Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Afandi latifalari 
(Parcha)
Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U 
bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do’konida turgan 
har xil holvalarga ko’zi tushib qoldi. Afandining og’zidan suvi keldi-
da, holvalardan olib, yeyaverdi. 
Buni ko’rgan holvafurush qo’liga kaltak olib, uni savalay 
boshladi. Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani 
to’yguncha yedi, keyin: 
– Bu shahar xo’p ajib shahar ekanu, holvafurushlari odamni urib 
holva yedirgani yomon ekan, – deb ketaverdi. 
*** 
Afandining oshnasi undan so’radi: 
– Mulla Nasriddin, bola-chaqangiz ko’pmi? 
– Bolam ko’pu, chaqam kamroq, – deb javob berdi Afandi. 
*** 
Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon 
ko’rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g’iybat qilishar, uning 
haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan 
uchrashganlarida hamisha o’zlari sharmanda bo’lishardi. 
Bir kuni ular to’planishib podshoning oldiga kirishdi-da, 
Afandining og’zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo’lishdi. Ig’vo 


53 
ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-ro’yi o’chib, 
damlari ichiga tushib ketdi. 
Podsho haqiqatni bilmoqchi bo’lib Afandidan so’radi; 
– Qani, yaqinroq o’tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik 
yo’liqqan deydilar, rostmi? 
– Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do’stlarim, ular 
yolg’on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin? 
– Bularning aytishlaricha, sening og’zing yomon sassib ketgan 
emish. 
– Ularning gaplari juda to’g’ri, shohim, – dedi Afandi, – 
hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga 
aytmay ichimga yuta berganimdan, o’sha illatlar ichimda sassib, 
og’zimdan chiqmoqda. 
*** 
Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Podshoga olib 
bordi. Ammo qorovullar uning anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib 
kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar 
besh-o’nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo’lda 
qochib ketdi, uning o’rniga Afandini ham bandilarga qo’shib 
qorovullarga topshirishdi. Afandi qanchalik dodu faryod qilib 
yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar. 
Kunlar, oylar o’tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi. Bir kuni 
podsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini 
so’ragan edi, u butun voqeani so’zlab berdi. Poshsho uni bo’shatishga 
buyurib, so’radi: 
– Sening anjiring menga juda ma’qul bo’lgan edi, tila tilagingni? 
– Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana 
biror narsa so’rashga ham uyalaman. Bir dona o’tkir bolta hadya 
qilsangiz, shuning o’zi bas. 
– Boltani nima qilasan? 
– Bog’imdagi anjirlarni bitta qo’ymay kesib tashlamoqchiman, – 
dedi u. 
*** 
Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr 
toshiga yozilgan bir lavhani o’qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning 
podshosi Sulton Abdulmalik jahonga mashhur bo’lib uch yoshida 
vafot etdi» deb yozilgan ekan: 


54 
Afandi taajjublanib shayxdan so’radi: 
– Uch yoshida o’lgan bola qanday qilib jahonga mashhur 
bo’ladi? 
Shayx javob berdi: 
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini 
xursandchilik bilan o’tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat 
qilganlar. 
– Agar shunday bo’lsa, – dedi Afandi, – men o’lganimda 
qabrimga lavha tosh qo’yiladigan bo’lsa, unga: «Mulla Nasriddin 
tug’ildi-yu o’sha zamoni o’ldi» deb yozilar ekan-da! 
*** 
Afandidan birov so’radi: 
– Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz?
– Muchalim ajdar, ellikka kirdim. 
– Muchalning ilon bo’lishini eshitib yurardimu, ajdar bo’lishini 
shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim. Afandi tushuntirib berdi: 
– Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan 
edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar 
bo’lib ketadi-da.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish