Elektr filtrlarning qiskacha nazariyasi
REJA:
1. Elektr filtrlar
2. Filtrlarning qiskacha nazariyasi
3.Filtr
Kirish
Bugungi kunda elektronika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va informatika yangi axborot texnologiyasi, ma’lumotlar uzatilishi, Internet xizmatlariga kirib borishini rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustivor urinlarga chiqmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 2001 yil, may oyida Oliy Majlisning V sessiyasida so‘zlagan nutkida kompyuterlashtirish va elektronika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va informatika yangi axborot texnologiyasini ishlab chikarishga, maktablar va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishish yuzasidan aniq vazifalarni qo‘ydi. Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotini tezkor ayirboshlashga, jaxon axborot resurslari kirib borishiga yukori ixtiyoj, ta’lim jarayonlarini va kishilarning kundalik turmushni kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek, axborot va malumotlar bazasi saqlanishini ta’minlash extiyoji qarorda qabul qilindi. Mamalakatimizning ekonomika va sotsial rivojlanishining 1990-2010 yilgacha bo‘lgan asosiy masalalaridan biri bo‘lib, hozirgi zamon jamiyatining hamma sohalarida elektronika, hisoblash texnikasi, radiotexnika, robototexnika va informatika yangi axborot texnologiyasi keng qo‘llanilishi hisoblanadi.
“Elektronika va mikroelektronika” o‘zining rivojlanish jarayoni REAning qiyofasiga katta ta’sir qilib, zamonaviy sanoat va qishlok xo‘jalik, ilmiy tekshirish va meditsinada; maishiy hizmat va transportda, o‘qitish usullarini takomillashtirish va aloqa vosita hamda inson faoliyatining hamma sohalarida prinsipial yangi apparat yaratish imkonini beradi. Biz ayrim zamonaviy elektronikani takomillashtiruvchi hozirgi vaqtdagi rivojlanishning ayrim sohalarni keltiramiz.
Elektr filtrlar
Radiotexnika, avtomatika, telemexanika va elektr aloqa qurilmalarida chastota diapazoni keng bo‘lgan signallardan bitta yoki bir nechta chastotali signallarni ajratish kerak bo‘lib qoladi. Bu amallar elektr filtrlar yordamida bajariladi. Bunda o‘tish kengligi deb ataluvchi diapazondagi signallar susaymasligi, tutish kengligi deb ataluvchi diapazondagi signallar esa belgilangan sathgacha susayishi kerak bo‘ladi.
Qanday chastotali signallarni o‘tkazishiga qarab filtrlar quyi chastotali, ( diapazondagi signallarni o‘tkazadi), yuqori chastotali ( ), polosali ( ), to‘suvchi ( va chastota diapazonidagi signallarni o‘tkazib, diapazonda o‘tkazmaydi).
Sxemasining turiga ko‘ra T – simon, P – simon va G – simon filtrlarga, T – va P – simon sxemalar (7.4-rasm) parametrlariga ko‘ra va filtrlarga bo‘linadi. Elektr filtrlari elementlarining turiga qarab reaktiv (faqat reaktiv elementlardan iborat bo‘lib, ko‘pincha filtrlar deb ataladi), noinduksion (kondensator va aktiv qarshilikdan iborat bo‘lib, ko‘pincha - filtrlar deb ataladi) va pyezoelektrik (asosan kvars plastinalardan iborat) filtrlarga ajratiladi.
–filtrlarda bo‘ylama va ko‘ndalang elementlar qarshiliklarining ko‘paytmasi o‘zgarmas bo‘lib, chastotaga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni .
– filtrlarda yuqorida qayd etilgan ko‘paytmalar o‘zgaruvchan bo‘lib, chastotaga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni .
Elektr filtrlar elementlarining o‘zaro ulanishlariga, alohida elementlarining soniga va boshqa belgilariga ko‘ra ham klassifikatsiyalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |