O'zbek tilining sohada qo'llanilishi
2-mavzu
1.
Dastlab yozuvlar rasmlar orqali ifodalangan. Yozuvning bu turi piktografik yozuv deb
nomlangan. U yunoncha "pictus" -chizilgan "graphe"- yozaman yozilgan degan ma'noni anglatadi.
Bunda har bir rasm biror ma'noni ifodalagan. Bunda Quyosh-kunni, Oy-tunni, toshbaqa-baxtni
va hokazo. Yozuvning keyingi bosqichi - ideografik ya'ni grekchadan olingan bo'lib
"ideo"-tushuncha "graphe"-yozaman degan ma'noni anglatadi. Bu turdagi yozuv uchun har bir
yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik olinadi. Piktografik va ideografik
yozuvlarning birinchi bosqichi logografik ( "logo"-so'z "graphe"-yozaman) yozuv ancha bo'lib,
yizlab shakllarni chizish va ularning ma'nosini bilish talab etilgan. Shuning uchun kishilar
yozuvning fonografik ("phane"-tovush "graphe"-yozaman) turini o'ylab topishgan. Bunda avvalo
ayrim bo'g'inlarni keyin ayrim tovushlarni biror belgi bilan belgilashgan va yozuvning shu turiga
o'tishgan.
2.
Movarounnahrda run, uyg'ur, moniy, braxma (braxmon) va so'g'd yozuvlari qo'llanilgan. Diniy
kitoblar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar esa uyg'ur yoki so'g'd yozuvida yozilgan.
Qayd etilgan yozuvlarda ko'p yozma yodgorliklar hozirgacha saqlanib keladi. Runiy yozuvda-
O'rxun-Enasoy tosh bitiklari, uyg'ur yozuvida ( uni Mahmud Koshg'ariy "turkiy yozuv" deb
nomlaydi) - qadimgi turkiy yodnomalar ( VIII X asrlar) "Oltin yorug' ", "Maytri simit", budda va
xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar esa so'g'd yozuvida bitilgan. Moniy yozuvida
"Xuastuanift" yodgorligi yozilgan. Uyg'ur yozuvi, arab yozuvi bilan barobar XV asrgacha
qo'llanilgan. "Qutadg'u bilig"ning Vena(Hirot) nusxasi (XI asr), "Hibatul haqoyiq" (XII asr)ning A
nusxasi, "O'g'uznoma" ning qadimiy nusxasi (XIII asr oxiri) Xorazmiy qalamiga mansub "
Muhabbatnoma" (1353-yil) asarining qadimgi nusxasi, "Latofatnoma", "Dahnoma" , " Muhzanul
Asror" ( XIV-XV asrlar) kabi asarlarning ayrim nusxasi yoki parchalari uyg'ur yozuvida bitilgan.
Uyg'ur yozuvi so'g'd yozuvi asosida kelib chiqqan. Runiy yozuvi ham qadimgi oromiy yozuvi asosida
kelib chiqqan, degan nazariya hozir asosiy o'rinni egallaydi.
3.
Sobiq ittifoq tarkibidagi turkiy va boshqa xalqlar ( arman, gruzin Boltiqbo'yi xalqlaridan
tashqari) 1940-yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko'ra rus (krill) alifbosi asosida tuzilgan
alifbodan foydalanib keldilar. Ungacha O'zbekiston va boshqa davlatlarda lotin alifbosidan
foydalanib kelingan. O'zbekiston Markazir Ijroiya Kometitining 1928-yil mart oyidagi III
sessiyasida lotin alifbosi davlat alifbosi deb qaror qabul qilindi. Sobiq Ittifoqning Markaziy
Ijroiya Kometiti Prezdiumi va Xalq Komissarlar Soveti bu qarorni 1929-yil 7-avgustdagi maxsus
qarori bilan ma'qulladi. Lotin alifbosiga o'tishdan avval butun musulmon xalqlari va elatlari arab
alifbosidan foydalanar edilar. XX asrning 20-yillari arab alifbosi ma'lum darajada isloh qilindi.
Chunki arab alifbosida unli tovushlarni ifodalaydigan alohida belgilar yo'q edi. Zeb-u Zabar
"Qur'oni Karim" va arab tilida yozilgan diniy asarlardagina qo'llanilar edi. 1921-yil 1-5- yanvarda
Toshkentda chaqiriligan til-imlo qurultoyi, boshqa masalalar bilan birga, arab harflarini so'z
boshi, o'rtasi va oxirida qo'llanishini soddalashtirish, O'zbek tiliga xos bo'lmagan zod, sod, itqi,
izg'i harflari alifbodan chiqarildi, u, o', a, i harflarini bildiruvchi alohida belgilar qo'shildi.
1922-yil mart oyida bo'lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi
qurultoyi qarorlarini ma'qulladi.
4.
Grafika ma'lum bir tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va orfologik birikmalarni
yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining
har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi odatda,
ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Yangi (lotincha) o'zbek yozuvida ham, krill
o'zbek yozuvida bo'lganidek monograflar ko'pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma
nutq oqimida oddiy grafema sifatida qatnashib harf va tovush aloqasida simmetriyani- "bir
tovushga bir harf" munosabatini ta'minlaydi. Masalan, maktab ( fonemalar- 6 ta, grafemalar-6
ta harflar - 6 ta) мактаб ( fonemalar - 6 ta, grafemalar - 6 ta, harflar - 6 ta). sh, ch, ng, ts
kabi digraflarning ( analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq oqimida fonetik-grafik
asimmetriyaning yuzaga kelishi sabab bo'ladi. Maslan, xushchaqchaq ( fonemalar - 9 ta,
grafemalar - 9 ta, harflar -12 ta).
5.
Orfografiya ( grekcha "orthos" to'g'ri " " graphe" yozaman) yozuv sistemasining ikkinchi
komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi.
Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: grafika qoidalari grafemaning
mazmun planini kodlashtirishda, orfografiya qoidalari esa ma'lum prinsiplar asosida
orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, "orzu" so'zida "z" ning yozilishi 《z》
grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so'zning yozilishi
grafika tomonida boshqariladi. "Avtobus" so'zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi:
so'zdago "v" tovushi jarangsiz "f" ga aylanadi ( aftobus deb talaffuz qilinadi). Shuning uchun uni
ikki xil yozish mumkin: avtobus ( fonematik prinsip asosida) - aftobus ( fonetik prinsip asosida).
Bu ikki holatdan birini me'yor (orfogramma) qilib tanlash orfologiya zimmasiga tushadi. Hozirgi
O'zbek orfologiyasida avtobus deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari orfografiyada
qo'shma so'z komponentlari qo'shib yoki ajratib yozishini, so'z qismlarining satrdan satrga
ko'chirilishini, bosh va kichik harflarining qo'llanilishini belgilab beradigan qoidalar ham borki,
ular grafikaga aloqador bo'lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Qilichov Mirjalol
BA-166-20