Parvez va Bahrom qissasi
Bahrom Cho’bin Parvezning pahlavonlaridan edi. Parvez uni
g’oyatda ulug’lar va unga ehtirom nazari bilan qarardi. Bir kun
xiradmand kishi Parvezga quyidagi xabarni yetkazdi: «Bahrom
Cho’binga tegishli xizmatkorlardan biri xiyonat qilgan edi. Bahrom
Cho’bin xizmatkorni ushlab yigirma tayoq urishga farmon berdi».
Parvez rind tabiatli shoh bo’lganligi sababli, bu so’zdan
nafratlanib, g’oyatda ranjidi. Ertasi kuni Bahrom saroyga kelgach,
Parvez xazinachiga xazinadan ikki qilich va bir qin keltirishni
buyurdi. Ikki qilich va bir qinni keltirib Bahromga berib: «Har ikkala
61
qilich qanaqa ekan», deb so’radi. «Nihoyatda yaxshi qilichlar ekan»,
deb javob berdi Bahrom. «Buyur! Har ikkala qilichni bir qinga
solsinlar», dedi Parvez. «Ikki qilich bir qinga sig’maydi», dedi
Bahrom. «Shunday, – deb davom etdi Parvez, – ikki hukmdor ham bir
shaharga sig’maydi!»
2.
Yaxshi xulq va vafo zikrida
Muoviyning rozi
Valid Utayba deydiki, kunlardan bir kun Muoviya menga bir
sirni aytdi va hech kimga aytmasligimni ta’kidladi. Uyga kelib otamga
dedim: «Muoviya menga bir sirni aytdi, agar maslahat ko’rsangiz,
huzuringizda aytay!..» Otam menga rad javobini berib, dedi:
– Ey o’g’lim, har kim birovning sirini saqlasa, xohlagan paytida
birovga aytishi mumkin. Ammo sirni birovga aytib ko’rgandan so’ng,
sir uning ixtiyoridan chiqadi va uni yana o’z tasarrufiga qaytarib
ololmaydi. Ya’ni sirni qayta saqlay olmaydi.
– Ota bilan farzand o’rtasida bunday hol yuz bermasa kerak.
– Shundayku-ya, ammo tiling birovning sirini fosh qilishini ravo
ko’rmayman!...
Ertasi kuni Muoviyaning oldiga borib, otam bilan bo’lgan
voqeani gapirib berdim. «O’z o’g’lini shunday xatodan qaytargan
otaga ming rahmat!», - dedi Muoviya.
O’g’ri
Bir kishi erta tongda hammomga yo’l oldi. Yo’lda yaqin do’stini
uchratdi va undan: «Sen ham hammomga bormaysanmi?», - deb
so’radi.
«Hammomgacha senga hamroh bo’laman, so’ng muhim ish
bilan boshqa yerga boraman», - deb javob berdi do’sti.
Ular hammom tomon ketdilar. Hammomga yaqinlashganlarida u
kishining do’sti o’z yo’liga burilib ketdi. Shu payt kishining orqasidan
bir o’g’ri kelayotgan edi. U kishi hammom eshigigacha yetgach,
orqasiga qaradi. Hali tong otmagan, qorong’u edi. U kishi o’g’rini
ko’rib, o’z do’sti bo’lsa kerak, deb o’yladi. Shundan so’ng hoji
yonidagi yuz dinor qizil oltin solingan hamyonni o’g’riga berarkan,
buni omonat saqlab tur, hammomdan chiqqanimdan so’ng qaytarib
berasan, dedi-da, hammomga kirib ketdi. Hoja hammomdan qaytib
chiqqanda kun yorishgan edi. O’z uyiga ketmoqchi bo’lib, yo’lga
ravona bo’lgan ham ediki, o’g’ri uning yo’lini to’sib: «Ey hoja,
mendan hamyoningni qaytarib ol!», - dedi. Hoja o’girilib o’g’riga
62
qaradi va o’g’rining qo’lida o’z hamyonini ko’rib: «Sen kimsan?» -
deb so’radi. «Men nontalab, tomteshar, kissabur o’g’riman», - deb
javob berdi.
– Men hamyonimni senga topshirgan ekanman, nima uchun olib
ketmading?
– Agar o’z san’atim bilan yoningdan kesib olganimda edi, u
holda senga qaytarib bermas edim. Ammo sen hamyonni menga
omonat topshirding. Binobarin, omonatga xiyonat qilmoq ravo
emasdur. Omonatni saqlasang-u, pastkashlik qilsang, hargiz yaxshi
bo’lmaydi («Qobusnoma»dan
– G.I.
).
Do'stlaringiz bilan baham: |