Gravimetrik analiz



Download 269,5 Kb.
bet6/15
Sana05.01.2022
Hajmi269,5 Kb.
#319729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Gravimetrik analiz

CaCl2 + (NH4)2SO4 = CaSO4 [+2NH4Cl CaSO4+(NH4)2SO4=(NH4)2Ca(SO4)2 Hg(NO3)2 + 2KJ = HgJ2 [+2KNO3 HgJ2+2KJ=K2[HgJ4]

Zaruriy ionni to‘liq cho‘ktirishga erishish uchun cho‘ktiruvchi ortiqcha miqdorda bo‘lishi va tarkibida begona elektrolit moddalar bo‘lmasligi kerak. Biroq cho‘ktiruvchi miqdorining juda ko‘p bo‘lishi ham nomaqbuldir, chunki bunda kompleks birikmalar va tuz effekti hosil bo‘lishi hisobiga cho‘kma qisman erishi mumkin. Bundan tashqari cho‘ktiruvchi reagent miqdori ko‘p bo‘lsa, birgalashib cho‘kish hisobiga cho‘kmaga begona modda aralashib qoladi.

Amalda cho‘ktiruvchi miqdori analitik miqdorga nisbatan biroz ortiqcha olinadi. Cho‘ktiruvchidan qanday miqdorda olish kerakligini reaksiya tenglamasidan taxminan hisoblab topish mumkin. Masalan, qo‘rg‘oshin atsetat Pb(CH3COO)2^3H2O dagi qo‘rg‘oshinning miqdorini Pb2+ ionini sulfat kislota ta'sirida cho‘ktirish yo‘li bilan aniqlaymiz:

Pb(CH3COO)2 ■ 3H2O + H2SO4 =

= ; PbSO4 + 2CH3COOH + 3H2O

Agar Pb(CH3COO)2GH2O ning analiz uchun tortib olingan miqdori 0,6525 g bo‘lsa, u vaqtda shunday yozish mumkin:

MPb(CH3coo)3-3h2o Mh2so4 sarf bo‘ladi.


0,6525 g Rb(CH3COO)2 ga — x g H2SO4 sarf bo‘ladi.


x=




0,6525- 98

380


=0,2




Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi, odatda, ma'lum bo‘ladi, masalan, H2SO4 ning 10% li eritmasi. Bu holda uning kerak bo‘lgan hajmini quyidagi proportsiyadan topamiz:

100 ml eritmada 10 g H2SO4 bor.

x ml eritmada 0,2 g H2SO4 bor.


x=




100 • 0,2

10


ml




Demak, Pb(CH3COO)2 dagi Pb2+ ionini to‘la cho‘ktirish uchun ~ 2-1,5=3 ml 10% li H2SO4 olish kerak. (1,5 — hamma cho‘ktiruvchilar uchun nazariya bo‘yicha chiqarilgan koeffitsient).

  1. Cho‘kmani filtrlash va yuvish

Hosil qilingan cho‘kma filtrlash va yuvish yo‘li bilan eritmadan ajratiladi. Bunda cho‘kma tarkibidagi boshqa eruvchan qo‘shimchalar ham yuvilib ketadi.

Cho‘kma kulsiz filtrlarda filtrlanadi. Bunday filtrlar qizdirilganda juda oz kul hosil bo‘ladi, uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bunday filtr tayyorlashda ularga HCl va HF bilan ishlov beriladi, ko‘pchilik mineral moddalar bu kislotalarda erib, filtrdan chiqib ketadi. Filtr kulining massasi filtr o‘ralgan qog‘ozga yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Agar kulning massasi 0,0002 g dan ortiq bo‘lsa, u filtr bilan o‘rab qizdirilgan cho‘kma massasidan ayirib tashlanadi.

Sanoatda diametri 6, 7, 9 va 11 sm, zichligi ham turlicha bo‘lgan kulsiz filtr qog‘ozlar ishlab chiqarilmoqda. Filtrlar zichligini farqlash uchun ular zichligiga mos ravishda turli rangdagi qog‘ozlar bilan o‘ralgan bo‘ladi.

Qora (yoki qizil) lenta bilan o‘ralgan filtrlarning zichligi eng kam, shuning uchun cho‘kmali eritma tez filtrlanadi. Amorf cho‘kmalar, masalan, Fe(OH)3, Al(OH)3 va boshqa gidroksidlarning cho‘kmalari ana shunday filtrlar yordamida ajratiladi.

Oq lenta bilan o‘ralgan filtrlar o‘rtacha zichlikka ega. Ular kristall cho‘kmalar uchun mo‘ljallangan.

Ko‘k lenta bilan o‘ralgan filtrlar eng zich bo‘lib, ular mayda kristallardan iborat cho‘kmalarni, masalan, BaSO4, CaC2O4 va boshqalarni filtrlash uchun qo‘llaniladi.

Filtrlashni boshlashdan oldin cho‘kma filtrning ko‘pi bilan yarmini to‘ldiradigan o‘lchamdagi va tegishli zichlikdagi filtr tanlanadi. Filtr buklanadi va burchagi 60°C bo‘lgan shisha voronkaga solinadi. Filtr bilan voronka devorlari orasida havo qolmasligi kerak. Filtr voronka chetidan 5 mm pastda turishi lozim.

Filtrlanayotganda filtrning teshikchalari cho‘kma zarrachalari bilan tez bekilib qolmasligi uchun dastlab suyuqlik dekantatsiya qilinadi, ya'ni cho‘kmani mumkin qadar chayqatmasdan turib, ustidagi suyuqlik filtrdan o‘tkazib olinadi.

Suyuqlik sachrab ketmasligi uchun uni filtrga 8-rasmda ko‘rsatilgandek, faqat shisha tayoqcha yordamida quyish lozim. Tayoqchaning pastki uchini filtrning o‘rtasida, uch qavatli tomoniga yaqinlashtirib, lekin unga tegizmasdan ushlab turish kerak. Filtrga suyuqlik to‘lgan sari shisha tayoqchani suyuqlikka tegmasin uchun asta-sekin ko‘tara borish lozim. Filtrni suyuqlik bilan limmo-lim to‘ldirish yaramaydi. Suyuqlik filtrning og‘zidan 5 mm pastda bo‘lishi kerak. Ba'zan shisha voronka o‘rniga chinnidan yasalgan va ichiga qog‘oz filtr joylashtiriladigan Byuxner voronkasidan (9-rasm) foydalaniladi.

Cho‘kma ustidan suyuqlikning qariyb hammasi quyilgandan so‘ng stakanda qolgan cho‘kmy dekantatsiya yo‘li bilan yuviladi. Buning uchun cho‘kmaga yuvgichdan ozroq miqdorda suyuqlik quyiladi, cho‘kmani tayoqcha bilan chayqatib loyqalantiriladi va yana tindirish uchun qoldiriladi. So‘ngra cho‘kma ustidagi tindirilgan suyuqlik ehtiyotkorlik bilan qaytadan filtrga quyiladi.


Download 269,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish