Nazorat topshiriqlari:
1.
XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr
va Xurosonda musulmon mamlakatlarida ta’lim-tarbiya tizimi.
1
А.Шиммел. Мир исламского мисцизма 189 с.
48
2.
Maktablarda ta’lim tizimi: «sahardan shomgacha» an’anasi.
3.
Maktabda o’qitiladigan darsliklar va ularning mazmuni.
4.
«Chahor kitob» – islomga oid pand-nasihatlar kitobi.
5.
XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr
va Xurosonda madrasalarda ta’lim va tarbiya.
6.
Madrasalar va ularning bosqichlari.
7.
Madrasalarda o’qitiladigan ta’lim dasturlari va o’quv fanlari
tartibi.
8.
Madrasalarda keng foydalanilgan ta’lim shakl, metod va
vositalari.
9.
Madrasalar va ularning turlari hamda moddiy va ma’naviy
ta’minoti.
10.
Mudarrislik eng mas’uliyatli va sharafli kasb.
49
3 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA XALQ PEDAGOGIKASIDA TA’LIM-
TARBIYA
Tayanch iboralar:
hajviya, latifa, rivoyat, Afandi obrazi,
latifalari, Guldursun o’zbek xalq rivoyati, vatanparvarlik,
insonparvarlik, Muhammad Avfiy Buxoriy, «Javome’ ul-hikoyot va
lavome’ ul-rivoyot».
Xalq hajviya va latifasi.
Hajviya muayyan davrdagi va
jamiyatdagi odamlarning kurashidan umumbashariy, buyuk va teran
ma’no, xulosalar chiqargani uchun abadiy hayot kasb etadi. Xalq
hajviyasidagi yana bir muhim xususiyat uning o’lmasligi, abadiy
yashashidir. Bu hajviya yaratilgan zamon va makon sharoitiga bog’liq
bo’ladi. Lekin ularning xususiyatlarini va vaziyatini aks ettirish bilan
kifoyalana olmaydi. Agar shunday bo’lsaydi, bunday hajvlar asrlar
osha yashay olmas va bizgacha yetib kelolmasdi. Xalq hajviyotining
muhim xususiyati shundaki, u yashash uchun kurashda mazlum
kishilarning ustunlikka erishish yo’lida foydalanadigan qurolidir.
O’rta asrlarda jamiyatdagi hokim sinflar ustunlikni moddiy jihatdan
qo’lga kiritganlar. Eziluvchilar esa hokim sinfga qarshi kurashish
uchun hajvdan qurol sifatida foydalanadilar. Bunday hajviya siyosiy
va ijtimoiy nuqtai nazardan kuchsizlarning kuchlilarga qarshi
ishlatuvchi qurolidir.
Hajviyaning muhim xususiyati, uning ma’lum makon va
zamonda bo’lishidir. Xalq hajviyoti paydo bo’lgan davrga, makonga,
zamon va joy sharoitiga bog’liq bo’ladi. Hajviya jamiyatda yuz
berayotgan hodisalar bag’rida paydo bo’ladi. Shu hodisani aks ettirib,
o’zi ham takomillashib boradi. Hukmron sinflarning faqat «kuldirish
uchun kulish» hajvida esa davrni, jamiyatni aks ettirish xususiyati yo
sira yo’q, yoxud nihoyatda oz miqdordadir.
Latifa (arab. – mutoyiba, hazil) – xalq hajviyoti janrlaridan,
tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya. Qadimdan O’rta Osiyo
xalqlari orasida keng tarqalgan. Latifalar qahramoni jonli va ta’sirchan
so’zlaydigan, hazil-mutoyibaga boy, haqiqat va adolatni himoya
qiluvchi hozirjavob shaxs. Sharqda latifaning ilk namunalari Yusuf
50
Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy»,
Sa’diyning «Guliston» asarlarida uchraydi. Latifa janri XI asrdan
so’ng keng shakllandi va rivoj topdi. Latifa qahramoni o’zbeklarda
Afandi, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali nomi bilan
yuritiladi.
Afandi – turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi obraz. Ismi Xo’ja
Nasriddin (Afandi laqabi). Afandi obrazi va uning yaratilish tarixi
bo’yicha qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, turlicha qarashlar
mavjud. Ko’pgina olimlar Nasriddin Afandi haqidagi latifalarni XIII
asrda paydo bo’lgan deb sanashadi. Bir qator olimlar esa Nasriddin
Afandining latifalari arablarning Juha ismli satirik qahramoni
Saljuqiylar (Anadolu va Turkiston) satirasiga Xo’ja Nasriddin sifatida
tanilib, keyinchalik turkiy xalqlar tomonidan taraqqiy etgan deb
ta’kidlashadi. Boshqa olimlar bu qahramonlarni faqat tipologik
o’xshashligi mavjudligi, har bir xalqning folklorida taniqli satirik
qahramonlar borligini aytib o’tishgan.
Sharq xalqlarida Nasriddinning – Xo’ja Nasriddin, Mulla
Nasriddin, Afandi kabi turli xil nomlari mavjud. U o’zbeklarda Afandi
(Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xo’ja Nosir,
ozarbayjonlarda Mulla Nasriddin deb yuritiladi. Xo’ja Nasriddin
haqidagi birinchi latifa 1480 – yilga tegishli «Saljuqnoma» kitobida
keltirilgan. Afandi yozuvchi va san’atkorlar ijodidan munosib o’rin
olgan. Yozuvchilar tomonidan asarlar, qissalar yaratilgan. Afandi
haqidagi xalq ijodi bo’lmish latifalar to’plam holida bir necha bor
nashr etilgan. Kino, teartlarda Afandi obrazi sahnalashtirilgan.
«Nasriddinning
yoshligi»
dramasi,
«Nasriddin
Xo’jandda»,
«Nasriddin Buxoroda», «Xo’ja Nasriddin sarguzashtlari», «Xo’ja
Nasriddinning o’n ikki qabri», «Afandining besh xotini» filmlari,
«Xo’ja Nasriddin» operettasi, «Nasriddin afandi» musiqali
komediyasi, shuningdek tasviriy san’at, haykaltaroshlik asarlari
yaratilgan. Ko’pgina shaharlarda masalan, Buxoro, Anqara
shaharlarida Afandiga yodgorliklar qo’yilgan. Hattoki 1-aprel 2018 yil
«Xalqaro astronomlar birlashmasi» tomonidan kosmik ob’ekt
hisoblangan kraterga Nasriddin Afandi nomi berildi.
Xo’ja Nasriddinning ba’zi latifalaridagi kabi xalq hajviyasining
ayrim namunalarida ham zamon va makon uyg’unligining buzilish
holatini uchratish mumkin. Lekin ularda ham makon va zamonning
51
muayyan birligini ko’rsa bo’ladi. Chunki bunday latifalarning o’zida
biz uni yaratgan odamlar yashagan davr va jamiyatga doir biror
maqsad mavjudligini ko’ramiz. Bunday hajviya xoh Aristafanning
komediyalari singari yozma tarzda, xoh Xo’ja Nasriddinning latifalari
singari og’zaki shaklda bo’lsin, uni yaratgan jamiyat ahvolini aks
ettiruvchi, o’sha davrni tasvirlovchi eng yaxshi asarlardir. Sirakuza
hukmdori Dionisos Aflotundan Afinaning qonunlarini qaysi kitobdan
o’rgangan ma’qul, deb so’raganida, buyuk faylasuf unga Aristafan
komediyalarini o’qishni maslahat bergandi. Aziz Nesin «Biz ham XIII
asr Saljuqiylar davri ila tanishmoqchi bo’lganlarga Xo’ja Nasriddin
latifalarini o’rganishni tavsiya qilamiz» deydi.
Xo’ja Nasriddin yashagan XIII asrda Sharq xalqining ahvoli
aynan shunday edi. Xuddi shu asrda Saljuqiylar, Xorazmshohlar
davlati yerlari mo’g’ullar tomonidan bosib olingan, Saljuqiy,
Xorazmshoh hukmdorlar, beklar va amaldorlar esa o’z manfaatlari
uchun mo’g’ullar bilan birgalikda xalqqa qarshi ish yuritishgan.
Shunday bir sharoitda xalq zolimlarga qarshi kurash uchun hajviyaga
murojaat qiladi. Shu vosita yordamida dushmandan o’ch oladi.
Bunday hajv qo’rquvning mahsuli bo’lgani uchun muvaffaqiyatlidir.
Chunki qo’rquv ham eng kuchli tuyg’ulardandir. Yozilmagan yoki
san’atkor bo’lmagan, oddiy xalq ijodining mahsuli bo’lgan og’zaki
hajv – kulgining qo’rquvdan tug’ilishi diqqatni yanada ko’proq jalb
qiladi. Xalq shunday vaziyatlarda afsonaviy qahramonlar yaratadi.
O’zi to’qigan hajviy intiqom tuyg’ularini ana shu afsonaviy
qahramonlarga bog’lab, ularning tilidan gapirish orqali qo’rqoqligi
tufayli orttirgan gunohini yuvishga harakat qiladi. Buning eng yaxshi
namunasini yana Xo’ja Nasriddinda ko’rishimiz mumkin.
Xalq o’zi yashayotgan davrdagi hukmron kuchlarni va
amaldorlarni hajv qilmoqchi yoxud ular ustidan kulmoqchi bo’lsa, yo
vaziyatga hamohang biror Xo’ja Nasriddin latifasini to’qir yoki
manbadan olingan latifani afandi nomiga bog’lab Xo’ja Nasriddin
hikoyasiday taqdim qilardi.
Xo’ja Nasriddin mo’g’ullar Sharqda zulm va falokat seli kabi
oqib kelib hammayoqni xonavayron qilgan paytda yashagandi.
Mo’g’ul istilosi natijasida iqtisodiy jihatdan kambag’allashgan,
ijtimoiy jihatdan cho’kkan, siyosiy tazyiqlar natijasida har tomonlama
mo’rtlashgan bir muhitda mo’g’ullar tomonidan mag’lub qilingan
52
xalqning amalga oshirib bo’lmaydigan isyonkor orzularini hajv yo’li
bilan ifodalangan va shu tariqa xalqning bunday og’ir sharoitda
yashay olishini, yuragini bo’shatib, ovunishini ta’min etgan Xo’ja
Nasriddin ham tarixiy shaxs, hamda ramziy bir obraz edi. Xo’ja
Nasriddin hayotining jo’shqin davri ana shu alg’ov-dalg’ov paytga
to’g’ri keldi. Xalqqa xos qudratli hajv ham ayni shu davrda yaratildi.
U xalqni ezuvchi ichki va tashqi dushmanni nishonga olardi.
Afandi barcha latifalarda mard, to’g’ri so’z, haqiqatgo’y,
adolatni ulug’lovchi, beva-bechoralarning homiysi, shuningdek shaxs
va jamiyat kamchiliklari ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida
gavdalangan. U ba’zi adolatsiz amaldorlar, qozilarning, so’zi bilan
ishi mos kelmaydigan din peshvolarning kirdikorlarini fosh etgan,
ularga bo’lgan munosabatini yengil mutoyiba yoki achchiq hajv orqali
ixcham va obrazli tarzda ifodalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |