59
Sening
huzuringga keldim, toki qanday farmon bersang barchasini
qabul qilaman», dedi elchi.
Iskandar taajubda dedi:
– Nimaga ishonib bunchalik jur’at qilding?
– Bilginki, men seni odil va oqil podshoh deb bilar edim.
Qadimdan to hozirgacha o’rtamizda hech qanday kina va adovat yo’q
edi. Men senga hech qachon qasd qilganim yo’q. Shuningdek, bu
yerga
lashkargoh qurib, sening ham niyating bu mamlakatni ozod
qilish emas. Mabodo sen meni o’ldirganing bilan mening o’rnimga
boshqasini o’tqazadilar va odam o’ldirishda badnom bo’lasan.
Iskandar Chin shohining oqilligiga tahsinlar o’qidi va:
«Mamlakatning uch yillik xirojini xohlayman», dedi. Chin podshohi
rozilik bildirdi.
Iskandar Chin shohining darhol rozi bo’lganini ko’rib: «xirojni
to’lab, ado qilganingdan so’ng ahvoling nechuk kechgan», deb
so’radi.
– Shunday bo’ladiki, kim mamlakatga hujum qilsa, albatta halok
qiladi.
– Agar ikki yillik xirojingga qanoat qilsam-chi?
– U holda, avvalgi ahvolidan bir oz yaxshiroq bo’ladi.
– Agar bir yillik xirojingga qanoat qilsam-chi?
– U holda mamlakatimga xalal yetmaydi. Agarchi bu mol bilan
xazinam bo’shab qolsa-da, ammo xushbaxtligim yo’qolmaydi.
– Men yarim yillik xirojingga rozidurman.
Chin shohi shukur qildi va: «Falon kuni diydor ko’rishsak, o’z
arkoni davlatingiz bilan bizning
dasturxonimizga marhamat qilib,
tanavuldan keyin xirojni olib, so’ngra qaytsangiz», dedi.
Tayinlangan kuni Iskandar o’z arkoni davlati va askarlari bilan
birga Chin shohining huzuriga keldi. Uning askarlari Chin shohining
askarlari oldida go’yo daryodan tomchidek edi. Bu ahvolni ko’rgan
Iskandar
vahimaga tushib, jang taraddudiga tushdi. Shu payt Chin
shohi yetib kelib Iskandarga ta’zim qildi. Iskandar Chin shohiga
qarab: «Makr hiyla qildingmi?» dedi.
– Kuchli podshohlar makr-hiyla qilmaydilar. Makkorlik ojizlar
ishidir.
– U holda hisobsiz askarni yig’ishning boisi nima?
60
–
Bu hali hamma askarim emas, faqat o’rta (qalb) qismi xolos.
Maymana va maysara qismlari yetib kelishmadi. Men ojizligim tufayli
senga itoat qilayotganim yo’q. Senga shuning uchun o’z askarlarimni
ko’rsatmoqdaman. Biroq, shunga aminmanki, senga osmon davlati
yordir. Kimki sen bilan bellashsa, u albatta yiqilajagini sezdim.
Shuning uchun ham senga farmonbardor bo’ldim.
– Sen izzat-ehtirom va ehsonlarga sazovor kishisan. Men sendan
olmoqchi bo’lgan mollarimning
bahridan kechdim, – dedi Iskandar.
Shundan so’ng Chin shohi Iskandarni qarorgohga boshladi.
Keng sayhon yerga gilamlar to’shalgan, butun askarga yetib ortgudek
noz-ne’matlar dasturxonga qo’yilgan. Maydonning yuqori qismiga
la’ldan gul solingan, atlasdan chodir qurilgan. Chodir qimmatbaho
zeb-ziynatlar bilan bezatilgan edi. Zarrin dasturxonlar ustiga qo’yilgan
oltin kosalar marvarid va javohirlar bilan to’lg’azilgan ediki, ularning
qiymatini baholash amri mahol edi.
Chin shohi Iskandarni dasturxonga o’tqazib,
tanovul qilishni
taklif qildi. Iskandar dedi:
– Bu javohirlar odamlar uchun ovqatlik qilmaydi.
– Bo’lmasa, sen nima yeysan?
– Barcha inson yeydigan non yeyman.
– Vo ajab, Rumda non topish shunchalik mushkulmidi? Shuncha
mashaqqatlar chekib bu erlarga kelibsan?..
Iskandar yig’ladi va: «Mening bu safarimdan hech qanday foyda
bo’lmasada, sening bu hikmatli panding barcha maqsad va talabimga
javob bo’ldi», dedi.
Shundan so’ng Iskandar o’z askarlariga orqaga qaytishga farmon
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: