57
1219 - yilda Buxoroga qaytgan. Mo’g’ul istilosi davrida Hindistonga
ketib, umrining oxirigacha Dehlida yashab, 1233 yilda o’sha
yerda
vafot etgan.
«Lubob ul-albob» («Idrok xulosalari») tazkirasini yaratgan
(1222-23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira mo’g’ul istilosidan
avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba
sanaladi. Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d ash-
shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») asarini arabchadan
forschaga tarjima qilgan. Avfiy Buxoriyning ikkinchi yirik asari
«Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» («Hikoyatlar to’plami va
rivoyatlar ziyosi», 1228) nomli hikoyat va rivoyatlar to’plami ham
mavjud
1
. To’plamda
qadimiy Gretsiya, Hindiston, Movarounnahr va
Xurosonning iqtisodiy, madaniy, siyosiy, axloqiy hayoti va tarixiga
aloqador bo’lgan hikoyalar hamda jug’rofiyaga doir materiallar va
diplamatik munosabatlar borasidagi hikoyat va rivoyatlar o’rin olgan.
To’plamda asosan mingdan
ortiq turli tarixiy shaxslar,
shuningdek o’zi eshitgan, ko’rgan insonlar bilan bog’liq hikoyat va
rivoyatni o’z ichiga olgan. Bundan tashqari turli fanlarga oid ilmiy
lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida bayon
qilingan. Unda Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d
ash-shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») kitobidan olingan
hikoyat va rivoyatlar ham talaygina. Kitob to’rt qismdan iborat, uning
har bir qismi o’z navbatida 25 bobga bo’linadi.
To’plamning birinchi qismida avliyo va anbiyolar karomatu
mo’jizalari,
xalifalar tarixi, ajam tarixi, hokimu arboblar qiyofasi,
adolat fazilati va shunga o’xshash mavzulardagi hikoyatlar jam
etilgan.
Ikkinchi qismda esa hayo va tavoze, yumshoqlik, odob, sahovat,
lutf-u -karam, sabr-u - toqat, shijoat, mehr-u - vafo kabi insoniy
xislatlar haqidagi rivoyat va hikoyatlar jamlangan bo’lsa.
uchinchi
qismda mazkur xislatlarning aksi bo’lgan hirs-u - hasad, tama va
yolg’onchilik, baxillik, ziqnalik, zolimlik, xiyonatkorlik va hokazolar
qattiq hajv qilinadi. Ayollar ziyrakligi, aqlu zakovati. ularning
1
Авфий Муҳаммад. Нодир ҳикоялар. Форс тилидан И.Низомиддинов ва Т.Файзиев
таржимаси. – Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977. – 204 б. – 4 бет.
58
xushaxloqligi va badaxloqligi haqidagi hikoyatlar ham shu bo’limdan
joy olgan.
To’plamning to’rtinchi
qismida ajoyib hodisalar, dengiz va
quruqlikning xosiyatlari hikoya qilinadi. Ayniqsa Rum, Vizantiya,
Arabiston, Habashiston, Kaspiy dengizi va undagi orollar, u o’lkalarda
yashovchi xalqlar to’g’risidagi tafsilotlar qayd etilib o’tiladi.
Bu kitobning tarixiy ahamiyati shundan iboratki. avvalo, ba’zi
tarixiy
shaxslar, voqealar, olim va shoirlar haqida manbalar yo’qolib
ketgan va faqat shu kitob orqali, ushbu ma’lumotlar bugungi kungacha
yetib kelgan. «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» asari
Avfiydan keyingi yashagan barcha tarixnavis mualliflarga va
adabiyotshunoslarga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Avfiy tomonidan sodda tilda yaratilgan ushbu to’plam XII – XIII
asrning didaktik asarlar qatoriga kirib,
nasrning yorqin namunasi
hisoblanadi. Asar Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, ayrim
hikoyalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: