
bo'lib to'lash mumkinligi aytilgan va bu soliq to`lovchining huquqi hisoblanadi. Soliq
Kodeksining 97-moddasi 3-qismiga ko`ra, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir
qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz
summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq to'lash muddatini o'zgartirish mumkin. Soliq
Kodeksining 100-moddasi ko`ra, soliqni to'lash bo'yicha muddatni kechiktirish yoki
bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli
ushbu soliqni belgilangan muddatda to'lash imkonini bermasa, biroq ko'rsatilgan
shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash uchun berilgan muddat
mobaynida to'lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun etarlicha asoslar
mavjud bo'lsa, berilishi mumkin. Lekin B. ismli shaxsning Soliq Kodeksining 100-
moddasida nazarda tutilgan holatlariga javob beradigan vaziyatlar berilmaganligi
tufayli asosli fikr bildira olmaymiz.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i,
foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yer qa'ridan
foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i
va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlarni to‘lash muddatlarini
o‘zgartirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatli
organ etib belgilandi. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-
bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin.
5
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-
fevraldagi 61-sonli “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik
qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha
Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 14-apreldagi 182-
son “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish
va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, muddati o‘tkazib
yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar
intizomini mustahkamlash nazarda tutilgan.
6
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha bajarilmagan majburiyatlari
bo’lgan soliq to’lovchi o’zining bank hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo’lishidan
qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ushbu Kodeksda belgilangan to’lash
muddatidan kechiktirmay ularni xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov
topshiriqnomasini taqdim etishi shart.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari bajarilishini
ta’minlash choralari jumlasiga soliq to’lovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan
uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan
ko’riladigan choralar to’g’risida yuborilgan talabnomasi kiradi. Soliq Kodeksining 94-
5
https://soliq.uz/page/soliq-kodeksi-yangi-tahrirda
6
Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma / Mual.: Jo‘raev A.,Meyliev O., Safarov G‘.– T.: Toshkent Moliya instituti,
2004 y.
moddasi 4-qismiga ko`ra, soliq qarzi bo'lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda,
mazkur jismoniy shaxs hisobga qo'yilgan joydagi va uning mol-mulki turgan joydagi
soliq organi vafot etgan shaxsning merosxo'ri (merosxo'rlari) to'g'risida axborot olingan
paytdan e'tiboran bir oy ichida unga soliq qarzi mavjudligi to'g'risida xabar qilishi shart.
Soliq Kodeksining 116-moddasida talabnoma haqida ko`rsatilgan bo`lib, soliq
qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda
quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
1) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to’liq nomi;
2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
3) talabnoma tuzilgan sana;
4) talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar,
penya, jarimalar bo’yicha qarz summasi;
5) talabnoma olinganidan so’ng soliq majburiyati bajarilmagan taqdirda
qo’llaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari;
6) debitorlar bilan o’zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish
to’g’risidagi ko’rsatma.
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma soliq to’lovchiga yoki uning vakiliga bu
talabnomani soliq to’lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda
topshirilishi lozim. Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma
xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat topshirilganligi to’g’risidagi kvitantsiyada
ko’rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi. Soliq Kodeksining 119-moddasiga ko`ra,
soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik
faoliyatiga doir qismi bo'yicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan
e'tiboran o'ttiz kalendar kun ichida soliq qarzi to'lanmagan taqdirda va agar ushbu
Kodeksning 120-122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qo'llanishi natijasida soliq
qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-
moddalarida belgilangan tartibda soliq to'lovchining mol-mulkiga qaratadi.
7
Bu borada soliq xodimi qonuniy harakat qilgan va vaqtida ogohlantirgan.
To`rtinchi masala, aynan mana shu jihati muammoli vaziyatimizning eng nozik
nuqtasi hisoblanib, S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish
7
Xvan L.B.Soliq huquqi.-T. Konsauditinform, 2001
tartibigi rioya qilinganligi haqida fikr yuritamiz. Bunda S. ismli soliq organi xodimi
100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm soliq
qarzdorlikni undirib olishi va qolgan pul so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib bergan.
Ushbu vaziyatda B. ismli shaxs haqiqatdan ham S. ismli soliq organi xodimi meros qabul
qilib olgan fuqaroga o`z vaqtida soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborganligiga qaramay,
soliq majburiyatini o`z vaqtida bajarmagan. Lekin S. ismli soliq organi xodimi ham
qonuniy harakat qilmagan. Soliq Kodeksining 106-moddasida soliq majburiyatining
bajarilishini ta'minlash usullari berilgan bo`lib, mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati,
penyalar, bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha operasiyalarning to'xtatilishi va soliq
to'lovchining mol-mulkini xatlash kabi yo`llari keltirilgan. Soliq Kodeksining 120-
moddasida soliq qarzini undirish to'g'risidagi umumiy qoidalar berilgan bo`lib, unda
soliq organi xodimiga mol-mulkni kim oshdi savdosida sotib, qarzni undirish holati
keltirilmagan. Bu vaziyatda soliq xodimi Soliq Kodeksining 106-moddasida nazarda
tutilgan usullardan birini qo`llasa maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Mol-mulkdan bevosita undirish va undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga
qaratish, davlat soliq xizmati organining da’vo arizasi asosida sud tartibida amalga
oshiriladi. Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish to’g’risidagi da’vo
arizasi soliq to’lovchi soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining
rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolanadi.
8
Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. soliq qarzi borligi to’g’risida soliq to’lovchining mavjud shaxsiy
kartochkalaridan ko’chirma;
2. soliq to’lovchining bank hisobvaraqlarida pul mablag’lari yo’qligi
to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi;
3. soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha (bunday tekshiruv o’tkazilgan
taqdirda) soliq qarzi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
4. soliq to’lovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining
ko’chirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali
kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.
8
Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik. Hammual.: Vahobov A., Jo‘raev A. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009.
Undiruvni sud qarori asosida soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
Xulosa. Yuqorida berilgan muammoli vaziyatimizning birinchi, ikkinchi va
uchinchi masalasi bo`yicha hammasi tushunarli. Bunda A. ismli shaxsning vafot etishi
va uning aoliqdan qarzi merosxo`rga o`tishi, jismoniy shaxsning soliqlar bo'yicha
uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros
qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo'ri (merosxo'rlari) tomonidan meros
qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi
ulushiga mutanosib ravishda to`lashi haqidagi normaga mos va bunda hech qanday
e`tiroz bo`lishi mumkin emas. B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaro soliq huquqiy
munosabat sub`yekti bo`la oladi. Faqatgina bu fuqaro soliq munosabatlariga
kirishganda, qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqliligi, jismoniy shaxs
bo'lgan soliq to'lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq
uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e'tirof etilishi, jismoniy shaxs
bo'lgan soliq to'lovchining vakolatli vakili o'z vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga
muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirishini yoddan
chiqarmaslik lozim. Keyingi holatda S. ismli soliq organi xodimi 13 yoshli B. ismli
meros qabul qilib olgan fuqaroga soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborib, 1 oy ichida
soliq qarzini to'lashi lozimligi to'g'risida ogohlantirgani qonuniy deb baholashga asoslar
yetarli. Faqatgina S. ismli soliq organi xodimi B. ismli meros qabul qilib oluvchining
qonuniy vakiliga yoki vasiy, homiyiga talabnomani jo`natganda edi, maqsadga
muvoffiq bo`lar edi. Umuman olganda muddatda va boshqa talabnoma bilan bo`gliq
protsessda kamchilik yo`q. Endi to`rtinchi holatga keladigan bo`lsak, soliq organi
xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm
soliq qarzdorlikni undirib olgani va qolgan pul so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib
bergani qonunga zid deb baholashimizga asoslar yetarli deb hisoblaymiz. Bunda soliq
organi xodimining o`zi mustaqil tarzda uy-joyni kim oshdi savdosida sotish vakolati
yo`q va undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish to’g’risidagi da’vo arizasi
soliq to’lovchi soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari
yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolangan da’vo arizasi bilan sudga beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi;
2. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi
61-sonli “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni
qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha
Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori;
4. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish,
ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish –
barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir;
5. A.Li. M.H.Rustamboev. O‘zbekiston Respublikasining moliya huquqi.
Darslik;
6. Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс;
7. Raximova A., Xojiyev E. Moliya huquqi. Darslik;
8. Jo‘raev A., Meyliev O., Safarov.G. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma ;
9. О.Н.Горбунова. Финансовое право. Учебник;
10.
Xvan L.B.Soliq huquqi. Darslik;
11.
Н.И.Химичева. Финансовое право. Учебник;
12.
Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik.
Internet manbaalari:
1.
https://soliq.uz/page/soliq-kodeksi-yangi-tahrirda
2. Soliq.uz
3. Lex.uz
4. Norma.uz
5. Budjet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |